O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti tabiiy fanlar fakultet



Yüklə 445,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/25
tarix02.01.2022
ölçüsü445,45 Kb.
#40442
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
osimliklarda parazitlik qiluvchi yumaloq chuvalchanglar

 

ONXOSERKOZ (Onchocerca) 


 

26 


qo’zg’atuvchilaridan  -  Onchocerca  volvulus  va  Onchocerca  coecutiens  odamlarda, 

Onchocerca  lienalis  va  Onchocerca  gutturoza  qoramollarda,  Onchocerca  cervicalis  esa 

otlarda parazitlik  qiladi.   

Onxoserkalar  oqish  rangli  nematodalar  bo’lib,  tanasi  ipsimon,  ikki  tomonga 

ingichkalashib  ketgan.  Uzunligi  2  sm  dan  11  sm  gacha  boradi.  Ularning  rivojlanishi  ikkita 

xo’jayinda  ketadi.  Asosiy  xo’jayinlari  odam,  qoramol,  ot  va  eshaklar  xisoblansa,  oraliq 

xo’jayinlari  qon so’ruvchi chivinlar  xisoblanadi. 

Onxoserkalar  asosiy  xo’jayinlarining  organizmida  teri  ostida,  paylar,  taloq  pardasi  ostida 

va  boshqa  organlarda  parazitlik  qiladi.  Parazitlar  atrofida  biriktiruvchi  to’qimali  yo’llar 

xosil  bo’ladi. Odamlarda bu yo’llar tanasining turli qismlarida, ko’pincha bo’g’imlar, qo’l-

oyoq  va  boshida  to’planadi.  Lichinkalar  -  mikrofilyariyalar  teri  qatlamida  yashab,  terining 

ichida  yara  bo’lishi  va  pigment  ajralishini  buzadi.  Ba’zan  parazit  lichinkalari  ko’zni 

ojizlantirib,  xatto ko’r bo’lishiga olib keladi. 

Odam  va  hayvonlarda  uchrovchi  onxoserkoz  kasalligini  yuqtiruvchilar  mayda  chivinlar 

bo’lib,  parazit  lichinkalarini  qon  so’rganda  kasallangan  hayvonlardan  sog’lom  mollarga 

yuqtiradi.  Odamlarda ham xuddi shu tarzda ketadi. 

Odamlarda  onxoserkoz  kasalligi  asosan,  Afrika  mamlakatlarida  va  Amerikada  tarqalgan. 

Odamlarda  uchrovchi  onxoserkalarning  oraliq  xo’jayinlari  Simulium  avlodiga  kiruvchi 

chivinlar  xisoblanadi. 

Hayvonlarda  onxoserkozlar  er  yuzida  jumladan,  o’zbekistonda  ham  keng  tarqalgan. 

Ulardan  ayniqsa,  otlar  va  qoramollar  ko’proq  azob chekadi. Onxoserkalar xalq xo’jaligiga 

juda  katta  zarar  keltiradi.  Onxoserkalar  o’zbekistonda  qoramol  terilarini  zararlashi  tufayli, 

teri  sifatini  pasaytirib  yuboradi  va  natijada  teri  zavodlari  har  yili  bir  necha  yuz  minglab 

so’mdan  maxrum  bo’ladi.  Bundan  tashqari  kasallangan  hayvonlarning  boshqa 

maxsuldorligi  ham keskin  kamayib  ketadi. 

Onxoserkozdan  odam  va  hayvonlar  kasallanishining  oldini  olish  choralaridan  eng 

asosiysi  parazit  tashuvchilarini  quritishdir.  Buning  uchun  esa  chivinlar  ko’payadigan 

joylarga  insektisidlardan  foydalanish  kerak.  Kasallangan  odamlarni  esa  dietilkarbamazin, 

ditrazin,  suramin  kabi dorilar bilan  davolanadi. 


Yüklə 445,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin