O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Cho’lponning “Diyorim” she’rida nima xususida so’z yuritiladi?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   187
93. Cho’lponning “Diyorim” she’rida nima xususida so’z yuritiladi? 
 
Cho’lponning “Diyorim” she’rida o’zbek xalqi tarixining qora, nursiz 
sahifalari qalamga olingan. Shoirning bu sahifalar osha ko’rgani faqat mudhish 
voqealar – xonlar, qonlar va qurbonlar xolos. Uning tarixini bunday talqin etishida 
jon bor. O’z diyorini sevgan, shu diyor uchun qurbon bo’lgan shoirning bor-yo’q 
orzusi – uni farovon va charog’on ko’rish. Lekin 30-yillarda, ayniqsa kuchli ta’qib 
ostida qolgan, yozgan asarlari xalqqa yo’l topa olmagan shoir mustabid tuzum 
bilan murosa qilishga majbur bo’lgan… 
 
Mavzu: G’AFUR G’ULOM 
 
94. G’afur G’ulom qachon va qayerda tug’ildi? 
XX asr o’zbek adabiyotining yirik namoyandasi, o’zbek she’riyati, badiiy 
publisistikasi, hajviy hikoyachiligi, yumoristik qissachiligi va tarjimachiligi 
rivojiga katta hissa qo’shgan yirik so’z san’atkori G’afur G’ulom 1903-yil 10-
mayda Toshkent shahrining Qo’rg’ontegi mahallasida dunyoga keldi. Otasi 
G’ulom Mirza Orif o’g’li va onasi Toshbibi Yusuf qizi o’qimishli,fors tilini bilgan, 
adabiyotni sevgan odamlar edi. Otasi “Mirza” va “G’ulom” taxalluslarida ko’plab 
she’rlar yozgan. 
32
Қаранг: Чўлпон. Асарлар. 3 жилдлик, 2-жилд. Т., “Хазина”, 1994. 


95. Shoir G’afur G’ulomning yoshlik yillari qanday o’tdi? 
G’afur G’ulom ota-onasidan juda erta ajraydi, u 9 yoshida otasidan, 15 
yoshida onasidan judo bo’ldi, oilaning moddiy muhtojligi kuchayadi. Keyinchalik 
ana shu yetimlik va muhtojlik kunlarini eslab shunday yozadi: 
Yetimlik nimadir 

 
 
 Bizlardan so’ra, 

 
 
 O’ninchi yillarning 

 
 Sargardonligi, 

 
 
 Isitma aralash 

 
 
Qo’rqinch tush kabi 

 
 
Xayol ko’zgusidan 

 
O’chmaydi sira. 

 
 
Men yetim o’sganman, 

 
 
Oh, u yetimlik... 
 
G’afur G’ulom hayotning og’irliklariga qaramay, ilm olishga intildi, badiiy 
adabiyotga, she’riyatga juda qiziqdi. Shoir she’rlarni tinmay mutolaa qildi. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin