O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


Shukur qiling! Mundog’ bir kuling!...”



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   187
Shukur qiling! Mundog’ bir kuling!...” Fikrlar qaysi asardagi qahramonga qarata 
aytilyapti? 
Bu fikrlar Cho’lponning “Kecha va kunduz “ romanidagi Razzoq so’fi 
obrazi haqida. U bosh qahramon Zebining otasi, farzandi taqdiriga mutlaqo loqayd. 
Romanda berilgan ra’rifga ko’ra, u “ko’rgazmada qo’yilaturgan antiqa 
maxluqlardan”dir. Bu hol yuqorida ta’kidlangan. 
90. ”Qurboni jaholat”, “Do’xtur Muhammadyor” asarlasri muallifi kim? 
Qaysi janrga mansub? 
  ”Qurboni jaholat”, “Do’xtur Muhammadyor” asarlari Abdulhamid Cho’lpon 
tomonidan yozilgan bo’lib, hikoya janriga mansub. Shuningdek, “Qor qo’ynida 
lola”, “Kleopatra”, ”Oydin kechalarda”, “Novvoy qiz”, “Nonushta” hikoyalari 
ham mazkur yozuvchi tomonidan yozilgan. 
 
91. Qaysi asar ilk bahor tasviri bilan boshlanib,qish chillasida tugaydi? 
 
Cho’lponning “Kecha va kunduz“ romanidagi voqealar nisbatan qisqa vaqt 
ichida bo’lib o’tgan voqealarni tasvirlagan. Asar ilk bahor tasviri bilan boshlanib, 
qish chillasida bo’lib o’tgan voqealar bilan tugaydi. Bosh qahramon Zebi asardagi 
ana shu bahorning jonli timsoli sifatida gavdalanadi. Baliq suv bilan tirik bo’lgani 
kabi ana shu bahor bilan tirik. Adib dastlabki satrlardanoq unga nisbatan teran bir 
muhabbat bilan qalam tebratadi: “Zebining qish ichi siqilib, zanglab chiqqan 
ko’ngli bahorning ilk hovuri bilan ochila tushgan, endi ustiga poxol to’shalgan 


aravada bo’lsa ham allaqaylarga, dala-qirlarga chiqib yayrashni tusay boshlagan 
edi 
32

92. Cho’lponning ”Kecha va kunduz “ romanida qaysi davr voqealari tasvir 
etilgan ?
Cho’lponning ikki kitobdan iborat bo’lgan “ Kecha va kunduz”(1935-yilda 
yozilgan, 1936-yilda alohida kitob bo’lib bosilib chiqqan) tarixiy romani 
adabiyotimizning oltin xazinasidan mustahkam joy egallagsn. Romanda 1-jahon 
urushi davridagi Turkiston hayoti aks ettiriladi. Ayni zamon adib nazdida xalqimiz 
hayotidagi qorong’I kechadirki, roman nomi ham shunga ishora: birinchi kitob
“Kecha”, ikkinchi kitob “Kunduz” deb ataladi. Biz mazkur romanning birinchi – 
o’tmish (kecha) qismiga egamiz. Uning ikkinchi – sho’ro zamoni (kunduz) yetib 
kelmagan. Tadqiqotchilarning fikriga qaraganda, u nashriyotga topshirilgan, hatto 
korrekturasi ham chiqib kelgan biroq tergov jarayonida yo’qolgan.
Asarda mamlakatda o’sha davrda hukm surgan ijtimoiy adolatsizlik, 
chorizmning ich-ichidan chirib, nurab borayotganligi, oq podsho hokimiyatining 
butunlay inqirozga yuz tutganligi, chor va mahalliy amaldorlarning kirdikorlari, 
razil xatti-harakatlari ro’y-rost ochib tashlangan. Shu bilan birga, mamlakat buyuk 
ijtimoiy o’zgarishlar arafasiga kelib qolgani ishonarli tarzda, obrazli ravishda 
ko’rsatib berilgan. Romanning bosh g’oyasi maishiy turmush manzaralari, 
an’anaviy kundoshlik mojarolari va yangi davrga xos bo’lgan xususiyatlar, ya’ni 
“kapitalistik munosabatlar” va “burjua axloqi” deb atalgan, islomiy turmush 
tarzidan uzoq fe’l-odatlar tasviri yordamida ifodalanadi. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin