O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   187
34
 Сaид Aҳмaд. Бу кунларга етганлар бор, етмаганлар бор.- “Жaҳoн aдaбиёти” журн., 2001 йил, 9-сoн, 5-бeт. 


102. ”Shum bola“ asaridagi qaysi qahramonga yozuvchi dadasining ko’p 
qiziq xislatlarini, so’zlarini yozgan? 
G’.G’ulom “Shum bola” qissasidagi Hoji bobo obrazi haqida gapirib:”Hoji 
boboga marhum dadamning ko’p qiziq xislatlarini, so’zlarini shundoqqina yozib 
qoya qoldim. Dadam ham ko’chada yurganlarida hassalarining uchi bilan yo’ldagi 
qog’ozlarni titib ko’rardilar, non tushib qolgan bo’lsa, olib o’pardilar, ko’zlariga 
surtib, keyin devor kovagigami, balandroq joygami qo’yardilar. Hoji bobo ham 
shunaqa qiladi”
35
– degan edi. 
 
103. G’afur G’ulomning qaysi asarida Farhod GES bunyod etilishi 
tasvirlangan? 
G’afur G’ulomning “Suv va nur” balladasida urush davridagi umumxalq 
qurilishi – Farhod GES bunyod etilishi tasvirlanib, xalqning mehnat qahramonligi 
tarannum etilgan. G’alabaga ishonch tuyg’ulari asarning umumiy ruhiga mahorat 
bilan singdirib yuborilgan. Bu she’rda vatanparvarlik va insonparvarlik g’oyalari 
g’alabaga ishonch tuyg’usi bilan uzviy birlikda namoyon bo’ladi. 
104. G’afur G’ulomning tarjimonlik faoliyati haqida nimalar bilasiz? 
G’afur G’ulom mohir tarjimon sifatida A. Pushkin, A. Tolstoy, A. To’qay,
M. Lermontov, A. Nekrasov, V. Mayakovskiy, M. Gorkiy, T. Shevchenko, Nozim 
Hikmat, Mirzo Tursunzoda, Antal Gidash, Hodi Toqtosh, A. Lohutiy kabi qator 
san’atkorlarning bir qancha asarlarini o’zbek tiliga o’girdi.
Shiningdek, buyuk ingliz dramaturgi V. Shekspirning “Otello”, “Qirol Lir” 
tragediyalari, Lope de Veganing “Qo’zibuloq qishlog’i”, F. Shillerning “Vilgelm 
Tell” asarlari ilk bor G’afur G’ulom tomonidan tarjima qilindi. G’afur G’ulom 
tarjimalarida asl nusxaning yetakchi fazilatlari, uning milliy ruhi va tarovati to’la 
saqlangan deyishimiz mumkin. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin