O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti



Yüklə 442,5 Kb.
səhifə6/21
tarix18.01.2023
ölçüsü442,5 Kb.
#79635
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
NAROVA NAFISA

Tadqiqotning ilmiy farazi.
Davlat ixtisoslashtirilgan maktab internati o’quvchilarini yosh kurash sport turi bilan Shug’ullanuvchilarini trenirovka jarayonini nazorat qilish asosida ko’rsatilgan natijalarga erishish.
Ishning ilmiy yangiligi: Boshlang’ich guruhda shug’ullanuvchi kurashchi qizlarda tezkorlik va chidamlilik sifatlarini rivojlantirishda maxsus mashqlardan foydalanish yordamida texnik harakatlarni amalga oshirishdagi ko’nikmalar yengil amalga oshiriladi. Kurashda boshlang’ich tayyorgarlik bosqichidagi jismoniy tayyorgarlik bilan texnik harakatlarning bibiriga mutanosibligi amalga oshirilganligi ko’zga tashlanadi. Shu sababdan kurashchi qizlarning tezkorlik va chidamlilik sifatlarini rivojlantirish ularning jismoniy tayyorgarligini rivojlantirib texnik-taktik maxoratning samarali shakllanishiga turtki beruvchi yo’nalish sifatida tanlab olingan.
Nazariy xamda amaliy ahamiyati.Kurash bo’yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab internati son va sifat jixatdn keng tarmog’i ortib, tobora ko’paymokda.
O’tkazilgan tadqiqot natijalaridan umum ta’lim maktablarida faoliyat ko’rsatayotgan pedagog murabbiylar, davlat ixtisoslashtirilgan maktab internati, murabbiylari o’z faoliyatlarida metodik ko’rsatma sifatida foydalanishlari mumkin.
Tadqiqod natijalari va pedagogik kuzatish, tajribali murabbiylar ish faoliyatini o’rganish, yuqorida qayd etilgan fikrlarini xulosa qilishga sabab bo’ladi.
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi.
Bitiruv malakaviy ishi. kirish,-3 bob,
xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan jami betni tashkil qiladi.
ilmiy ishlaridan, maqolalar va adabiyotlaridan foydalanildi.
I BOB. Mavzuning adabiyotlardagi ilmiy-nazariy aHvoli.
1.1.Sportchilarni tayyorlashda jismoniy tayyorgarlikning ahamiyati.
Sportchilarning tayyorgarlik jarayonida qilinayotgan jismoniy nagruzka shug’ullanuvchilar organizmining funktsional imkoniyatlariga muvofiqligi e’tiborga olinishi shu nagruzkani maqsadga muvofiq rejalashtirish imkoniyatini yaratadi. Kurashchilarni tayyorlashda maqsadga muvofiq rejalashtirilgan jismoniy tayyorgarlik texnik-taktik maxoratni shakllantirishda va musobaqa davomida yuksak natijaga erishishda muhim omillardan biridir. Lekin, sport amaliyotida har doim ham rejalashtirilgan kutilgan natijani bermaslik xolatlari tez-tez uchrab turadi. Buning asosiy sabablaridan biri mashg’ulotlarda qo’llanilgan u yoki bu jismoniy mashqlarning hajmi va muddati hamda ushbu ko’rsatkichlarni shug’ullanuvchilar organizmiga ta’sir etish darajasi ob’ektiv ravishda baxolanmasligidadir. Sportchilarni tayyorlashda xarakat funktsiyasining ikki, bir-biriga uzviy bog’liq yo’nalishga ajratiladi: 1)Sportchi jismoniy sifatlarini tanlangan sport turi xususiyatiga muvofiq ravishda tarbiyalash, 2)Sportchini texnik-taktik malakalariga o’rgatish va ularni takomillashtirish Kerimov F.A, lar fikricha umumiy jismoniy tayyorgarlik tushunchasi bu sportchining xarakat sifatlarini xar tomonlama (garmonik ravishda) rivojlanganlik darajasini anglatadi, masalaga shu tarzda yondoshish oddiy inson sog’ligini (sportchini xam) xisobga olgan holda shakllantirish maksadga muvofikdir. Albatta, katta sportda bu xam zarur lekin, bunday amaliyot va shunga asoslangan mashg’ulot uslubiyati yosh sportchilarni tayyorlash xamda yuksak musobaqa natijasiga erishish samarasini susaytirish extimoldan xoli emas. Chunki, xar bir sport turining uziga xos va uziga mos xususiyatlari mavjudligi tufayli bir sport turida ko’prok tezkor-kuch sifati ustun tursa, ikkinchi bir sport turida chidamkorlik sifati yetakchi rolni o’ynaydi yoki uchinchi bir sport turida egiluvchanlik sifati asosiy axamiyatga ega buladi. Ammo kayd etilgan fikrdan muayyan sport turida ma’lum jismoniy sifat juda zarur, boshqasi esa muxim emas degan xulosa chiqib kelmaydi. Aksincha, xar bir sifatning muayyan sport vaziyatida ozmi kupmi, lekin muxim “ulushi” mavjud buladi.
Yuqorida qayd etilgan fikr va muloxazalar sportning kurash turida yakkol ko’zga tashlanadi.
Kurashchilarni tayyorlashda va texnik maxoratni shakllantirish egiluvchanlik sifati ham zarur omillardan biridir, yuqori darajada rivojlangan egiluvchanlik qobiliyatiga ega bo’lgan kurashchi “most” xolatidan keskin xafli vaziyatdan xolos bo’lish, egilib ko’tarib tashlash kabi texnik malakalarni mohirona ijro etishga muyassar bo’ladi.
Egiluvchanlik asta-sekin, uzoq muddatli mashg’ulotlar evaziga shakllanadi,. Agar egiluvchanlikni rivojlantirishga oid mashg’ulotlar biroz to’xtatib qo’yilsa, bu sifat keskin yo’qolib ketishi yoki susayishi mumkin.
Kurashda qo’llanadigan usullar (texnik) malakalarni o’zi egiluvchanlik shakllantirib boradi. Lekin, buning o’zi ushbu sifatni to’liqli rivojlantirish imkoniyatini bermaydi. Bu sifat samarali takomillashtirish uchun mushak, pay, bo’g’imlarni cho’zish, egish, yoyish, siqish, burash kabi maxsus mashqlarni sekin-asta muntazam qo’llash kerak bo’ladi.
Egiluvchanlikni yoshlikdan boshlab shallantirish maqsadga muvofiqdir. SHu bilan bir qatorda bu sifatni rivojlantirish extiyotkorlikni talab qiladi. SHiddat va keskin tarzda qo’llaniladigan mashqlarni - mushak, pay, bo’g’imlarni cho’zish, egish, yoyish, siqish, burash. Maxsus mashqlarni sekin-asta muntazam qo’llash kerak bo’ladi.
Egiluvchanlikni yoshlikdan boshlab shakllantirish maqsadga muvofiqdir. SHu bilan bir qatorda bu sifatni rivojlantirish extiyotkorlikni talab qiladi. Zo’rma-zo’raki va keskin tarzda qo’llangan mashqlar mushak, pay, bo’g’imlarni shikastlanishiga, xatto og’ir jarohatga olib kelish mumkin Abdiev A.N.Sport kurashiga oid ilmiy uslubiy adabiyotlarda ushbu muammoga aloxida e’tibor qaratilgan V.S.Daxnovskiy va boshkalar, 1991 yil, F.A.Kerimov 1993, 2001, A.A.Ruziev 1999 va boshkalar).
So’ngi yillarga kelib olimlar o’rtasida malakali sportchilarni tayyorlashda jismoniy tayyorgarlikni o’rni, jumladan jismoniy sifatlarning bir biriga uzviy bog’likligini xamda ularni sport maxoratiga bulgan ta’siri xakidagi muammolar tobora katta qiziqish uyg’otib bormokda V.N, Matveev, L.P, Anisimov V.K, Filin V.P, Shiyan V.V., Ataev A.K, Abdiev A.N, Nurillaev A.K, Ro’ziev A.A, F.A.Kerimov. va boshkalar). Avvaldan isbot qilinganki kuch va tezkorlik sifatlarini o’zaro muvofiq tarzda shakllantira borish sportchining tayyorgarligiga ijobiy ta’sir etadi V.N, Matveev, L.P, Anisimov V.K, Filin V.P, Shiyan V.V., Ataev A.K, Abdiev A.N, Kerimov F.A, Nurillaev A.K, Ro’ziev A.A, Po’latov F.M lar va boshkalar.
So’z jismoniy tayyorgarlik va xususan sportchilarni tayyorlashda xarakat sifatlarini (tezkorlik, kuch, chidamkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik) bir biriga bog’lab shakllantirish muximligi xakida borar ekan, bu borada tezlik sifatiga aloxida urg’u berish maqsadga muvofiqdir. Xar bir sport turida ijro etiladigan xarakat malakasi negizida tezdik sifati muxim manba bulib xisoblanadi. Masalan voleybolda to’r ustidan xujum zarbasini ijro etish uchun tezlik sifati ushbu malaka muvofaqiyatini taminlovchi omildir: kurashda esa mazkur sifat xujum yoki karshi xujum usullarini qisqa vaqtda qullashda zarurdir. Darxaqiqat, kuzatuv natijalariga kura kurash buyicha Jaxon, Olimpiya, Yevropa, Osiyo va boshqa xalqaro musobaqalarda g’alabaga erishgan aksariyat kurashchilar yuksak darajada rivojlangan tezlik sifatiga ega bulganlar. Kurash turlarida chidamkorlik sifati xam g’alabaga yetaklovchi asosiy manbalardandir. Ayniqsa kurashga oid maxsus chidamkorlikning o’rni beqiyos. Bu borada taniqli tadqiqotchi olim Kerimov F.A, diqqatni jalb qiluvchi o’ta muxim ma’lumotlarni keltiradi. Chunonchi, sportning yakkakurash turlarida texnik maxoratning nisbatan farq qiluvchi xususiyatlaridan biri bu - o’zgaruvchan musobaqa vaziyatida tezkor-kuch asosida ijro etiluvchi murakkab xarakat malakalaridir. Aynan shu sifat xal qiluvchi vaziyatlarda o’z etakchiligini namoyish etadi. Shu bilan bir qatorda uzoq muddat davom etadigan musobaqa jarayonida texnik malakalarni yuqori samarada ijro etish birinchi navbatda maxsus chidamkorlik sifatiga bevosita kuzatuvlarga karaganda kurash buyicha jaxon chempionati ishtirokchilarining musobaqa davomida ijro etgan texnik malakalari olishuvchining 3-davrida o’z samarasini keskin susaytirgan. Ushbu vaziyat ana shu kurashchilarning maxsus chidamkorligi yuqori darajada shakllanmaganligiga e’tibor qaratadi. Demak, bundan ko’rinib turibdiki, texnik maxorat samarasini musobaqalar davomida uzoq vaqt saqlab turishda maxsus chidamkorlik sifati o’rin egallaydi. Ma’lumki, maxsus chidamkorlik umumiy chidamkorlik yaxshi rivojlangan xolda samarali shakllanishi isbot qilingan.
A.N.Lentsning fikricha maxsus chidamkorlikni rivojlantirish uchun kurashchi maxsus texnik mashqlarni uzoq vaqt davomida xatto charchash asoratlari mavjud bo’lganda ham, ijro etishi kerak bo’ladi. Umumiy chidamkorlik o’rtacha shiddatda ko’p hajmli mashqlarni (uzoq masofaga chopish, eshkak eshish, suzish, velosiped xaydash va xakozo) surunkasiga bajarish asosida shakllantiradi.
Kurashchining maxsus chidamlikni samarali rivojlantirishda asosiy vositalardan biri gilam ustida ijro etiladigan olishuv usullari texnik malakalardir. Kerimov F.A, Kurashchilar tayyorlashda va kuch sifatlarini rivojlantirish ham alohida ahamiyatga ega. Ta’kidlab o’tish joizki, o’quv mashg’ulot jarayonida barcha jismoniy sifatlarni garmonik ravishda rivojlantirish maxoratli kurashchilarni tayyorlash garovidir.

Yüklə 442,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin