Xozirgi vaqtda 100ga yaqin turi fanga ma’ ium.Dengiz xayvonlari. Uzunligi 0.18-
Og’ iz aylangichlarning juda ko’ pchlik turlari chuchuk suvlarda yashaydi .1500dan
10
To’garak chuvalchanglarning boshqacha nomini birlamchi tana bo’shliqli chuvalchanglar
deb ham aytiladi. Xaqiqatdan ham tana bo’shlig’i (sxizosel) bo’lib, unda ichki organlar
joylashgan. Tana bo’shlig’i suyuqlik bilan to’lgan bo’ladi. To’garak chuvalchanglar, ya’ni
birlamchi tana bo’shliqli chuvalchanglar yassi chuvalchanglarga nisbatan ancha yuqori
darajada tuzilishga ega. Ularning tanasi segmentlarga bo’linmagan, ipsimon uzunchoq,
dukka o’xshagan, ko’ndalang kesigi to’garak, doira shaklida. SHuning uchun ham tipning
nomini to’garak chuvalchanglar deb ataladi. To’garak chuvalchanglarning yassi
chuvalchanglardan farqi yana shundaki, ular ayrim jinsli va jinsiy dimorfizm yaxshi
ifodalangan. Ularning rivojlanishi bitta xo’jayinda, ikkita ba’zan esa uchta xo’jayinda
ketadi. To’garak chuvalchanglarda otalanish ichki.
To’garak chuvalchanglar yoki nematgelmintlar tipi vakillari er yuzida nihoyatda keng
tarqalgan bo’lib, ular dengiz va okeanlarda, chuchuk suv xavzalarida, tuproq biosenozida
erkin xolda hayot kechiradi. Ko’pchilik turlari esa odam, umurtqasiz va umurtqali
hayvonlar hamda o’simliklar tanasida parazitlik qiladi. To’garak chuvalchanglarning 12,5
mingdan ortiq turi fanga ma’lum, ulardan 2000 ga yaqin turi MDX mamlakatlarida
uchraydi. To’garak chuvalchanglarning tana uzunligi ham har xil, ya’ni 1 mm ga
etmaydigan turlari bilan bir qatorda 2-8 metrgacha boradigan turlari ham mavjud.
Masalan, kashalotlarning yo’ldoshida (plasentasida) parazitlik qiladigan (Placentonema
gigantissima) turining uzunligi 8,4 metrgacha boradi.
Dostları ilə paylaş: