111.G’afur G’ulomning “Yodgor” asarida qanday voqealar tasvirlanadi?
G’afur G’ulom “Yodgor” qissasini 1936-yilda yozgan. Yozuvchi qissada
yangi zamon voqeligi va unda yangicha tarbiya topayotgan kishilar xarakterini aks
ettirgan.
Yashashning mazmunini ulfatlar bilan ko’ngilxushlik qilib, bedana sayratib
yurishdan iborat deb tushungan oddiy chapani yigit –Jo’raning hayotda o’z o’rnini
toppish jarayoni rang-barang voqealar zamirida, ko’pdan-ko’p qahramonlar bilan
o’zaro munosabatda aks ettiriladi. Qissadagi voqealar uning qahramoni bilan
Toshkentdan Ashxobodga va boshqa shaharlarga ko’chib turadi.
Asarda yangi
turmush tufayli ongi va ruhiyatida yuz bergan o’zgarishlar, yangi insonning o’sib
yetishishi Jo’ra, Saodat va Mehri hayoti bilan bog’liq sarguzashtli voqea tasvirida
ochib berilgan. Butun asar davomida G’afur G’ulom Abdulla Qodiriydan
o’rgangan “sir tutish” hamda sujet harakatining muayyan bir tuguniga o’quvchi
diqqatini jalb etib turish mahoratidan ustalik bilan foydalangan. Ayni vaqtda, bu
badiiy usul adibga asar ziddiyati va qarama-qarshiliklarini, qahramonlarning o’zaro
to’qnashuvi va xarakterlar ruhiyatini ochishda muhim vosita vazifasini bajargan.
112. Yangi turmush ta’siridagi o’zbek yigiti milliy ongi va xarakterini
ko’rsatishda yozuvchi G’afur G’ulom qanday usullardan foydalangan?
Asarda voyaga yetmagan Jo’ra armiya xizmatiga ketadi. U yerda uch yil
davomida hayot sinovlarida toblanadi. Asar davomida Jo’ra bilan Saodatning pok
muhabbati tasviri qissani bezab turadi. Harbiy xizmatdagi ayriliq muhabbatni ham
sinovdan o’tkazadi.
G’afur G’ulom uchun harbiy xizmatni tugatgan Jo’rani harbiy
akademiyaning tibbiyot bo’limiga yuborish, chegaradagi bo’linmalardan biriga
shifokor qilib jo’natish syujet chizig’idagi qiziquvchanlikni oshirish yoki voqea
ketidan quvish muddaosi emas. Yozuvchining bundan kutgan asosiy muddaosi
yangicha sharoitda shakllanib, voyaga yetib borayotgan yangi turmush tarzidagi
o’zbek yigiti milliy ongi va xarakterini ko’rsatishdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: