O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti


Jismoniy madaniyat fakulteti Jismoniy madaniyat ta’lim yo’nalishi 4



Yüklə 442,5 Kb.
səhifə18/21
tarix18.01.2023
ölçüsü442,5 Kb.
#79635
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
NAROVA NAFISA

Jismoniy madaniyat fakulteti Jismoniy madaniyat ta’lim yo’nalishi 4 kurs “A“ guruhi talabasi Norova Nafisa Sherali qizining “Kurashchi qizlarning tezkorlik va chidamlilik sifatlarini rivojlantirishda maxsus mashiqlardan foydalanish (boshlang’ich guruxlar misolida)” mavzusida bajargan bitiruv malakaviy ishiga ilmiy rahbarning

XULOSASI


So’nggi yillarda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sр.M.Mirziyoevning tashabbusi, uning faol sa’yi-harakati va bevosita rahbarligida barcha sohalar kabi jismoniy tarbiya, ommaviy va professional sport ham davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlari doirasida tamomila yangicha tusda rivoj topib bormoqda. Bu borada bir qator farmon va qarorlar qabul qilinib, bugungi kunda ular bosqichma-bosqich izchillik bilan o’zining amaliy ifodasini topib bormoqda. Ma’lumki, Respublikamizda sport va uning har xil turlarini rivojlantirishga qaratilgan e’tibor o‘z samarasini bermoqda. Buni sportchilarimizning jahon miqyosidagi musobaqalarda ishtiroki va yuksak o‘rinlarni egallayotgani, shu yo‘l bilan davlatimizning shuhratini oshirayotganliklari misolida ko‘rish mumkin. Sport bilan shug‘ullanish sihat-salomatlikni ta’minlashda, zararli odatlarning oldini olishda, yoshlarimizni barkamol va yetuk shaxs qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishi bugun barchaga ayon haqiqatdir. Prezidentimiz buni quyidagi so‘zlar bilan ta’riflaydi: “Sportga mehr qo‘ygan bola bir umr sportga oshno bo‘lib qoladi. Sport bolaning nafaqat salomatligini mustahkamlaydi, balki zararli illatlardan uni himoyalaydi, xarakterini toblaydi” Davlat ixtisoslashtirilgan maktab internatlarida erkin kurash sport turida Shug’ullanuvchi o’quvchi kurashchilarni nazariy bilim saloxiyatini, amaliy bilimlar bo’yicha haraqat sifatlarini oshirish, texnik va taktik maxoratini oshirish va takomillashtirish, mustaqil fikrlash texnik va taktik bajarish va tugri ishlashga tayyorlash asosiy vazifalardan biridir.


Talaba Norova Nafisa tomonidan yozilgan bitiruv malakaviy ishi “Kirish”, 3 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib, an’anaviy tartibda ishlab chiqilgan. Bitiruv malakaviy ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi yetarli darajada asoslangan
1 Bobda mavzu erkin kurashdagi sportchilarni umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikgining ahamiyati o’rganilganlik darajasini ochib berilgan.
2. Bobda tadqiqotning vazifalari, uni o’tkazish uslublari va tashkiliy masalalar o’z ifodasini topgan. Bunda nazariy tahlil, maxsus ilmiy-uslubiy adabiyot manbalari, pedagogik kuzatish, pedagogik tajriba, matematik statistika uslublaridan keng va aniq foydalanilgan.
3 Bobda kurashchilarning maxsus tayyorgarligi to’plangan ma’lumotlarni umumlashtirish va ularni taxlil qilgan.
Xulosalar olingan natijalarga asoslangan bo’lib, ishda belgilab olingan maqsad va vazifalar mohiyatini ochib berishga yaqinlashgan.
Mazkur ilmiy ish muhim ahamiyatga molik bo’lib, muallif dolzarb muammo ustida izlanish olib borgan.
Bitiruv malakaviy ishiga qo’yilgan talablar to’liq bajarilgan va u himoya etishga ruxsat etiladi.



Yüklə 442,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin