O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti tabiiy fanlar fakultet


Trixinella (Trichinella spiralis)



Yüklə 445,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/25
tarix02.01.2022
ölçüsü445,45 Kb.
#40442
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
osimliklarda parazitlik qiluvchi yumaloq chuvalchanglar

 

Trixinella (Trichinella spiralis) 

juda  mayda,  ya’ni  urg’ochisining  uzunligi  3-4  mm,  erkaginiki  1,5-2  mm  atrofida  bo’lib, 

asosan,  kalamush,  it,  mushuk,  bo’rsiq,  cho’chqa  va  ba’zan  odamlarda  parazitlik  qiladi. 

Trixinella  rivojlanishining  hamma  davrini  tashqi  muhitga  chiqmasdan,  o’z  xo’jayinining 

ichida  o’tkazadi.  Voyaga  etgan  trixinella  ingichka  ichakda  yashaydi.  Urug’langan 

urg’ochilar  ichak  devoriga  o’tib,  2  oygacha  yashaydi  va  shu  erda  2  mingtagacha  tirik 

lichinkalar  tug’adi. 

Lichinkalar  ko’chib  yuruvchanligi  bilan  diqqatga  sazovordir,  ya’ni  ular  qonga  o’tadi  va 

qondan  ko’ndalang-targ’il  muskul  tolalarining  orasiga  kirib  o’rnashib  oladi.  o’rnashib 

olgan  lichinkalar  spiral  shaklida  buriladi  va  ularning  atrofida  shakli  limonga  o’xshash 

kapsula  xosil  bo’ladi.  Taxminan  5-6  oydan  keyin  kapsula  oxaklanib  qoladi,  ya’ni  kapsula 

devoriga oxak moddalari to’planadi. Har bir kapsulada 1 ta , 2 ta yoki 3 ta lichinka bo’lishi 

mumkin.  Umuman,  1  kg  trixinella  bilan  kasallangan  cho’chqa  go’shtida  10-12 



 

24 


mingtagacha  lichinka  bo’lishi  mumkin.  Kapsulaga  o’ralgan  trixinella  lichinkasi  to 

xo’jayini  o’lguniga  qadar tirik  xolda saqlanadi, lekin  rivojlanmaydi. 

Odam  trixinella  lichinkasi  bo’lgan  cho’chqa  go’shtini  yaxshi  qovurmasdan,  yaxshi 

pishirmasdan  iste’mol  qilganda  parazitni  o’ziga  yuqtiradi.  Odamning  ichagida  xazm 

shiralari  ta’sirida  kapsula  erib  ketadi  va  trixinella  lichinkasi  ichak  bo’shlig’iga  chiqadi.  Bu 

lichinkalar  2  kundan  keyin  voyaga  etadi  va  to’rtinchi  kuni  ichakning  hujayralari  orasida 

urchib,  muskullarga  o’tadigan  lichinkalar  tug’adi.  Erkaklari  urg’ochilarini  urug’lantirgach 

o’ladi.  Trixinella  tufayli  vujudga  keladigan  kasallik  trixinellyoz  deyiladi.  Minglarcha 

trixinella  lichinkalari  odam  ichak  devorini  teshib  o’tganda  og’ir  kasallikka  va  xatto 

o’limga  ham  olib  kelishi  mumkin.  Bu  lichinkalar  ichakdan  qonga  o’tganda,  qon  orqali 

muskullar  orasiga  borib  joylashganda  va  kapsulaga  o’ralganda  ham  bemorga  qattiq  azob 

beradi.  Umuman,  trixinella  bilan  kasallangan  odamlarning  harorati  ko’tariladi,  ovqat  xazm 

qilish  sistemasining  ishi  buziladi  va  muskullari  og’riydi,  ko’ngli  ayniydi,  yuzi  va  qovoqlari 

shishadi. Trixinellyoz  kasalligining  yashirin  davr 10-25 kun davom etadi. 

Trixinella  odamlarga  asosan  cho’chqa  go’shti  orqali  yuqadi. Cho’chqalarga esa trixinella 

lichinkasi  sichqon  va  kalamushlarning  o’ligini  eyishlari  orqali  yuqadi.  Sichqon  va 

kalamushlarga  esa  trixinella  lichinkasi  bir-birlarini  eyishlari  yoki  kasal  bo’lib  o’lgan 

cho’chqa go’shtini eyishi natijasida  o’tadi. 

Odamga  trixinella  lichinkasi  yovvoyi  to’ng’iz,  bo’rsiq  va  ayiq  go’shtini  yaxshi 

pishirmasdan eyishi  orqali ham yuqishi mumkin.   

Trixinella  bilan  kasallanmaslik  uchun  avvalo  qushxona  va  bozorlarda  veterinariya 

nazoratidan  o’tmagan  cho’chqa  go’shtini  sotmaslik  va  ovqatga  ishlatmaslik  kerak. 

Iste’mol  qilinadigan  cho’chqa  go’shtini  yaxshilab  qovurish  va  pishirish  kerak. 

Trixinelladan  saqlanish  uchun  cho’chqa  og’ilxonalari  va  atrofi  sementlanishi, 

cho’chqachilik  xo’jaliklari  atrofida  uchraydigan  kalamush,  sichqonlarga  qarshi  kurash 

choralari  olib  borish  va  trixinelladan  o’lgan  hayvonlarni  albatta  kuydirish  kerak. 

Trixinellyoz  bilan  kasallangan  odamlarni  esa  vermoks,  mintezol  kabi  dorilar  bilan 

davolanadi. 




Yüklə 445,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin