O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti tabiiy fanlar fakultet


  Protostrongilidlar (Protostrongylida



Yüklə 445,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/25
tarix02.01.2022
ölçüsü445,45 Kb.
#40442
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
osimliklarda parazitlik qiluvchi yumaloq chuvalchanglar

 


 

27 


Protostrongilidlar (Protostrongylidae) 

oilasiga  kiruvchi  Protostrongylus, Spiculocaulus, Muellerius, Cystocaulus, Neostrongylus 

va  Varestrongylus  avlodlarining  vakillari  asosan  qo’y  va  echkilarda  hamda  ularning 

yovvoyi  turlarining  yirik  va  mayda  bronxlarida  hamda  al’vaolalarida  parazitlik  qiladigan 

nematodalardir.  Protostrongilidlar  ingichka  va  uzun  jigar  rangli  nematodalar  bo’lib, 

erkagining  uzunligi  10,3-30,0  mm,  urg’ochilariniki  esa  28-60  mm  atrofida  bo’ladi. 

o’zbekistonda  qo’y,  echki,  arxar,  muflon  va  yovvoyi  tog’  echkilarida  15  turga  kiruvchi 

protostrongilidlar  parazitlik  qiladi.  Protostrongilidlarning  hamma  qo’zg’atuvchilari  oraliq 

xo’jayinlar  orqali  rivojlanadi.  Ularning  oraliq  xo’jayinlari  bo’lib  quruqlikda  yashovchi  28 

turga kiruvchi  mollyuskalar  xisoblanadi. 

O’zbekistonda  protostrongilidlarning  oraliq  xo’jayinlari  sifatida  quruqlikda  yashaydigan 

mollyuskalardan  -  Xeropicta  candaharica,  Subzebrinus  albiplicatus,  Sub.sogdianus  va 

boshqa turlari aniqlangan.   

Protostrongilidlarning  urg’ochisi  asosiy  xo’jayini  bronxlariga  tuxum  qo’yadi.  Bu  erda 

tuxumlardan  ko’p  o’tmay  lichinkalar  chiqadi,  bu  lichinkalar  hayvon  yo’talganida  og’iz 

bo’shlig’iga  keladi.  Bunday  lichinkalarni  hayvon  yutib  yuboradi.  Oshqozonga  tushgan 

lichinkalar  axlat  orqali  tashqariga  chiqadi  va  ular  oraliq  xo’jayinlari  -  quruqlikda 

yashovchi mollyuskalarning  oyoqlariga kirib  olib rivojlanishini  davom ettiradi.   

Mollyuskalar  oyog’ida  lichinkalar  o’sadi  va  ikki  marta  tullab  4-5  xaftadan  keyin 

invazion,  ya’ni  yuqumli  xolatga  aylanadi.  Asosiy  xo’jayinlari,  ya’ni  qo’y  va  echkilar 

yuqumli  xoldagi  lichinkalarni  em-xashak  bilan  yoki  tanasida  protostrongilidlarning 

yuqumli  xoldagi  lichinkalari  bo’lgan  mollyuskalarni  o’t  bilan  birga  yutib  yuborganda 

protostrongilidlar  bilan  zararlanadi.  U  yoki  bu  yo’l  bilan  asosiy  xo’jayini  oshqozoniga 

tushgan  lichinkalar  ichak  devorlariga  o’tib  qon  orqali  o’pkaga  boradi  va  32-47  kundan 

keyin  jinsiy  voyaga etib yana tuxum qo’ya boshlaydi.  

O’zbekistonda  qo’y  va  echkilar  protostrongilidlar  bilan  asosan  tog’  va  tog’oldi 

mintaqalarda    ko’proq  zararlanadi.  Protostrongilidlar  o’pkada  parazitlik  qilib  bronxit  va 

o’pka  shamollashi  kasalliklarini  keltirib  chiqaradi.  o’pkada  parazitlar  ko’payib  ketsa, 

ba’zan  kasallangan  qo’y  va  echkilar  o’ladi.  Protostrongilidoz  bilan  kasallangan  qo’y  va 



 

28 


echkilar  ditrazin  va  emetin  dorilari  bilan  davolanadi.  Hayvonlarning  protostrongilidlar 

lichinkalari  bilan  zararlanmasliklari  uchun yaylovlarni  har 25 kunda almashtirish  lozim. 




Yüklə 445,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin