ingichka bo’ladi, orqa tomonga asta-sekin kengayib yo’g’onlashib boradi. qilbosh
nematodalar asosan, odamning yo’g’on ichagida parazitlik qiladi. Ular ayrim jinsli,
erkagining uzunligi 30-40 mm bo’lib, orqa uchi spiral kabi buralgan bo’ladi.
Urg’ochisining uzunligi 30-50 mm keladi. qilbosh nematodaning oldingi uchida og’iz
bo’shlig’i va qizilo’ngach joylashgan. Tananing kengaygan orqa qismida esa o’rta va orqa
qilbosh nematodalar bosh qismini o’z xo’jayini ichak devorining shilimshiq qavatiga
sanchgan xolda qon bilan oziqlanib yashaydi. Nematodaning urug’langan tuxumlari
20
xo’jayini axlati orqali tashqariga chiqadi. Tuxum etarli namlik va harorat bo’lgan taqdirda
yaxshi rivojlanadi. Bitta urg’ochi qilbosh nematoda bir kecha-kunduzda 1000 tadan 3500
tagacha tuxum qo’yadi. qulay sharoitda tuxum 20-30 kunda yuqumli xolatga keladi.
Odam ko’pincha yuvilmagan sabzavot-mevalarni iste’mol qilganida qilbosh
nematodaning invazion tuxumlarini yutib yuborish bilan zararlanadi va nematoda
taxminan bir oydan keyin voyaga etadi. qilbosh nematodalar odam organizmida 5 yilgacha
yashashi mumkin.
qilbosh nematodalar trixosefalyoz kasalligini keltirib chiqaradi. Bu kasallik er sharining
hamma qismida, ayniqsa, issiq iqlimli mamlakatlarda ko’p uchraydi. qilbosh nematoda
asosiy xo’jayini xazm organlarini yallig’laydi va bir qator mikroorganizmlarning
tushishiga yo’l ochadi. Nerv sistemasiga ta’sir qiladi. Trixosefalyoz bilan kasallangan
odamlarni vermoks (mebendazol), difezil, naftamon, osarsol va timak kabi dorilar bilan
davolanadi.
Chorva mollarda ham qilbosh nematodalarning bir necha turlari parazitlik qiladi.
Masalan, cho’chqalarda cho’chqa qilbosh nematodasi (Trichocephalus suis), qo’y, echki
va qoramollarda Trichocephalus ovis, Trichocephalus skrjabini kabi turlari parazitlik
qiladi. Trixosefalyoz bilan kasallanmaslik uchun tozalikka rioya qilish, meva va
sabzavotlarni yuvib iste’mol qilish, axlatlarni dalaga ishlatishdan oldin zararsizlantirish,
xojatxonaga so’ndirilmagan oxak sepish kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim.
Dostları ilə paylaş: