juda mayda, ya’ni urg’ochisining uzunligi 3-4 mm, erkaginiki 1,5-2 mm atrofida bo’lib,
asosan, kalamush, it, mushuk, bo’rsiq, cho’chqa va ba’zan odamlarda parazitlik qiladi.
Trixinella rivojlanishining hamma davrini tashqi muhitga chiqmasdan, o’z xo’jayinining
ichida o’tkazadi. Voyaga etgan trixinella ingichka ichakda yashaydi. Urug’langan
urg’ochilar ichak devoriga o’tib, 2 oygacha yashaydi va shu erda 2 mingtagacha tirik
Lichinkalar ko’chib yuruvchanligi bilan diqqatga sazovordir, ya’ni ular qonga o’tadi va
qondan ko’ndalang-targ’il muskul tolalarining orasiga kirib o’rnashib oladi. o’rnashib
olgan lichinkalar spiral shaklida buriladi va ularning atrofida shakli limonga o’xshash
kapsula xosil bo’ladi. Taxminan 5-6 oydan keyin kapsula oxaklanib qoladi, ya’ni kapsula
devoriga oxak moddalari to’planadi. Har bir kapsulada 1 ta , 2 ta yoki 3 ta lichinka bo’lishi
mumkin. Umuman, 1 kg trixinella bilan kasallangan cho’chqa go’shtida 10-12
24
mingtagacha lichinka bo’lishi mumkin. Kapsulaga o’ralgan trixinella lichinkasi to
xo’jayini o’lguniga qadar tirik xolda saqlanadi, lekin rivojlanmaydi.
Odam trixinella lichinkasi bo’lgan cho’chqa go’shtini yaxshi qovurmasdan, yaxshi
pishirmasdan iste’mol qilganda parazitni o’ziga yuqtiradi. Odamning ichagida xazm
shiralari ta’sirida kapsula erib ketadi va trixinella lichinkasi ichak bo’shlig’iga chiqadi. Bu
lichinkalar 2 kundan keyin voyaga etadi va to’rtinchi kuni ichakning hujayralari orasida
urchib, muskullarga o’tadigan lichinkalar tug’adi. Erkaklari urg’ochilarini urug’lantirgach
o’ladi. Trixinella tufayli vujudga keladigan kasallik trixinellyoz deyiladi. Minglarcha
trixinella lichinkalari odam ichak devorini teshib o’tganda og’ir kasallikka va xatto
o’limga ham olib kelishi mumkin. Bu lichinkalar ichakdan qonga o’tganda, qon orqali
muskullar orasiga borib joylashganda va kapsulaga o’ralganda ham bemorga qattiq azob
beradi. Umuman, trixinella bilan kasallangan odamlarning harorati ko’tariladi, ovqat xazm
qilish sistemasining ishi buziladi va muskullari og’riydi, ko’ngli ayniydi, yuzi va qovoqlari
shishadi. Trixinellyoz kasalligining yashirin davr 10-25 kun davom etadi.
Trixinella odamlarga asosan cho’chqa go’shti orqali yuqadi. Cho’chqalarga esa trixinella
lichinkasi sichqon va kalamushlarning o’ligini eyishlari orqali yuqadi. Sichqon va
kalamushlarga esa trixinella lichinkasi bir-birlarini eyishlari yoki kasal bo’lib o’lgan
cho’chqa go’shtini eyishi natijasida o’tadi.
Odamga trixinella lichinkasi yovvoyi to’ng’iz, bo’rsiq va ayiq go’shtini yaxshi
pishirmasdan eyishi orqali ham yuqishi mumkin.
Trixinella bilan kasallanmaslik uchun avvalo qushxona va bozorlarda veterinariya
nazoratidan o’tmagan cho’chqa go’shtini sotmaslik va ovqatga ishlatmaslik kerak.
Iste’mol qilinadigan cho’chqa go’shtini yaxshilab qovurish va pishirish kerak.
Trixinelladan saqlanish uchun cho’chqa og’ilxonalari va atrofi sementlanishi,
cho’chqachilik xo’jaliklari atrofida uchraydigan kalamush, sichqonlarga qarshi kurash
choralari olib borish va trixinelladan o’lgan hayvonlarni albatta kuydirish kerak.
Trixinellyoz bilan kasallangan odamlarni esa vermoks, mintezol kabi dorilar bilan
davolanadi.
Dostları ilə paylaş: