18
Rishta (Dracunculus medinensis)
yoki drakunkul ipsimon ko’rinishdagi nematoda
bo’lib, O’rta Osiyo respublikalarida rishta(ip) deb ataladi. Mutafakkir olim Abu Ali ibn
Sino rishtani irk-almedini deb atagan va bu parazit keltirib chiqaradigan kasallikni birinchi
marta o’rgangan allomadir. Rishta ayrim jinsli bo’lib, jinsiy dimorfizm yaqqol ko’rinadi.
Urg’ochisining uzunligi 32 smdan 150 smgacha boradi, erkagi esa 12-30 mm atrofida
bo’ladi.
Rishta biogel’mint bo’lib, rivojlanish siklida 2 ta xo’jayin qatnashadi. Rishtaning asosiy
xo’jayini odam, ayrim xollarda esa maymun, it, mushuk, tulki, chiyabo’ri, qoplon va
boshqa sutemizuvchilar bo’lib, jinsiy voyaga etgan parazit ularning terisi ostidagi
biriktiruvchi to’qimasida va ko’pincha oyoq terisi ostida parazitlik qilib yashaydi. Oraliq
xo’jayini esa, suvda yashovchi qisqichbaqasimonlardan - sikloplardir. Rishtaning erkagi
urg’ochisini otalantirgach xalok bo’ladi. Rishtaning urg’ochisi urug’langandan so’ng,
lichinkalar tug’ish uchun odamning qo’l-oyoqlari terisi ostiga ko’chadi va ma’lum vaqtdan
keyin terida shishlar (pufakchalar) paydo bo’ladi. Bunday shishlar suvga tekkanda (qo’l-
oyoqlarni yuvganda yoki cho’milganda) yoriladi va undan parazitning lichinkalari suvga
tushadi.
Suvda rishta lichinkalarini sikloplar oziq sifatida yutib yuboradi va siklop tanasida
lichinka rivojlanib 12-14 kundan keyin yuqumli (invazion) xolatga aylanadi. Odam va
boshqa asosiy xo’jayinlar suv orqali zararlangan sikloplarni yutib yuboradi va rishtani
o’zlariga yuqtiradi. Asosiy xo’jayini ichagida sikloplar xazm sekretlari ta’sirida xazm
bo’ladi va undan chiqqan lichinkalar ichak devori orqali qon aylanish sistemasiga o’tadi va
organizm bo’ylab migrasiya qiladi. Migrasiya davri tugallangach, rishtaning lichinkasi
bemorning teri osti yog’ qavatiga joylashib oladi va bir yildan keyin jinsiy voyaga etadi.
SHundan so’ng urg’ochi rishtalar yana teri ostiga ko’chib, yuqorida bayon etilgan hayot
siklini takrorlaydi.
Dunyo bo’yicha sikloplarning 15 dan ortiq turlari rishtaning oraliq xo’jayini xisoblanadi.
MDXda esa 5 tur sikloplar rishtaning oraliq xo’jayini ekanligi aniqlangan. Rishta keltirib
chiqaradigan kasallik drakunkulyoz deb ataladi. Agarda rishta kasallangan odam terisi
ostida o’lsa, odam organizmiga parazitning zaharli moddalari so’riladi va natijada odam
badanida har xil toshmalar (eshak emi) paydo bo’ladi, badan qichishadi, bosh aylanadi,
19
nafas olish qiyinlashadi, organizm oriqlaydi. Ba’zan esa bo’g’inlarning yallig’lanishi,
ko’ngil aynishi va qusish xollari ham ro’y beradi.
Umuman, rishtaning atrof-muhitga keng tarqalishida asosiy manba bo’lib, kasallangan
odam xisoblanadi. Bu kasallik asosan issiq iqlimli mamlakatlarda, ya’ni Afrikada, Lotin
Amerikasi mamlakatlarida va Janubiy Osiyo davlatlarida keng tarqalgan. Xozirgi vaqtda
rishta bilan er yuzida 45 mln. ga yaqin odam kasallangan. MDXda, O’rta Osiyoda, ayniqsa
Buxoroda 1930 yillargacha rishta odamlarda tez-tez uchrab turgan. Birinchi marta rishtani
1872 yili A.P.Fedchenko topgan bo’lsa, A.M.Isaev esa Buxoroda rishtani rivojlanish
siklini to’liq o’rganib, uni yo’qotish chora-tadbirlarini ishlab chiqqan.
Avvalgi davrlarda rishtadan qutilishning birdan-bir chorasi nematodani cho’pga o’rab
asta-sekin teri ostidan tortib chiqarib olish bo’lgan. Xozirgi kunda ham bu usul o’zining
qimmatini yo’qotgani yo’q. Bundan tashqari kimyoviy dorilar bilan ham davolanadi.
Bunday kimyoviy preparatlar qatoriga ambil’gar, tiabendazol, metronidazol va boshqalar
kiradi.
1932 yilda sobiq ittifoqda rishta odamlarda batamom tugatilgan. Bunda rishta
tugatilishining asosiy sabablari uning manbai bo’lgan xovuzlarni quritish yoki
dezinfeksiyalash, vodoprovodlar qurish, xovuzlardan xom suv ichmaslik, oyoq -qo’llarni
suv ichadigan xavzalarda yuvmaslik hamda rishta bilan kasallangan odamlarni aniqlab,
ularni davolashdan iborat bo’lgan. Xozirgi kunda rishta bilan zararlanish yovvoyi
hayvonlar o’rtasida uchrab turadi.
Dostları ilə paylaş: