Odam askaridasi (Ascaris lumbricoides).
Odam askaridasi er yuzida deyarli barcha mamlakatlarda tarqalgan. Ayrim
mamlakatlarda, masalan, Yaponiyada axolining deyarli hammasi askarida bilan
zararlangan. Chunki, Yaponiyada qishloq xo’jaligida odam ekskerementidan organik
o’g’it sifatida sabzavot va poliz ekinlari ekiladigan maydonlarda keng miqyosda
foydalaniladi. Askarida ayrim jinsli, erkagi urg’ochisidan ancha kalta, ya’ni erkagining
uzunligi 15-25 sm, urg’ochisiniki esa 25-40 sm bo’ladi. Bundan tashqari erkak askarida
xipcha va dumi qorin tomoniga spiral kabi buralgan bo’ladi. Urg’ochisining esa tanasi
yo’g’on va dumi to’g’ri. Chuvalchangning oldingi uchida uchta labli og’iz, unda juda
mayda ko’z ilg’amaydigan so’rg’ichlar bo’ladi. Gavdasining keyingi uchiga etmasdan,
qorin tomonida orqa chiqaruv teshigi joylashgan. Bu teshikdan keyingi qismi dumi
xisoblanadi. Jinsiy organlari sodda tuzilishga ega. Erkaklarida jinsiy teshik tananing orqa
uchiga yaqin joyida joylashgan. U ichkarisiga cho’zilib ketgan bittagina naydan iborat.
Urg’ochilarning jinsiy teshigi tananing oldingi yarim qismida, qorin tomonidan
tashqariga ochiladi. Bu teshikdan bitta nay ketgan bo’lib, u uzoqqa cho’zilmay, ikkita
shoxchaga ajraladi. SHoxchalarning ingichka ipsimon uchi tuxumdon, asta yo’g’onlashib
borgan qismi tuxum yo’li, eng yo’g’on qismi esa bachadon deb ataladi.
Askarida odamning ingichka ichagida parazitlik qiladi. Ichagida askarida bo’lgan kishi
parazitni yuqtiradigan va tarqatadigan manba bo’lib xisoblanadi. Bitta urg’ochi askarida
bir kecha-kunduzda 200-250 mingtagacha tuxum qo’yadi (bitta askarida kamida 200 kun
yashaydi),
hayoti
davomida
esa
bir
necha
10
mln.
tuxum
qo’yadi
(250000x200q50000000).
Tuxum ustidan uch qavat po’st bilan o’ralgan bo’ladi, ammo yangi qo’yilgan, ya’ni kasal
kishidan endi chiqqan askarida tuxumi zararlash imkoniga ega emas, u zararlash imkoniga
ega bo’lishi uchun tashqarida nam muhitda 15-25 kun bo’lishi zarur, shu muddat ichida
16
zararlash qobiliyatiga ega bo’lgan lichinka etiladi. Odam askaridasi oraliq xo’jayinsiz
rivojlanadi, ya’ni yagona xo’jayini odam xisoblanadi. Tashqi muhitda askarida tuxumi 10
yilgacha hayotchanligini saqlashi mumkin.
Ichida lichinkasi bo’lgan bunday tuxumni qaynatilmagan suv, yuvilmagan sabzavot-
meva, ayniqsa qulupnay, usti ochiq qolgan ovqatlarni iste’mol qilish orqali odam o’ziga
yuqtiradi. Oshqozonga tushgan tuxumning pardasi oshqozon shiralari (fermentlari)
ta’sirida erib ketadi, lichinka esa ichak devori orqali qonga o’tib, 10 kun davomida
migrasiya qilib jigar, yurak, o’pkaga borib aylanib yuradi.
Lichinka o’pkaga kelganda, odamda o’pka shamollashi hodisasi kabi o’zgarish bo’lib,
yo’tal paydo bo’ladi va yo’talganda o’pkada, ko’krakda og’riq paydo bo’ladi, ayrim
vaqtlarda harorat ko’tariladi. Yo’talganda lichinkalar bronxlar va kekirdak orqali yuqoriga,
ya’ni og’iz bo’shlig’iga keladi. U erdan so’lak bilan qayta yutib yuborilganda lichinkalar
oshqozon orqali ingichka ichakka tushib, uning devorlariga yopishadi va 2,5 oy
mobaynida voyaga etgan askaridaga aylanadi. Ular o’z vaqtida otalanib yana tuxum
qo’yadi. Askaridalar ichakda odam organizmi uchun eng qimmatli bo’lgan ovqatlar va
vitaminlar bilan oziqlanib odamlarda avitaminoz paydo qiladi, natijada odam boshqa turli
yuqumli kasalliklarga beriluvchan bo’lib qoladi. Askaridalar keltirib chiqaradigan kasallik
askaridoz deyiladi. Bu kasallikdan kishida kam qonlik avj oladi, ko’ngil aynish, qusish,
ishtaxa yo’qolishi va boshqalar bo’ladi. Ba’zan askaridalar ichakdan o’t pufagiga o’tib, uni
bekitib qo’yadi. Ichakdan oshqozon, qizilo’ngach, xatto nafas yo’llariga o’tishi mumkin.
Bundan tashqari askarida o’zidan zaharli moddalar chiqarib odam organizmini zaharlaydi.
Bundan ming yil muqaddam vizantiyalik shifokor Eginskiy askaridoz bilan kasallangan
bemorlarning xolatini quyidagicha tasvirlagan: "Ichagida askaridalar bor odamlar ichak va
oshqozonida og’riq sezadi, quruq yo’tal, ba’zan xiqichoq tutadi. Uyqusida yuragi qattiq
urish, cho’chib tushish va baqirib yuborish xolati kuzatiladi, keyin bemor yana uyquga
ketadi. Bolalar sababsiz kavshanib tilini chiqaradi, tishini g’ichirlatadi, ko’zini yumib jim
o’tiradi, ularning tinchligi buzilsa juda xafa bo’lishadi. Ba’zan askaridalar oshqozonga
tushib qolsa, ko’ngilni aynitadi, zirqiragan og’riq va ovqatdan jirkanish paydo qiladi.
Askaridoz bilan og’rigan bemorlarni ovqat eyishga majbur qilinsa, ular ovqatni zo’rg’a
yutadi, ko’pincha qaytarib tashlaydi".
17
O’zbekistonda tog’ va tog’oldi mintaqalarda yashovchi axoli o’rtasida askaridoz bilan
kasallanish tez-tez uchrab turadi. Axolining askaridoz bilan og’rishi 1-90 foiz orasida
o’zgarib turadi. Masalan, A.Mansurovning ma’lumotlariga qaraganda, 1968 yilda
Toshkent viloyatining Bo’stonliq tumanida yashovchi axoli o’rtasida bolalar 57,2 foiz va
kattalar - 33,9 foizga askaridoz bilan og’rigan.
Askaridalar ayniqsa bolalarda ko’p uchraydi. Odam askaridasining zahari ayniqsa,
bolalar organizmiga yomon ta’sir qiladi. Kasallangan bolaning boshi og’riydi, boshi
aylanadi, kechalari bezovta bo’ladi, tipirchilab, tishini g’ichirlatadi. Og’riq vaqti-vaqti
bilan bo’lganligi uchun shifokor ko’pincha appendisit deb ham gumon qiladi. Odatda,
odam ichagida bir nechta, ba’zan o’nlab, yuzlab askaridalar parazitlik qiladi. Bitta
odamdan 900 ta va yana bittasidan 5126 ta askarida topilgani fanga ma’lum. Bunday xolda
askaridalar ichak devorini yaralaydi, ichaklarda tiqilib qolib ovqatni o’tkazmaydi. Ba’zan
esa jigar va miyani ishdan chiqarib, kishini o’limga olib kelgan xollar ham kuzatilgan.
Askaridoz bilan og’rigan odamlarni piperazin, adipinat, dekaris (levamizol), naftamon
(alkopar, befenium), vermoks kabi dori-darmonlar bilan davolanadi. Davolashni albatta
shifokor nazorati ostida olib borish lozim.
Askaridadan saqlanish uchun avvalo unga yo’liqqan bemorlarning hammasini yaxshilab
davolash kerak. Har bir xonadonda, jamoat joylarida vodoprovod bilan jixozlangan yopiq
tipdagi xojatxona bo’lishi kerak. YUqumsizlantirilmagan odam ekskrementlarini bog’ va
ekinzorlarga o’g’it sifatida foydalanmaslik lozim. Xom sabzavot, xo’l meva va poliz
maxsulotlarini iste’mol qilish oldidan vodoprovod yoki qaynatilgan yoxud oqar suv bilan
yuvish kerak. Oziq-ovqat maxsulotlarini va idish tovoqlarni pashshalardan saqlash
maqsadida ularni yopiq joyda tutish, pashshalarga qarshi kurash choralarini qo’llash va
albatta shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish zarur. Askaridalarning ayrim turlari chorva
mollarida va parrandalarda ham parazitlik qiladi. Masalan, cho’chqalarda cho’chqa
askaridasi (Ascaris suum), tovuqlarda tovuq askaridasi (Ascaridia galli), otlarda ot
askaridasi (Parascaris equorum), qo’ylarda qo’y askaridasi (Ascaris ovis), qoramollarda
qoramol neoaskaridasi (Neoascaris vitulorum) parazitlik qiladi.
Dostları ilə paylaş: |