O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti


Xotin-qizlar bilan o’tkaziladigan kurash mashg’ulotlarining xususiyatlari



Yüklə 442,5 Kb.
səhifə9/21
tarix18.01.2023
ölçüsü442,5 Kb.
#79635
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
NAROVA NAFISA

1.4.Xotin-qizlar bilan o’tkaziladigan kurash mashg’ulotlarining xususiyatlari


Ayolllar organizmi erkaklarnikidan bir qator morfologik va funktsional xususiyatlar bilan ajralib turadi. Bu xususiyatlar birinchi navbatda eng muhim biologik vazifa - onalik bilan bog’liq. Shuning uchun ayollar bilan sport kurashi mashg’ulotlarini tashkil qilish va o’tkazishda turli yosh davrlarida (kichik yosh - 7 dan 11 gacha, o’rta yosh - 12 dan 15 gacha, katta yosh- 16 dan 18 yoshgacha va yetuklik 19 yoshdan katta) ularning anatomik-fiziologik xususiyatlarini hisobga olish lozim.
Ushbu yosh davrlarida ayol organizmining rivojlanishi bir tekis kechmaydi. 11 yoshgacha bo’lgan qizlarda gavdaning uzunlikka o’sishi vaznning oshishga nisbatan jadalroq kechadi. Vaznning xar yili oshishi o’rtacha 3-4 kg.ga teng bo’ladi, gavda uzunligi 4-5 sm.ga ko’payadi. Bu yoshda qiz va o’g’il bolalar o’rtasida bo’y, gavda og’irligi va tana qismlari proportsiyalarida farq kuzatilamaydi.
O’rta maktab yoshida qiz bolalar, o’g’il boalalarga qaraganda, intiluvchan, intizomli, harakat texnikasiga e’tiborni osonroq jalb qiladilar, bardoshli va harakatchan bo’ladilar. Bu yosh davrida qizlarning jismoniy rivojlanishi avvalgi davrdagi rivojlanishdan muhim darajada farq qiladi, chunki faol jinsiy yetilishi davri boshlanadi.
Jinsiy yetilish sababli qizlarda endokrin tizimida chuqur o’zgarishlar vujudga keladi. Jinsiy bezlarning o’sishi boshlanadi, qalqonsimon bezlarning faolligi gipofiz orqa qismining garmonal funktsiyasi oshadi. Pubertat davrida jinsiy bezlarning morfologik va funktsional rivojlanishi ular og’irligining keskin ortishida namoyon bo’ladi. Jinsiy belgilarning ikkinchi rivojlanishi sodir bo’ladi. Qizlarda menetrual tsiklning boshlanish davri odatda 12-15 yoshga, bir qator hollarda esa 16-18 yoshga to’g’ri keladi. Minstruatsiya paydo bo’lishi vaqtidagi bunday katta farq ko’pgina omillarga: irsiyatga, sog’liqning ahvoliga, umumiy jismoniy rivojlanishga, qiz yashaydigan tashqi muhit sharoitlariga bog’liq. 28 kunlik tsikl (60%) eng ko’p uchraydi, u 4-5 kun davom etadi.
Jinsiy yetilish davrida nafas olish tizimining o’sishi va rivojlanish sur’ati yuqori bo’ladi, organizmning aerob imkoniyatlari oshadi. Yurak-qon tomir tizimining jismoniy nagruzkalarga moslashish mexanizmlari ushbu davrda hali mukammal bo’lmaydi.
16-18 yoshda jinsiy farqliklar hajm va proportsiyalarda, o’smirlar hamda qizlarning funktsional imkoniyatlari va umumiy ish qobiliyatida yanada aniq ko’rina boshlaydi. Katta yosh guruhidagi qizlar o’smirlardan bo’yi o’rtacha 10-12 sm.ga, gavda og’irligi buyicha 5-8 kg.ga orqada bo’ladi. Qizlarning mushak og’irligi gavda og’irligiga nisbatan o’smirlarnikiga qaraganda taxminan 13% ga kam, yog’ to’qimasi gavda og’irligiga nisbatan taxminan 10% ga kam bo’ladi.
Ayollar organizmining hayotiy faoliyati bioritm qonuniyatlariga asosan kechadi. Bu organizmning ish qobiliyati biror davrda yuqori, boshqa davrlarda past deganidir. Ayollarning asosiy biologik xususiyati - bu ovarial menstrual tsikl (OMTS) vaqtida organizm funktsional imkoniyatlarining to’lqinsimon o’zgarishidir. OMTS deganda ayollar organizmida jinsiy yetilish davrida (menstruatsiya uning tashqi ko’rinishidan biri hisoblanadi) har oy yuzaga keladigan tsiklik xususiyatli o’zgarishlar tushuniladi.
Hozirgi paytda OMTS beshta fazaga ajaratiladi:
1) menstrual
2) postmenstrual
3) ovulyator
4) postovulyator
5) menstrual oldi.
Menstrual faza sportchi qizlarda o’rtacha 3-4 kun davom etadi. Bu davrda ular tushkunlik yoki qo’zg’aluvchan holatda buladilar, ko’pincha uyquvchanlik, qorin ostidagi og’riqlar, yomon uyqu, ishtahaning yo’qolishidan nolishadi. Menstruatsiya davrida organizmning katta jismoniy nagruzkalar va infektsiyalarga mustahkamligi buziladi, uning immunitetni himoya qilish vazifalari pasayadi, yurak-qon tomir tizimi faoliyatining buzilishi kuzatiladi.
Postmenstrual faza mentsruatsiya tugashi bilan boshlanadi, o’rtacha 5 kundan 10 kungacha davom etadi. Bu fazada murakkab fiziologik jarayon - follikulda tuxum xujayraning ning yetilishi, so’ngra follikul devorchasining yorilishi hamda tuxum xujayranning chiqishi (ovulyatsiya) sodir bo’ladi.
Ovulyator faza - sportchi qizlar biologik tsiklning o’rtacha fazasi taxminan 2-3 kun davom etadi. Sportchi qizlarda ovulyatsiya davri o’ta alohidadir. U sportchi qizlarning fiziologik imkoniyatlarida aks etadi va trenirovka jarayonini tashkil qilishda albatta e’tiborga olinishi lozim.
Postovulyator faza darhol ovulyator fazadan so’ng boshlanadi va sportchi qizlarda 9 kundan 12 kungacha, biologik tsikl davomiyligiga qarab davom etadi. Bu sportchi qizlarning yuqori ish qobiliyati fazasi hisoblanadi.
Menstrual oldi fazasi yangi menstruatsiyadan 3-4 kun oldin boshlanadi va bosh og’rishi, bosh aylanishi, g’azalanishning yuzaga kelishi bilan kechadi. Ushbu fazada yurak qisqarish tezligi (YuQT) va arterial bosim (AB) oshishi mumkin. YuQT 5-15 ur/min.ga, AB - 8-10 mm. sim.ust.ga oshadi. Harakat tezligi, chidamlilik va sport natijalari pasayadi.
OMTS ning kechishi va ayollar organizmining unga reaktsiyasi xususiyati bo’yicha to’rtta guruhni belgilash mumkin.
1-chi guruhga (55,6%) shunday sportchi qizlar kiritilganki, ularda tsiklning hamma fazalarida yaxshi kayfiyat va umumiy holat (funktsional sinovlar ko’rsatkichlari bo’yicha), yuqori sport natijalari saqlanadi.
2-chi guruh sportchi qizlarda (34,5%) menstruatsiya davrida umumiy kuchsizlik, tez kuchayib boruvchi toliqish, uyquchanlik trenirovka qilish istagining yo’qolishi bilan ifodalanadigan gipotonik sindrom yuzaga keladi.
3-chi guruh sportchi qizlari (5%) o’ta g’azablanadigan, ba’zan harakat bilan ifodalanadigan gipertonik sindrom belgilariga ega bo’ladilar. Ba’zan qizlarda qorin ostida, kamdan kam hollarda umurtqa doirasida og’riqlar, bosh og’rishlari, notinch uyqu yuzaga keladi.
4-chi guruh sportchi qizlarida (4,9%) menstrual faza paytida umumiy darmonsizlik, ishtahaning yo’qolishi, ko’ngil aynashi, bo’g’imlar va mushaklardagi sanchiqli og’riqlar, notinch uyqu, tomir urishi va nafas olishning tezlashishi kuzatiladi.
Sportchi qizlarning menstrual tsikllar davrida trenirovkada yoki musobaqalarda qatnashishi to’g’risidagi masala trener va vrach tomonidan tabaqalashgan holda hal etiladi. Kam tayyorlangan sportchi qizlar OMTS ning menstrual oldi hamda menstrual fazalarida musobaqalarga qo’yilmasligi kerak. Menstruatsiya davrida mashg’ulotlarning davomiyligi qisqartiriladi.
Shu davrda jizzakilik, qorin ostida, umurtqa pog’onasi doirasida og’riqlar, bosh og’riqlari yuzaga kelganda, shuningdek kayfiyat yomonlashgan hollarda sportchi kizlar mashg’ulotlar va musobaqalardan ozod etiladi.
Sog’lom, yaxshi mashqlangan sportchi qizlar vrach ruxsati bilan menstruatsiya davrida ham musobaqalarda ishtirok etishi mumkin. Aynan shunday kunlarda sportchi qizlar odatdagi, ba’zan esa, o’zi uchun eng yaxshi natijalarni ko’rsatadilar.
Sport natijalarining o’sishi ayollarda, erkaklardagi kabi, tanlangan sport kurashi turida ko’p yillik tayyorgarlikning turli bosqichlarida trenirovka nagruzkalarini me’yorlash samaradorligiga bog’liq. Bunda OMTS ning to’lqinsimon tebranishlarini hisobga olgan holda nagruzkalarni rejalashtirish trenirovka jarayonini tuzishda murakkab vaziyatlardan hisoblanadi. Bir qator mutaxassislar OMTS fazalariga muvofiq holda trenirovka nagruzkalarining oylik tsiklini tuzish sxemasini taklif qiladilar.
Sport kurashining hozirgi zamon darajasi ayollarning texnik-taktik va jismoniy tayyorgarligiga katta talablar qo’yadi. Umuman, ayollarni kurash texnikasiga o’rgatish erkaklarni o’rgatish uslubiyati tamoyillariga asoslanadi. Faqat farqi shundaki, ayollar tomonidan bajariladigan texnik harakatlar amplitudasi bir oz kattaroq. Biroq ayollarning jismoniy tayyorgarligi yuqorida aytib o’tilgan ularning organizmi xususiyatlari sababli farqqa ega. Ayollarda asab-mushak tizimi erkaklarga nisbatan kam natijalarga qodir. Ayollarning maksimal kuchi erkaklarnikiga qaraganda o’rtacha 40% past. Ayollar bilan shug’ullanish uchun mashqlarni tanlashda gavdani juda orqaga egish bilan bog’liq bo’lgan mashqlardan voz kechish lozim, chunki ular bachadon qiyshayishiga olib kelishi mumkin. Gavda mushaklarini (qorinning tekis va ko’ndalang mushaklari, gavdaning chuqur bukuvchilari) mustahkamlashga qaratilgan mashqlarga ko’p vaqt ajaratish zarur. Bir qator mashqlarni (og’irliklar yordamida kuchni rivojlantirish, chidamlilikni tarbiyalash va boshq.) ancha kam og’irliklar bilan hamda kam hajmda bajarish kerak. Trener, eng samarali uslubiyatdan foydalana turib, maqsadga muvofiq mashqlarni tanlayotib, erkaklarga nisbatan katta emotsional va qo’zg’aluvchanlik xususiyatiga ega bo’lgan ayollar bilan ishlayotganligini doim yodda tutishi lozim. Shuning uchun ayollar bilan mashg’ulot olib borishda e’tiborli hamda olijanob bo’lishi kerak, bu ayniqsa tanqidiy ogohlantirishlarga taalluqlidir.
Ayollar bilan shug’ullanishda tibbiy va pedagogik nazorat, shuningdek o’z-o’zini nazorat qilish katta ahamiyatga ega. Trener, tibbiy-pedagogik nazorat va o’z-o’zini nazorat qilish ma’lumotlarini umumlashtirib, vrach bilan birga sportchi qizlar organizmi holatini yanada puxtaroq, chuqurroq tahlil qilishi hamda shunga asoslanib o’quv-trenirovka tartibini keyinchalik tuzishda zarur tuzatishlarni kiritishi mumkin. Yosh avlodni kurashga chorlash, kurashning tarbiyaviy ayaamiyati, kurashda turli xolatlar, yoshlarni ma’naviy barkamol kilib yetishtirish, ularning ma’navky soglom, jismoniy bakuvvat bulishlarida ota-onalarning roli, irodaviy sifatlar, mexnat va mudofaaga tayyorlash, Urta Osiyoda jismoniy tarbiyani barpo etishi, kurash ommabop sport, milliy kurash singari turlari va kurashning kadimiyligi.
Bizning mamyaakatimizda jismoniy tarbiya muxim davlat amamiyatiga molik ishdir. Chunki, mexnatkashlarning salomatligi, jismoniy tayyorgarligi ijtimiy mexnat unumdorligiga va mamlakatning mudofaa kobiliyatiga jiddiy va bevosita ta’sir etadi. Jismoniy tarbiya va sport yosh avlodni axlokiy yetuk xamda goyaviy yuksak kadrlar etib tarbiyalash uchun katta imkoniyatlarga ega. Davlat xujjatlarining xammasida yeshlarning garmonik rivojlanishi xakida gamxurlnk kilish fikri ochik kuzga tashlanadi. Yoshlarning ma’naviy rivojlanishi ma’naviy boylik axlokiy soflik va jismoniy kamolot bilan xarakteranadi.
Yoshlarni ma’naviy barkamol kilib yetishtirish uchun jismoniy tarbiya xodimlari shaxar va kishlokda olib boriladigan ommaviy jismoniy tarbiya va sport ishlariga e’tiborni kuchaytirishlari, kishlok va shaxar yoshlari uchun ma’kul keladigan, ularbop sport turlarini rivojlantirishlari, kolxoz, sovxoz va rayon markazlarida doimo sport musobakalari utkazib turishlari kerak va xokazo.
Bizning yoisharimiz xar tomonlama ma’lumotli va ma’naviy guzalgina emas, balki soglom, chinikkan, jismoniy bakuvvat bulishi xam kerak. O’zbekiston Respublikasida kayd etipganidek Moskva olimpiadasi o’zbek sportchilarmning ajoyib muvaffakiyatlarini yakkol kursatib berdi. Lekin, bizni xamisha sport chukkilarining uzgina emas, balki eng avvalo, sportchining ommaviyligi kiziktiradi. u soxada erishshgan muvaffakiyatlar ravshan kurinib turibdi. Lekii shunday bulsa. dam kuichilik uchun sport xozircha yolgiz tomosha bulib kolmokda. Bu axvolni tuzatish kerak. Jismoniy tarbiya axolining keng katlamlari va ayniksa, bolalarning kundalik xayotidan keng urin olmogi kerak.
Maktablarda olib boriladigan jismoniy tarbiya ishlarini rivojlantirishga ota-onalar kat’iy ishtirok etishi kerak. Jismoniy tarbiya xar bir oilaga kirib borishi, ertalabki gimnastika, mashklari, xarakatli uyinlar xar bir oilada., aylanishi, kishlok joylarda normaga aylanishi zarur. Yoshlarimiz xar tomonlama ma’lumotli bulib kolmay, ma’naviy guzal, soglom, jismoniy bakuvvat 6ulishi zarur. Bunday bulish uchun sport xarakatining ommaviyligiga e’tibor berish jismoniy tarbiyani rivlantirish yoshlarning, ularning irodaviy sifatlarini chiniktirish, yigit va kizlarning jismoniy jixatdai mexnat na mudofaga tayyorlash zarur buladi.
O’zbeklar, tojiklnr, turkmanlar, kozoklar, kirgizlar va O’rta Osiyodagi boshqa xalklar uzlarining kup asrlik tarixlari davomida uziga xos jismoniy tarbiyani barpo etdilar. Jumladan, kurash, ot sportning xilma-xil turlari va xarbiy mashklar jangchilarning jangovor tayyorgarligini namoyish etish maksadida kullanilar edi. Bu sport turlari rang barangligi va murakkab texnikasm bilai ajralib turadi. Bu texnika xozirgi kungacha yetib kelgan va uzining jozibadorligi bilan barchini rom etib kelmokda.
Kurash kadimiy, ommabop va keng tarkalgan milliy sport turlaridan bnridir. O’zbek sporti va kurash maktabining muvaffakiyati barcha respublikalarda milliy kurash turlari: o’zbekcha kurash gruzincha chidaoba, kirgizcha kures, moldanchacha tr’ita va boshkalarning keng rivojlanganligi bilan belgilanadi. Milliy kurash turlari 40 dan kuprok. O’zbekistonda klassik va erkin kurash, sambo, dzyu-do, karate bilan bir katorda o’zbekcha milliy kurash x,am mamlakatimiyada rivojlanib bormokda. Turli viloyat, tumanlardan an’anaviy xalq bayramlari na spartakiadalarnint prsgrammasiga kurashning kiritilishi, uning xalk orasida keng tarkalganligidan dalolat beradi. Milliy sport turlini keng rivojlaitirish uchun sharoit mavjud bulgan kishilok joylarida uniig dovrugi yanada baland.
Bizning respublikamiz territoriyasida kurashiing ikki turi mavjud bulib, bu buxorocha v.a fargona koidalari bilan kypashish usulidir. Bu xol programma materiallarida uz aksini topgan. Garchi yagona sport klassifikatsiyasida sport unvoni bsrish nazarda tugilgan bulsa xam, milliy kurash mashgulotlarining maksadi shugullanuvchilarni jismoniy tarbiya xarakatiga jalb kilish va kurashning olimpiada turlari - klassik yaa erkin kurash, sambo va dzyu-dolarcha tayyorlashdan iborat. Xozir jismoniy tarbiya programmaoiga muvofik kupchilik sport jamiyatlari aksiyalarida, jismoniy tarbiya institutida va pedagogika oliy ukuv yurtlarining jismoniy tarbiya fakultetlarnda kurash mashgulotlari olib boriladi. Bu yerlarda kypash asosiy predmet sifatida urganiladi va talabalar shu soxa mutaxassisi bulib yetishadilar.Mamlakatimizda milliy sport turlarini rnvojlantirish uchun barcha sharoitlar yaratilgan bulib, ular bepayon Vatanimizning barcha viloyatlari orasida keng yoyilgan. Milliy sport turlari xar bir xalk milliy madaniyatining uziga xos elemsntlari sifatida emas, balki jismoniy tarbiya xarakatining xozirgi vazifalarini xal kilishng muxim vositasi sifatida namoyon bulmokda. Xar bir xalkning urf-odati, sevimli yakinlari, milliy sport turlari bor. Spartakiadalar vaktida polvonlarning kuch sinashganlarini xamma kurgan bulsa kerak. Xalk yuksak jismoniy belgilarga va texnik maxoratga ega bulgan mashxur kurashchilarni «pol von» deb ataydi. Kurash barcha tantanalarning doimiy yuldoshi. Uzbek xatkining bu an’anasi uzok utmishdan kolgan me’ros, vaktlardan buyen kurash tushuvchilar yakkama-yakka belashuv natijasida kuchlilik tezlik chidamlilik, ya’ni insonning kundalik faoliyati uchun zarur bulgan jismoniy sifatlarni rivojlantirib boradi.
Tavsiya kilinayotgan O’zbekistonda milliy sport kurashining rivojlanish tarixi qisqacha bayon qilinadi. Unda usmirlarni jismoniy tarbiyalash tizimida kurashning vazifalari, tutgan urni va ahamiyati yoritiladi; kungilli sport jamiyati forma va metodlari bayon kilingan. Ko’rashchularni umumiy va maxsus jismoniy tayyorlash formalari, xarakatlar texnikasi va taktikasi asoslarni nazariy, ma’naviy, irodaviy va pisixologik tayyorgarlik masalalari, shuningdek kurash mashgulotlarini planlashtirish va asosiy ukuv xujjatlari tushunarli formada taviflanadi. SHunday kilib, mazkur o’quv-metodik qullanma O’rta Osiye xalqlari orasida keng tarkalgan sportcha kurashning milliy turlarini rnvojlantirishga xamda shu sport turlari buyicha ukituvchi va trener kadrlar tayyorlashga yordam beradi. undagi rasmdarda kurashchilarning texnik, taktik, xakamlar va metodik tayyorgarligi, shuningdek oliy o’quv yurtlarida xamda kungilli sport jamiyatlarida sessiyalarida kurash mashgulotlarni tashknl etish va. O’tkazish metodikasiga oid material berilgan.
A.K.Atayevning O’zbekistonda kurashchilar yuzasndan orttirgan 30 yildan ortik, tajrnbasi va eksperimenti, tadkikotlari, uzbek, tojik turkman, qozoq va kirgiz adabiyotini, xalq ogzaki ijodi qaxramonlik dostonlari, tarixiy tadkikotlarni o’rganishi, shuningdek jismoniy tarbiyasiga oid materiallari ukuv kullanmasnga asos kilib olingan.
Bizning mamlakatimizda jismoniy tarbiya, sport uzida ma’naviy boylikni, axlokiy soflik va jismoniy kamolotni gormonik xolda mujassamlashtirgan. Bu xol shaxar xamda qishloqda jismoniy tarbiya va sport ishlariga e’tiborni kuchaytirishni; qishloq yoshlariga qul keladigan turli xil sport turlarini rivojlantirishni; markazlarida viloyat mikyosida muntazam sport musobaqalari o’tkazib turishni va 6u ishni madaniy - okartiruv muassasalarining faoliyati bilan chambarchas boglab olib borishni talab etadi.
Butun mamlakat mnkyosida bulgani kabi O’zbekistonda xam usmir va yoshlarning jismoniy tarbiyasi uchun xamma sharoitlar yaratilgan. Masalan, juda kup sonli sport inshootlari, suv basseynlari, uyin maydonchalari va xokazolar kurilgan. Chunki, yosh avlod salomatligini mustaxkamlash, uni mexnat faoliyataga, Vatan ximoyasiga tayyorlash xakida gamxurlik qilish doimo xukumatimizning dikkat markizida bulib kelgan va bundan buyen xam shunday bulib koladi. Birok ayrim joylarda, ayniksa, kishlok joylarda jamiyatning bulajak kurashchilari bulyaish ssh ayejshni xa
jismony rivojdantirish uchun sportdan yetarlicha foydalanilmayotir.
Kurash - eng qadimiy, xammabop va keng tarkalgan milliy sport turlaridan biri. Milliy kurash mashgulotlarini tashkl etish, jixozlanish joylarining soddaligi yoshlarni mamlakatimizdagi ommaviy sport xarakatiga jalb qilishga yordam beradi. Respublikamiz territoriyasida texnik va taktik usullari jixatidan bir-biridan keskin fark kiluvchi ikki xil milliy kurash bor. Bu bulinish tarixan karor topgan bulib, territorial chegaralarga ega. Chunonchi, Buxoro qoidalari bilan kurashish Korakalpogiston, Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax va Samrqand viloyatlarida keng tarkalgan. Toshkent, Sirdaryo, Fargona, Namangan va Andijon viloyatlarida esa Fargona qoidalari buyicha kurash tushiladi.
Milliy kurash bo’yicha shugullanuvchilar bilan olib boriladgan o’quv-trenerovka va tarbiyaviy ishlar tajribasini taxlil qilish o’smirlar bilan xamda jismoniy tarbiya instituti talabalari va pedagogika oliy o’quv yurlarining jismoniy tarbiya fakulteti talabalari bilan o’tkaziladigan mashgulotlar metodikasi xali yetarlicha ishlab chikarilmaganligini kursatadi. Buning ustiga ba’zan mashgulotlarda murabbiylarning jismoniy tarbiyaning asosiy metodik prinsiplarini kupol ravishda buzishga yul kuyishlari xam sir emas. Buning natijasida soglom va usuvchi organizmni mustaxkamlash urniga shugillanuvchilarning sogligiga jiddiy putur yetkazadi. 'Vaqti-vaqti bilan Urta Osiyo respublikalari va Kozogistonda milliy kurash buyicha Urta Osiyo va Kozogiston birinchiligi utkazib turiladi. Bunda uzbek, tojik, turkman, kirgiz va kozok sportchilari katnashadilar. Kishilarimiz urtasida milliy dustlikni payvlidlovchi vosita bulgan bunday musobakalar odatda O’rta Osiyo xalqlarining katta bayramiga aylanib ketadi.
O’zbekcha milliy kurash O’rta Osiyo respublikalari va Kozogistonda rasm bulnb kelayetgan milliy kurashning boshka turlariga uxshash. Bu xol musobakalarni yagona koidalar bilan utkazishga imkon beradi.
Binobarin mazkur kurash O’rta Osiyo xalklari orasida milliy kurash turlarini ommaviy rivojlantirish ishiga xizmat kiladi xamda kurashning milliy turlari buyicha o’qituvchi va trener kadrlar tayyorlashga yordam beradi. Kuch, chidmlilik, egiluvchanlik chakkonlik tezkorlik sportchilar sogligi. Umumiy jismoniy tayorgarlik salomatlik darajsini oshirish, shiddatli ternirovka, yordamchi jismoniy tanyorgarlik kurash uchun xos bulgan sifatlar, mushak rypyxlari.
Maxsus jismoniy tayyorgarlik kurash gilamida o’tkaziladngan xarakat va ogirliklar bilan ishlash, umumiy kuch, nisbiy kuch, tezkor kuch, portlovchi kuch, takroriy kuch, kiska muddatda maksimal kuchlanish, uyin va musobaka usullari, mashk shiddati, mashk davomiyligi, takrorlash soni, dam olish oraligi, davomiyligi, dam olish xususiyati.
Faol egiluvchanlik, dinamik egiluvchanlik, statik egiluvchanlik maxsus egiluvchanlik, izlanish. Barkarorlashtirish, moslashishni takomillashtirish, ancha tolikkan xolda bajarish usuli, nazorat. Ukuv mashgulot bellashuvlari, musobaka vaziyati, xarakat elementi, taktik bilimlar, taktik kunikmalar, taktik malakalar, xujumni tayyorlash taktikasi, bellashuvni tuzish taktikasi, musobaklarda katnashish taktikasi.
Kurashchining jismoniy tayyorgarligi sport trenirovkasining muxim tarkibiy kismlaridan biri Jismoniy sifatlar - kuch, chidamlilik, chakkonlik va tezkorlikni rivojlantirishga karatilgan jarayondir.
Jismoniy tayyorgarlikning asosiy kuyidagilardan iborat: Sportchilar faoliyati bilan bog‘liq muammolar har doim ham dolzarb bo‘lib kelgan va bu holatni bugungi kunda ham kuzatish mumkin. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, sportchilar faoliyati bilan bog‘liq masalalar ichida tibbiy-biologik muammolar alohida o‘rin egallaydi. Bu borada sportchilarning jismoniy ish qobiliyatini aniqlash muhim ahamiyatga ega.
Har xil sport turlari bilan shug‘ullanuvchilarning jismoniy ish qobiliyatini aniqlash sport fiziologiyasi, sport meditsinasi sohalarida muhim ahamiyat kasb etadi. Jismoniy ish qobiliyati bilan bog‘liq bir qator jihatlarni o‘rganish amaliy fiziologiya va meditsinaning boshqa yo‘nalishlarida ham muhimdir. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, keyingi yillarda jismoniy ish qobiliyati ko‘rsatkichi klinik meditsinada keng qo‘llanilmokda.
Shu paytga qadar kishilarda jismoniy ish qobiliyatini aniqlashning ko‘plab usullari ishlab chiqilgan bo‘lib, bugungi kunda sport fiziologiyasi, sport meditsinasi sohalarida sportchilarning jismoniy ish qobiliyatini aniqlashda bir qator kompleks klinik–funksional testlardan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Jismoniy ish qobiliyatini aniqlashning har xil usullari turli mualliflar tomonidan taklif etilgan. Bu borada ko‘plab tadqiqot o‘tkazgan olimlardan V.Karpman va boshqalarning ta’kidlashicha, yurak qon-tomir faoliyati ko‘rsatkichlariga qarab jismoniy ish qobiliyatining aniqlashda asosan ikki xil usuldan keng foydalanish mumkin. Bunda ma’lum quvvatli yuklama bajarilganda yurak ritmi qancha tez bo‘lsa, kishining jismoniy ish qobiliyati ham shuncha past bo‘ladi va aksincha. Ikkinchi usul yurak qisqarishlari sonini ma’lum chastotaga yetkazish uchun lozim bo‘lgan jismoniy ish quvvatini aniqlashga asoslangan. Bunday yondashuv ancha samaraliroq hisoblanadi. Shu bilan birga bu usul texnik jihatdan ancha murakkab va jiddiy fiziologik asosni talab etadi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, har xil sport turlari bilan shug‘ullanuvchilarning jismoniy ish qobiliyatini aniqlashning ko‘plab zamonaviy usullarini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Ana shu usullar orasida tana massasi tarkibiy qismlarini aniqlashga asoslangan morfologik usul o‘ziga xos o‘ringa ega. Bu usul oddiyligi, soddaligi, har qanday sharoitda ham qo‘llanish imkoniyatlari bilan ajralib turadi.
Tana massasi tarkibiy qismlarini o‘rganish masalasi qadim zamonlardanoq insoniyatni qisqartirib kelgan. Bu boradagi tadqiqotlar uzoq tarixga borib taqaladi. Xususan qadimgi Sharq sivilizatsiyasi bilan bog‘liq materiallar bunga dalil bo‘ladi. O‘sha davrda ham semirish bilan bog‘liq muammo mavjud bo‘lganini arxeologik dalillar isbotlaydi.
Qadimgi manbalarda semirish kasallik hamda kishilarga berilgan jazo sifatida talqin etilgan. Keyinchalik semizlik tibbiy muammo ekani tan olingan va semirish bilan bog‘liq masalalar jamiyatdagi ijtimoiy masalalar qatoridan joy olgan. Masalan, qadimgi Rimda astenik tana tuzilishiga ega bo‘lgan kishilar etalon sifatida xizmat qilgan. Qadimgi Gretsiya va Rimda semiz kishilar juda ko‘p uchragan. Hatto qadimgi Sparta davlatida tana tuzilishi ma’lum tartiblar asosida belgilab berilgan. Bundan chetlangan kishilar shahardan chiqarib yuborilish kabi og‘ir jazolarga duchor etilgan.
Tana massasi tarkibiy qismlarining o‘zgarishi va semizlik bilan bog‘liq masalalarga o‘z vaqtida Gippokrat va Aristotel kabi mutafakkirlar e’tibor qaratishgan. Ular semizlikni 2 xil ko‘rinishda farqlashgan: “suvli semizlik” va “qattiq semirish”. “Qattiq semirish” Gippokratning fikricha, me’yoridan ko‘p ovqatlanish oqibati bo‘lib, uni ochlik, jismoniy faollik va boshqalar bilan davolash mumkin Tana massasi tarkibiy qismlarini aniqlash borasidagi bilimlar qadimgi grek olimi Arximedning tadqiqotlaridan so‘ng ancha kengaydi. “Suzuvchi jismlar haqida” asarida Arximed qonuni keltirilgan bo‘lib, bu qonun tana massasi tarkibiy qismlarini aniqlashning zamonaviy usuli bo‘lgan densitometriyaga asos bo‘ladi.
Shuni ham ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, qadimgi davr hamda keyingi davrlarda yashab ijod qilgan ko‘plab olimlar, mutafakkirlar, xususan rassomlar, haykaltaroshlarning ishida, buyuk asarlarida tana tuzilishi, tana qismlari, qolaversa tana massasi tarkibiy qismlariga daxldor jihatlar o‘z o‘rnini topgan (13).
Bu boradagi tadqiqotlar jadallashib, rivojlanib borgan sari yangi-yangi ma’lumotlar qo‘lga kiritildi. Italiyalik arxitektor va san’atshunos olim Leon Battist Alberti tomonidan ixtiro qilingan finitoriya (lotincha “Arnitio” – chegaralash) uch qismdan iborat bo‘lib, u tana va uning qismlarini ko‘p tomonlama o‘lchashga imkon bergan. Bu o‘lchashlar natijasida odam qaddi-qomati va tanasining eng mukammal va ko‘rkam ko‘rinishi tasvirlab berilgan.
Rimlik vrach Galen o‘zining “Odamning tana qismlari haqida” nomli asarida inson tanasining anatomik-morfologik xususiyatlarini batafsil va keng yoritib beradi.
Aytib o‘tish lozimki, tana massasi tarkibiy qismlarini o‘rganish diyetologiya, anesteziologiya, reanimatologiya, intensiv terapiya amaliyotida, semizlik va shu kabi boshqa kasalliklarni davolashda, osteoporoz kasalligini aniqlash va davolashda, qolaversa mehnat va sport fizioloyasi, sport tibbiyoti, endokrinologiya, pediatriya, gerontologiya, onkologiya kabi fanlarning muammolarini o‘rganishda o‘ziga xos muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, jismoniy faollik darajasi va ovqatlanish xususiyatlari tana massasi tarkibiy qismlariga ta’sir ko‘rsatadi. Jismoniy mashqlar bajarilganda muskul massasi oshadi va ortiqcha yog‘ miqdori kamayadi. Cheklangan jismoniy faollik esa yog‘ zapaslarini oshirib, tana massasi yog‘siz qismlari darajasining kamayishiga olib keladi. Yog‘ zapaslari kuchli va ko‘p miqdorda ovqatlanganda ko‘payib, ochlikda sarflanadi.
Odamda tana massasining tarkibiy qismlarining bir qancha variantlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin:
a) tana massasidagi umumiy yog‘, skelet massasi, skelet muskullari massasi, suv miqdori.
b) tana massasi: tanadagi yog‘ tana massasining yog‘siz qismi.
c) tana massasi: tanadagi yog‘, tanadagi hujayra massasi, hujayra tashqarisidagi suv, qizil qon hujayralari, suyak massasi, hujayra tashqarisidagi suyuqlikka bog‘liq qattiq modda (biriktiruvchi to‘qima, ya’ni teri, paylar, fassiyalar va boshqalar).
Tana massasining energetik jihatdan faol va passiv qismlari farqlanadi. Faol tana massasi hujayra ichidagi suyuqlik, hujayradagi hamda hujayra tashqarisidagi barcha oqsillar va mineral moddalardan tashkil topgan. Passiv tana massasiga esa tanadagi yog‘, suyaklardagi mineral moddalar, hujayra tashqarisidagi suv kiradi. Tana massasining yuqorida aytib o‘tilgan qismlarini to‘lig‘icha, barcha komponentlari bilan aniqlash mushkul, chunki bu ancha qimmat turadigan statsionar jihozlarni talab etadi. Odatda tezda ma’lumot olish uchun umumiy yog‘ miqdori, tanadagi muskul massasi, skelet massasi va teri osti yog‘ qatlamini aniqlash bilan cheklanish mumkin.
Tana massasi komponentlarini aniqlash uchun quyidagi usullardan samarali foydalanish mumkin: antropometriya, kaliperometriya, gidrostatik tortish, volyuminometriya, radiometriya, rentgenografiya va boshqalar. Organizmdagi suyuqliklar miqdorini, yog‘siz komponentlarini aniqlash uchun analitik, biokimyoviy hamda fiziologik tadqiqot usullaridan (asosiy almashinuv, kislorod sarfi kattaliklari asosida) foydalanish maqsadga muvofiq.
Tana massasining tarkibiy qismlarini aniqlash sportchilarning jismoniy ish qobiliyatini morfologik usulda aniqlashga imkon beradi. Masalan, sportchining jismoniy ish qobiliyati, mashq qilganlik darajasi ortib borgan sari tana masasidagi suv va yog‘ komponenti miqdori kamayib, muskullar komponenti oshib boradi. Musobaqalardan keyin esa aksincha, jismoniy faollikning kamayishi natijasida suv va yog‘ komponentlari miqdori ortib, muskullarning nisbiy massasi kamayib boradi. Bu esa sportchining jismoniy ish qobiliyatini aniqlashda muhim ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanadi. Shunga ko‘ra turli mualliflar tana massasining tarkibiy qismlarini o‘rganish borasida tadqiqotlar olib borishadi.
Tana massasining yog‘ komponentini aniqlash. Odatda sportchi organizmida yog‘ to‘planish darajasini bilvosita yo‘l bilan aniqlash uchun tananing turli qismlarida teri-yog‘ qavatining qalinligi o‘lchanadi. Antropometrik talablarga muvofiq teri-yog‘ qavati ma’lum bir holatda aniqlanishi lozim (masalan, vertikal, gorizontal yoki qiya). Terining elastiklik xususiyatiga ko‘ra teri–yog‘ qavati qalinligi bir joyda olinganda ham (biroq har xil yo‘nalishda) har xil chiqadi. Odamda teri–yog‘ qavati qalinligini uzunasiga, ko‘pchilik hollarda uzunasiga va ko‘ndalangiga o‘lchash maqsadga muvofiq sanaladi. Shundan so‘ng tananing ushbu qismidagi teri–yog‘ qavatining qalinligi borasida o‘rtacha kattalik olinib, xulosa qilinadi. Tanadagi teri–yog‘ qavati qalinligini o‘lchashda kaliper–sirkuldan foydalaniladi. Kaliper–sirkul kontakt yuzasi 90 mm2 bo‘lib, doimiy o‘zgarmas 10 g/mm2 bosimga ega.
Tanadagi teri–yog‘ qavati qalinligini o‘lchash uchun tekshiruvchi chap qo‘lining ikki barmog‘i bilan terini ushlaydi (oyoq–qo‘l uchlarida 2-3 sm, tanada esa 5 sm gacha), bunda tekshiriluvchida og‘riq hissi yuzaga kelmasligi lozim. Teri ushlab yengilgina tortib turiladi va shu holat o‘zgartirilmagan holatda kaliper yordamida teri–yog‘ qavati qalinligi o‘lchanadi. Teri–yog‘ qavatini o‘lchashda burmalar uzoq vaqt davomida ushlab turilmasligi lozim. Chunki uzoq muddat ushlab turilganda ular yupqalashadi. Burmalar qalinligiga ko‘ra bir xil bo‘lishi lozim.
Sportchilar organizmida yog‘ to‘planish darajasini umumiy ravishda o‘rganish uchun tananing quyidagi qismlarida teri-yog‘ qavati qalinligini o‘lchash lozim.
1) Kurak suyagining pastki burchagida. Bunda teri-yog‘ qavati qalinligi o‘ng kurak ostida qiyalab o‘lchanadi (yuqoridan pastga, ichkaridan tashqariga).
2) Yelkaning orqa yuzasida. Bunda teri–yog‘ qavati qalinligi qo‘llar tushirilgan holatda yelkaning yuqori qismida, uch boshli muskul sohasida, uning ichki chegarasi yaqinida o‘lchanadi. Terida burma o‘ng qo‘lda vertikal holatda hosil qilinadi.
3) Yelkaning oldingi qismida. Bunda teri–yog‘ qavati qalinligi o‘ng qo‘lda yelkaning yuqori qismida, ikki boshli muskul sohasida, yelkaning orqa yuzasida o‘lchangan holatdagi kabi o‘lchanadi. Terida burma vertikal ravishda hosil qilinadi.
4) Bilakning oldingi yuzasida. Bunda o‘ng bilakning ichki yuzasidagi burmalar o‘lchanadi (bilakning kengaygan joyida). Burmalar vertikal ravishda o‘lchanadi.
5) Ko‘krak qafasining oldingi yuzasida. Bunda teri–yog‘ qavati qalinligi ko‘krak qafasining o‘ng tomonidagi muskullarda qo‘ltiqning oldingi sohasida o‘lchanadi. Burmalar qiya holatda hosil qilinadi, ya’ni yuqoridan pastga, tashqaridan ichkariga tomon.
6) Qorinning oldingi devori yuzasida. Bunda burmachalar kindik sohasida, undan o‘ng tomonda 5 sm masofada o‘lchanadi. Odatda burmachalar vertikal holatda olinadi, agar vertikal o‘lchash qiyinchilik tug‘dirsa, gorizontal holatda ham olish mumkin.
7) Son orasida. Bunda tekshiriluvchi stulda o‘tirgan holda, oyoqlar tizza bo‘g‘imidan to‘g‘ri burchak ostida bukilgan holatda o‘lchanadi. Burmachalar o‘ng sonning yuqori qismida, oldingi lateral yuza sohasida, qov sohasiga parallel ravishda yoki undan biroz pastroqda o‘lchanadi.
8) Boldir sohasida. Bunda tekshiriluvchi xuddi son yuzasini o‘lchashda o‘tirganidek holatda o‘tiradi. Burmachalar o‘ng sonning yuqori qismida, orqa lateral yuzada, deyarli vertikal holatda olinadi. Burmachalar tizza chuqurchasining pastki burchagi sohasiga to‘g‘ri kelishi lozim.
9) Qo‘lning tashqi yuzasida. Bunda teri-yog‘ qavati qalinligi 3-barmoq sohasida o‘lchanadi.
Yuqorida teri-yog‘ qavati qalinligini o‘lchash uchun asosiy qismlar keltirib o‘tildi. Biroq ayrim mualliflar bundan tashqari yuz sohasida, iyak sohasida, qovurg‘alar bilan qorin orasida (qiya va vertikal holatda), tizza sohasida, sonning o‘rta qismida va boshqa joylarda ham o‘lchash mumkinligini ta’kidlab o‘tishadi
Teri osti yog‘ qavatini aniqlash. Teri osti yog‘ qavati miqdorini aniqlash uchun Mateyka formulasidan foydalanish mumkin:
D′ = S • d1 • 0,9;
bunda D′ - teri osti yog‘ qavati (kg), S - absolyut tana yuzasi (sm2), d1 - teridan tashqari teri-yog‘ qavati qalinligi (mm).
d1 = 8 ta yuzadagi teri burmalari yig‘indisi / 16 - qo‘lning tashqi yuzasidagi burmacha / 2
0,9 – yog‘ning solishtirma og‘irligi uchun konstanta.
Odatda ichki yog‘ miqdori sifatida e’tirof etiladigan hisobga olinmaydigan qoldiq miqdor aniqlanadi. U tanadagi barcha yog‘ miqdori hamda teri osti yog‘ miqdorining farqiga teng:
D2 = D - D′.
bunda D2 – ichki yog‘ miqdori (kg), D′ – teri osti yog‘ qavati massasi (kg), D – tana massasidagi umumiy yog‘ miqdori (kg).
Yog‘ komponentining aniqlashdagi xatoliklarni kamaytirish uchun mavjud hisoblash formulalarini aniqlashtirish, ya’ni tana yuzasi ko‘rsatkichlarini, teri–yog‘ burmalarining o‘rtacha arifmetik kattaligi kabilarni oydinlashtirish muhim ahamiyatga ega. Tananing turli yuzalarida teri–yog‘ qavati burmachalarini aniqlash orqali olinadigan o‘rtacha kattalik va tananing umumiy yuzasi ayrim holda yog‘ komponentini kamaytirib, ayrim hollarda esa ko‘paytirib hisoblanishiga sabab bo‘ladi. Bu esa u yoki bu hollarda natijalarning o‘zgarishiga olib keladi. Bunday xatoliklarning oldini olish uchun o‘lchash ishlarida teri–yog‘ burmachalarining «maxsus» o‘rtacha arifmetik qiymati tushunchasi kiritiladi. Bu ma’lum yuzalardagi burmachalarning o‘rtacha arifmetik qiymatidir. Bularga qo‘llarning uchlarida, boshda va bo‘yinda, tanada, qo‘llarning uchlarida aniqlanadagan kattaliklar kiradi . Shunday qilib tana massasidagi yog‘ komponentini aniqlashda teri–yog‘ qavati burmachalari sonini 13 taga yetkazish masalasi ko‘ndalang quyiladi. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, hozirga qadar adabiyotlarda bu borada aniq xulosalar berilmagan. Turli mualliflarning fikriga ko‘ra teri–yog‘ burmachalarini uchta, to‘rtta, oltita, sakkizta, o‘nta, o‘n to‘rtta joyda o‘lchash maqsadga muvofiq.
Teri–yog‘ burmachalarini o‘lchashdagi aniqlik natijalarini to‘g‘ri chiqishida muhim ahamiyatga ega. Burmachalarni o‘lchashda 1 mm xatolikka yo‘l qo‘yish tana massasidagi yog‘ miqdorini aniqlashda 1-2 kg xatolikka, ya’ni yog‘ miqdorini o‘rtacha miqdordan 10-20% gacha o‘zgarishiga olib keladi. Shu jihatdan olinganda kaliperometriya usuli yordamida teri–yog‘ qavati burmachalar o‘lchamidagi xatoliklar darajasini 0,1-0,2 mm gacha kamaytirish muhim hisoblanadi.
Tana massasidagi yog‘ miqdorini bilvosita aniqlash yo‘llaridan tashqari antropologik tadqiqotlarda odam tana massasining solishtirma og‘irligini o‘rganish orqali yog‘ miqdorini aniqlash yo‘llari ham mavjud. Bu gidrostatik o‘lchash deb aytiladi. Bu usul aniqroq natija berishi bilan o‘ziga xosdir. Biroq bu usullarni bajarish murakkab va ko‘p qirrali asbob-uskunalarni, jihozlarni talab etadi. Shu sababli bu usullardan maxsus yirik laboratoriyalarda foydalaniladi (12).
Muskullar massasini aniqlash. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, sportchilarda tana massasining tarkibiy qismlari o‘rganilganda yog‘ massasi bilan birga hamisha muskullar massasi ham aniqlanadi. Bu tana massasi tarkibiy qismlarining o‘zgarishi to‘g‘risida yanada to‘liqroq xulosa qilishga imkon beradi. Bunda ham kaliperometriya usulining ahamiyati muhimdir.
Odatda kaliperometriya usuli sportchining trenirovka jarayonlari hamda musobaqa davrlaridagi ayni holatini o‘rganishga imkon beradi (12).
3-rasmda kaliperometriya usuli asosida olingan tana massasi tarkibiy qismlarining o‘zgarish dinamikasi keltirilgan. Bunda skelet-muskul massasi 54-56 % ga ortib boradi, yog‘ massasi esa 7-9 % ga kamayib boradi. Bu sportchilarda jismoniy ish qobiliyatining optimal ravishda ortib berishini ifodalaydi. 3-b va 3-v rasmlarda esa trenirovkaning samarasiz rejimlari keltirilgan. .

Yüklə 442,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin