Diktiokaulyuslar (Dictyocaulus)
qo’y, echki, qoramol, tuya va yovvoyi kavsh qaytaruvchi hayvonlarning o’pkasi,
bronxlari va traxeyasida parazitlik qiladi. Har bir hayvonning o’ziga muvofiqlashgan
diktiokaulyus turi bor. Masalan, qo’y va echkilarda Dictyocaulus filaria, qoramollarda -
Dictyocaulus viviparus, ot va eshaklarda Dictyocaulus arnfieldi, bug’ularda Dictyocaulus
eckerti, tuyalarda Dictyocaulus cameli kabi turlari parazitlik qiladi. SHularning orasida
o’zbekistonda qo’y va echkilarda parazitlik qiladigan Dictyocaulus filaria turi
chorvachilikka katta zarar etkazadi. Bu parazit ipsimon ko’rinishdagi ingichka
nematodadir. Urg’ochisining uzunligi 5-15 sm, erkaginiki esa 3-8 sm keladi. Erkagining
dum qismida qovurg’ali bursasi va sarg’ish rangli ikkita spikulasi bor. Urg’ochisining
vul’va teshigi gavdasining o’rtasida yoki boshiga yaqin qismida joylashgan bo’lib,
tashqariga ochiladi. Diktiokaulyus geogel’mint. Bu parazit bilan ko’proq qo’y va echkilar
zararlanadi. Parazit qo’y va echkilarning bronxlarida yashab, urg’ochilari erkaklari bilan
juftlashib, traxeya va bronxlar bo’shlig’iga tuxum qo’yadi. Bu tuxumlar ichida lichinka
bo’ladi. Hayvon yo’talgan vaqtida parazit tuxumlari bronxial shilliq bilan og’iz
bo’shlig’iga keladi va hayvon bu tuxumlarni qaytadan yutib yuboradi. Ovqat xazm qilish
organlaridan o’ta turib, ichak bo’shlig’ida parazit tuxumlaridan lichinkalar chiqadi va
hayvon tezagi bilan tashqariga chiqadi. Tashqi muhitda qulay sharoitda lichinkalar ikki
marta po’st tashlab, 6-7 kun ichida yuqumli xolatga aylanadi.
Agar tashqi muhitda harorat past bo’lsa, lichinkalarning rivojlanish muddati uzayadi.
Invazion lichinkalar tashqi muhit sharoitlariga ancha chidamli, ular qurg’oqchilikda 30
kungacha, muzlatilganda esa 15 kun davomida tiriklik qobiliyatini saqlab qoladi.
Namlikda lichinkalarning faolligi yanada ortadi. yomg’irdan keyin lichinkalar o’tlar
bo’ylab tik harakat qiladi, natijada mollarning diktiokaulyuslar bilan zararlanishi ortadi.
qo’y va echkilar parazitning invazion lichinkalarini o’zlariga ko’katlar, em-xashaklar va
suv orqali yuqtiradi. Hayvon organizmiga tushgan lichinkalar ingichka ichak shilliq qavati
devorini teshib, limfa tugunlariga o’tib rivojlanadi va oxirgi marta po’st tashlab, limfa
23
tomirlari orqali qon tomirlariga va qon oqimi bilan o’pkaga keladi. Lichinkalar o’pka qon
tomirlari va parenximasini teshib bronxlarga o’tadi, bu erda rivojlanishni davom ettirib, 1-
2 oydan keyin jinsiy voyaga etadi. qo’y va echkilar organizmda 5-6 oydan 1,5-2 yilgacha
parazitlik qiladi.
Diktiokaulyuslar keltirib chiqaradigan kasallik diktiokaulyoz deyiladi. Bu kasallikning
tarqalishiga yil fasllari, hayvonlarning yoshi va tabiiy iqlim sharoit muhim rol o’ynaydi.
o’zbekistonda qo’y va echkilar diktiokaulyus lichinkasi bilan sug’oriladigan xududlarda
asosan kuz va baxor oylarida, dasht va yaylovlarda kuz oylarida, tog’ va tog’oldi
xududlarida esa baxor va kuz oylarida hamda qish oylarining boshlarida zararlanadi.
Kasallangan qo’y va echkilarda kasallik yuqqandan 15-20 kundan keyin yo’tal paydo
bo’ladi. Keyinchalik bu hayvonlar o’sishdan orqada qoladi, oriqlab ketadi, junlari
siyraklashadi. Burun teshigidan suyuqlik oqadi. Darmonsizlanib joyidan tura olmaydigan
bo’lib qoladi. Agar davolanmasa kasallangan hayvonlarning 10-70 foizi nobud bo’ladi.
Kasallangan mollarni davolash uchun ularni muntazam ravishda degel’mintizasiya qilib
turish lozim. Kasallikni yuqtirmaslik uchun esa mol boqiladigan yaylovlarni tez-tez
almashtirib turish, qo’ton va molxonalarni sanitariya-gigiena tomonidan toza tutish lozim.
Dostları ilə paylaş: |