102. ”Shum bola“ asaridagi qaysi qahramonga yozuvchi dadasining ko’p
qiziq xislatlarini, so’zlarini yozgan?
G’.G’ulom “Shum bola” qissasidagi Hoji bobo obrazi haqida gapirib:”Hoji
boboga marhum dadamning ko’p qiziq xislatlarini, so’zlarini shundoqqina yozib
qoya qoldim. Dadam ham ko’chada yurganlarida hassalarining uchi bilan yo’ldagi
qog’ozlarni titib ko’rardilar, non tushib qolgan bo’lsa, olib o’pardilar, ko’zlariga
surtib, keyin devor kovagigami, balandroq joygami qo’yardilar. Hoji bobo ham
shunaqa qiladi”
35
– degan edi.
103. G’afur G’ulomning qaysi asarida Farhod GES bunyod etilishi
tasvirlangan?
G’afur G’ulomning “Suv va nur” balladasida urush davridagi umumxalq
qurilishi – Farhod GES bunyod etilishi tasvirlanib, xalqning mehnat qahramonligi
tarannum etilgan. G’alabaga ishonch tuyg’ulari asarning umumiy ruhiga mahorat
bilan singdirib yuborilgan. Bu she’rda vatanparvarlik va insonparvarlik g’oyalari
g’alabaga ishonch tuyg’usi bilan uzviy birlikda namoyon bo’ladi.
104. G’afur G’ulomning tarjimonlik faoliyati haqida nimalar bilasiz?
G’afur G’ulom mohir tarjimon sifatida A. Pushkin, A. Tolstoy, A. To’qay,
M. Lermontov, A. Nekrasov, V. Mayakovskiy, M. Gorkiy, T. Shevchenko, Nozim
Hikmat, Mirzo Tursunzoda, Antal Gidash, Hodi Toqtosh, A. Lohutiy
kabi qator
san’atkorlarning bir qancha asarlarini o’zbek tiliga o’girdi.
Shiningdek, buyuk ingliz dramaturgi V. Shekspirning “Otello”, “Qirol Lir”
tragediyalari, Lope de Veganing “Qo’zibuloq qishlog’i”, F. Shillerning “Vilgelm
Tell” asarlari ilk bor G’afur G’ulom tomonidan tarjima qilindi. G’afur G’ulom
tarjimalarida asl nusxaning yetakchi fazilatlari, uning milliy ruhi va tarovati to’la
saqlangan deyishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: