O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti tabiiy fanlar fakultet


Qiyshiqbosh yoki egribosh nematoda (Ancylostoma duodenale)



Yüklə 445,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/25
tarix02.01.2022
ölçüsü445,45 Kb.
#40442
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
osimliklarda parazitlik qiluvchi yumaloq chuvalchanglar

 

Qiyshiqbosh yoki egribosh nematoda (Ancylostoma duodenale)

 

odamlarning  12  barmoqli  ichagida  parazitlik  qilib  yashaydi.  Parazitning  bosh  qismi 



egilgan,  qiyshiq  bo’lib,  unda  rivojlangan  og’iz  kapsulasi  joylashgan.  Og’iz  bo’shlig’ida 

o’tkir  plastinka  yoki  juda  kichik    ilmoqchalarga  o’xshash  "tish"lari  bo’lib,  ular  yordamida 

parazit  o’z  xo’jayini  ichagi  shilliq  pardasiga  yopishib  qon  so’rib  oziqlanadi.  qon  so’rgani 

uchun  ham  parazitning  rangi  qizg’ish  bo’ladi.  Ular  ayrim  jinslidir.  Urg’ochisining  tana 

uzunligi  10-18mm,  erkaklariniki  esa  8-10  mm  atrofida  bo’ladi.  Erkagining  orqa  uchida 

bursa  va  spikula  joylashgan.  qiyshiqbosh  nematoda  geogel’mintdir.  Urug’lanishi  xo’jayini 

ichagida  o’tadi.  Urg’ochisi  bir  kecha-kunduzda  10  mingga  yaqin  urug’langan  tuxum 

qo’yadi.  Tashqariga  chiqqan  tuxumdan  qulay  haroratda  (26-30 

o

S  da)  bir-ikki  kun  ichida 




 

21 


lichinka  chiqadi.  Bir  xafta  davomida  lichinka  ikki  marta  tullab  yuqumli  (invazion)  davrga 

o’tadi. Bunday lichinkalar qish faslida tuproq harorati pasayganda, bir metr pastga tushadi. 

Harorat  ko’tarilishi  bilan  yana  tuproq  yuzasiga  chiqadi  va  tuproqda  18  oygacha  o’z 

hayotchanligini  saqlab qoladi. 

Odamlarning  egribosh  nematoda  bilan  zararlanishi  asosan  teri  orqali  ro’y  beradi.  Bunda 

odam  go’ng  va  har  xil  axlatlar  tashlangan  dalalarda  hamda  polizlarda  oyoq  yalang 

yurganida  parazit  lichinkasi  teri  orqali  tanaga  kiradi.  Bunda  lichinkalar  kirgan  joylarda  har 

xil  toshmalar  xosil  bo’lib,  terini  qichitadi,  natijada  teri  usti  qizarib  shishadi.  Odam 

organizmiga  kirgan  lichinkalar  terining  mayda  qon  tomrlari  orqali  vena  qon  tomiriga 

o’tadi  va  organizm  bo’ylab  tarqaladi.  Bunda  lichinkalar  qon  bilan  oyoqdan  o’pkaga, 

so’ngra  xalqumga  o’tadi.  Bu  erda  odam  lichinkani  yutib  yuboradi,  bunday  lichinkalar  12 

barmoqli  ichakka  borib  o’rnashadi  va  tekinxo’rlik  qilib  jinsiy  voyaga  etadi.  Egribosh 

nematodalar  ichak  devorida  yaralar  xosil  qiladi  va  xo’jayini  qonini  so’rib  oziqlanadi, 

bunday  odam ozadi, ichakdan qon oqadi, natijada bemor kam qon bo’lib qoladi. Odamlar 

egribosh  nematoda  lichinkalari  bilan  og’iz  orqali  (suv  va  oziq-ovqat  orqali)  ham 

zararlanishi  mumkin. 

Qiyshiqbosh  nematoda  xususan  janubda,  namgarchilik  ko’p  bo’lgan  joylardagi  axoli 

o’rtasida,  ayniqsa,  dexqonchilik  bilan  shug’ullanadigan  odamlarda,  shaxtalarda 

ishlaydigan  odamlar o’rtasida keng tarqalgan. 

Umuman,  egribosh  nematoda  tug’diradigan  kasallik  ankilostomoz  deb  atalib,  rasmiy 

ma’lumotlarga  qaraganda  er  yuzida  bu  kasallik  bilan  500  mln.ga  yaqin  odam  kasallangan. 

Bu  kasallik  MDX  mamlakatlarida  Kavkaz  ortida,  qozog’iston  va  O’rta  Osiyo 

respublikalarida  yashovchi  axoli  o’rtasida  ham  uchraydi.  O’zbekistonda  esa  Toshkent, 

Sirdaryo,  Andijon,  Farg’ona,  Buxoro  viloyatlarida  uchraydi.  Egribosh  nematodalar  odam 

ichagida  2  yildan  5-8  yilgacha  yashashi  mumkin.  Bu  kasallikning  oldini  olish  uchun 

avvalo,  egribosh  nematodalar  uchraydigan  joylarda  oyoq  yalang  yurmaslik,  erda  va  o’t 

ustida  yotmaslik,  nematoda  lichinkalarini  ichadigan  suvga  va  ovqatga  tushishiga  yo’l 

qo’ymaslik,  ankilostomoz  tarqalgan  tumanlarda  axoli  o’rtasida  muntazam  ravishda 

degel’mintizasiya  o’tkazish,  odam  axlatining  tashqi  muhitda  tarqalishiga  yo’l  qo’ymaslik, 

iste’mol  qiladigan  sabzavot  va  ko’katlarni  qaynoq  suvda  yuvish,  xovuzdagi  suvlarni 




 

22 


qaynatib  ichish  kabi  chora-tadbirlarni  amalga  oshirish  lozim.  Ankilostomoz  bilan  og’rigan 

odamlarni  kombantrin,  vermoks, naftamon, tetraxloretilin  kabi dorilar  bilan  davolanadi. 




Yüklə 445,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin