KARTOSHKA NEMATODASI (Ditilenchus destructor)
urg’ochisining uzunligi 1,4
mm, erkaginiki esa 1,3 mm atrofida bo’ladi. Ular kartoshka xosil berganga qadar
tuproqdan kartoshka poyasiga o’tadi. Ichida nematodasi bo’lgan kartoshkaning poyasi
sog’lariga nisbatan yo’g’on, barglari kichkina va och rangli bo’ladi. Sog’ kartoshka
tuplariga qaraganda kasallangan kartoshka tuplari 1,5-2 marta kichik bo’ladi. Nematoda
kartoshka xosil bo’la boshlashi oldidan poyadan kartoshka ichiga o’tadi. Poya va
kartoshka ichida parazit juda tez ko’payadi va bir necha marta nasl beradi. So’ngra
kartoshka quriganga qadar tuproqqa chiqib ketadi. Bu nematoda bilan 40-60 foizga qadar
kartoshka zararlanadi. Bir yilda 1-2 marta nasl bradi. ar bir naslning rivojlanish davri 50
kun atrofida bo’ladi. Mingdan ortiq tuxum qo’yadi. Zararlangan o’simlik o’sishdan qoladi
va nobud bo’ladi. Kartoshkaning nematoda bilan zararlanmasligi uchun faqat sog’lom
kartoshka ekish, yuqori darajada agrotexnika chora-tadbirlari ko’rish hamda ekishni to’g’ri
yo’lga qo’yish kerak.
|