odamlarning 12 barmoqli ichagida parazitlik qilib yashaydi. Parazitning bosh qismi
o’tkir plastinka yoki juda kichik ilmoqchalarga o’xshash "tish"lari bo’lib, ular yordamida
parazit o’z xo’jayini ichagi shilliq pardasiga yopishib qon so’rib oziqlanadi. qon so’rgani
uchun ham parazitning rangi qizg’ish bo’ladi. Ular ayrim jinslidir. Urg’ochisining tana
uzunligi 10-18mm, erkaklariniki esa 8-10 mm atrofida bo’ladi. Erkagining orqa uchida
bursa va spikula joylashgan. qiyshiqbosh nematoda geogel’mintdir. Urug’lanishi xo’jayini
ichagida o’tadi. Urg’ochisi bir kecha-kunduzda 10 mingga yaqin urug’langan tuxum
21
lichinka chiqadi. Bir xafta davomida lichinka ikki marta tullab yuqumli (invazion) davrga
o’tadi. Bunday lichinkalar qish faslida tuproq harorati pasayganda, bir metr pastga tushadi.
Harorat ko’tarilishi bilan yana tuproq yuzasiga chiqadi va tuproqda 18 oygacha o’z
hayotchanligini saqlab qoladi.
Odamlarning egribosh nematoda bilan zararlanishi asosan teri orqali ro’y beradi. Bunda
odam go’ng va har xil axlatlar tashlangan dalalarda hamda polizlarda oyoq yalang
yurganida parazit lichinkasi teri orqali tanaga kiradi. Bunda lichinkalar kirgan joylarda har
xil toshmalar xosil bo’lib, terini qichitadi, natijada teri usti qizarib shishadi. Odam
organizmiga kirgan lichinkalar terining mayda qon tomrlari orqali vena qon tomiriga
o’tadi va organizm bo’ylab tarqaladi. Bunda lichinkalar qon bilan oyoqdan o’pkaga,
so’ngra xalqumga o’tadi. Bu erda odam lichinkani yutib yuboradi, bunday lichinkalar 12
barmoqli ichakka borib o’rnashadi va tekinxo’rlik qilib jinsiy voyaga etadi. Egribosh
nematodalar ichak devorida yaralar xosil qiladi va xo’jayini qonini so’rib oziqlanadi,
bunday odam ozadi, ichakdan qon oqadi, natijada bemor kam qon bo’lib qoladi. Odamlar
egribosh nematoda lichinkalari bilan og’iz orqali (suv va oziq-ovqat orqali) ham
zararlanishi mumkin.
Qiyshiqbosh nematoda xususan janubda, namgarchilik ko’p bo’lgan joylardagi axoli
o’rtasida, ayniqsa, dexqonchilik bilan shug’ullanadigan odamlarda, shaxtalarda
ishlaydigan odamlar o’rtasida keng tarqalgan.
Umuman, egribosh nematoda tug’diradigan kasallik ankilostomoz deb atalib, rasmiy
ma’lumotlarga qaraganda er yuzida bu kasallik bilan 500 mln.ga yaqin odam kasallangan.
Bu kasallik MDX mamlakatlarida Kavkaz ortida, qozog’iston va O’rta Osiyo
respublikalarida yashovchi axoli o’rtasida ham uchraydi. O’zbekistonda esa Toshkent,
Sirdaryo, Andijon, Farg’ona, Buxoro viloyatlarida uchraydi. Egribosh nematodalar odam
ichagida 2 yildan 5-8 yilgacha yashashi mumkin. Bu kasallikning oldini olish uchun
avvalo, egribosh nematodalar uchraydigan joylarda oyoq yalang yurmaslik, erda va o’t
ustida yotmaslik, nematoda lichinkalarini ichadigan suvga va ovqatga tushishiga yo’l
qo’ymaslik, ankilostomoz tarqalgan tumanlarda axoli o’rtasida muntazam ravishda
degel’mintizasiya o’tkazish, odam axlatining tashqi muhitda tarqalishiga yo’l qo’ymaslik,
iste’mol qiladigan sabzavot va ko’katlarni qaynoq suvda yuvish, xovuzdagi suvlarni
22
qaynatib ichish kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim. Ankilostomoz bilan og’rigan
odamlarni kombantrin, vermoks, naftamon, tetraxloretilin kabi dorilar bilan davolanadi.
Dostları ilə paylaş: