O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 G’afur G’ulomning adabiyotshunoslikka doir qanday asarlarini bilasiz?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   187
105. G’afur G’ulomning adabiyotshunoslikka doir qanday asarlarini bilasiz?
G’afur G’ulom adabiyotshunos olim sifatida “Folklordan o’rganaylik “, 
“Shoir ayblaydi”, “O’zbek shoirasi Mehri”, “Oybek – yozuvchi va olim”,”Talantli 
shoir va dramaturg” singari asarlarni hamda o’zbek adabiyotining Alisher Navoiy, 
Mashrab, Muqimiy, Furqat, Avaz O’tar, Oybek, Hamid Olimjon, Shayxzoda, Sobir 
Abdulla, G’ayratiy kabi vakillari haqida , shuningdek, xalq og’zaki ijodi haqida bir 
qancha sermazmun maqolalar yozgan. 
106. G’afur G’ulom ijodini “Shoir va zamonaviylik”,”G’afur G’ulom 
prozasi”, ”Uslub jilolari” kabi kitoblarida keng tadqiq qilgan olim kim?
O’zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, filologiya fanlari doktori, 
professor Salohiddin Mamajonov G’afur G’ulom ijodini ”G’afur G’ulom prozasi”,
“Shoir va zamonaviylik”, ”Uslub jilolari” kabi kitoblarida keng tadqiq qilgan 
olimdir. Taniqli olim mazkur kitoblarida G’.G’ulomning lirikasi, nasri, dramalari, 
35
Сaид Aҳмaд. “Шум бoлa”нинг дaвоми.- “Ўзбeкистон маданияти” гaзeтaси, 1978 йил, 9 мaй. 


tarjimalari, pubitsistik maqola hamda adabiyotshunoslikka oid asarlarini ilmiy 
jihatdan chuqur va atroflicha keng tahlil qilgan. 
107. G’afur G’ulom 20-yillarning oxiri va 30-yillarning boshlarida qanday 
hikoyalar yozdi
G’afur G’ulom 20-yillarning oxiri va 30-yillarning boshlarida 
“Ko’ngilsizning qilig’i”, “Eshonobod”, “Yigit “, “Chorbozorchi “,”Soat”, 
“Jo’rabo’za”, “ Sabab”, “Elatiyada bir ov“, “Haji qabul bo’ldi”, “Luqmon”, 
“Badal novcha afsona qahramoni” kabi qirqqa yaqin hikoyalar yozdi. Bularning bir 
qismida o’tmish hayotga xos bo’lgan voqealar tasvirlangan. Aksariyatida esa 
hozirgi zamon voqeligi tasvirlanib, hayot taraqqiyotiga to’sqinlik qiluvchi 
dangasalar, tekinxo’r yulg’ichlar, firibgar savdogarlar fosh etilgan, yangi ong, 
yangi turmush va yangi urf-odatlar targ’ib va tashviq qilingan. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin