Ko’pchilik nematodalarning hayot siklida nasl gallanishi kuzatilmaydi. Umuman,
nematodalar ikki xil usulda rivojlanadi:
1.
Rivojlanish davrida oraliq xo’jayin ishtirok etadi (filiariatlar). Bunday
rivojlanish bilan boradigan nematodalarni bionematodalar deyiladi (masalan, rishta,
gongilonema, telyaziya, protostrongilidlar va bosh.).
2.
Rivojlanish siklida oraliq xo’jayin qatnashmaydi (masalan, askaridalar, bolalar
gijjasi(ostrisalar), qilboshli nematodalar, trixostrongilidlar). Bunday rivojlanish bilan
boradigan nematodalarni geonematodalar deb aytiladi.
Xozirgi vaqtda parazit nematodalar K.M.Rijikov, M.D.Sonin (1981 y) sistematikasiga
ko’ra 2 ta kenja sinfga va 19 ta turkumga bo’lib o’rganiladi. Nematodalar keltirib
chiqaradigan kasalliklar nematodozlar deb aytiladi va ular chorvachilikka katta iqtisodiy
zarar etkazishi bilan birga, inson salomatligi uchun ham eng xavfli xisoblanadi. Parazit
nematodalarni har tomonlama chuqur o’rganishda rus olimlaridan K.I.Skryabin,
N.P.SHixobalova, R.S.SHul’s, V.M.Ivashkin, A.A.Mozgovoy, M.D.Sonin, K.M.Rijikov,
A.A.Paramonov, o’zbek olimlaridan A.T.To’laganov, M.A.Sultonov, E.Ergashev,
J.A.Azimov, Z.N.Norboev, A.O.Oripov, T.K.qobilov, O.M.Mavlonovlarning xizmatlari
nihoyatda kattadir. Xozirgi vaqtda MDX mamlakatlarida olimlar tomonidan parazit
15
nematodalar bo’yicha 28 jildlik "Nematologiya asoslari" kapital asarlar to’plami
yaratilgan. Bu kitoblarga dunyo miqyosida nematodalarga oid ma’lumotlar kiritilgan.
quyida odam, hayvon va o’simliklarda parazitlik qiladigan eng muhim nematodalar
to’g’risida ma’lumotlar keltiriladi.
Dostları ilə paylaş: |