Metastrongilidlar (Metastrongylidae)
oilasiga kiruvchi Metastrongylus avlodining vakillari asosan cho’chqalarning o’pkasida
parazitlik qiladi. Cho’chqa va to’ng’izlarda metastrongilus avlodining Metastrongylus
elongatus, M. pudendotectus va M. salmi kabi turlari parazitlik qiladi. Metastrongiluslar
cho’chqa va to’ng’izlarning bronxlarida, ko’proq o’pkaning orqa va yuqori qismida
uchraydi. o’zbekiston sharoitida metastrongiluslar bilan asosan yovvoyi cho’chqalar, ya’ni
to’ng’izlar kasallanadi. Metastrongiluslar ingichka ipsimon shakldagi nematodalar bo’lib,
erkaklarining uzunligi 14-16 mm va urg’ochilarining uzunligi esa 20-58 mm atrofida
bo’ladi. Metastrongiluslar biogel’mintlar bo’lib, ularning oraliq xo’jayinlari yomg’ir
chuvalchanglari xisoblanadi. Urg’ochi metastrongiluslar cho’chqa bronxlariga tuxum
qo’yadi. Bu tuxumlar hayvon nafas yo’li orqali ular yo’talganda og’iz bo’shlig’iga tushadi.
Cho’chqalar bu tuxumlarni qayta yutib yuboradi va tuxumlar ularning oshqozoniga tushib,
tezagi bilan tashqi muhitga chiqadi.
Tashqi muhitda metastrongiluslar tuxumlaridan qulay sharoitda 2 kundan keyin
lichinkalar chiqadi. Bunday lichinkalar oziq-ovqat orqali yomg’ir chuvalchangining
organizmiga o’tadi. Natijada lichinkalar qizilo’ngachi devoriga yoki uning qon tomirlariga
kirib, bu erda ikki marta tullab 10-20 kundan keyin invazion, ya’ni yuqumli xolatga keladi.
Cho’chqalar
parazit
lichinkalari
yuqqan
yomg’ir
chuvalchanglarini
eganda
metastrongilyoz qo’zg’atuvchilari bilan zararlanadi. Cho’chqa oshqozoniga tushgan
yomg’ir chuvalchanglari xazm bo’lib, ajralib chiqqan metastrongilus lichinkalari ichakda
yana bir marta tullab, 3-chi lichinkalik davriga o’tadi, so’ngra ichak devorini teshib limfa
yo’llariga o’tadi va bu erda 4-chi marta tullaydi. SHundan so’ng bu lichinkalar limfa
yo’llari va qon tomirlari orqali o’pkaga keladi, o’pkadan esa bronxlarga o’tib jinsiy
voyaga etgan metastrongiluslarga aylanadi. Tanasida yuqumli lichinkalari bo’lgan yomg’ir
chuvalchangini cho’chqalar egan vaqtdan boshlab to o’pkada jinsiy voyaga etgan
metastrongilusga aylanguncha 25-35 kun kerak bo’ladi, to’liq tuxumdan tuxumgacha
rivojlanish davri esa 30-55 kunga to’g’ri keladi. Metastrongilyoz bilan ko’proq cho’chqa
29
bolalari kasallanadi. Kasallangan hayvon yo’talib, nafas olishi qiyinlashadi, yaxshi
o’smaydi, oriqlab ketadi, ba’zan o’ladi.
Metastrongilyoz bilan kasallangan hayvonlar terisi ostida ditrazin fosfat eritmasi,
traxeyasiga kaliy yodit eritmasi yuboriladi. Kasallikning oldini olish uchun esa
cho’chqalar gel’mintsizlantiriladi, yomg’ir chuvalchanglarini eyishga yo’l qo’yilmaydi.
Dostları ilə paylaş: |