XULOSA
Nematodalar sinfi ikkita kenja sinfga bo’linadi:
1.Adenoforalar (Adenophorea) kenja sinfi.
2.Sesernentlar (Secernentea) kenja sinfi.
1. Adenoforalar
(Adenophorea) kenja sinfining vakillari asosan, dengiz, chuchuk suv,
ba’zan tuproqda erkin xolda yashaydi. Ularning sezgi organlari terisi yuzasida joylashgan
qillar, ba’zan papillalar xisoblanadi. Ayrim turlarining ko’zchalari bor. Amfidlari yirik va
boshining ikki yonida joylashgan. Parazit turlarida sezgi organlari reduksiyaga uchragan.
Bo’yin bezlari yirik. Tanasining orqa qismida terminal dum bezlari joylashgan. Dum
bezlari sekreti suvda qotib, nematodaning substratga yopishishi uchun xizmat qiladi.
Ko’pchiligi kislorod etarli sharoitda yashaydi. Bu kenja sinfga parazit nematodalardan
qilbosh nematoda, trixinella, gigant svaynik (Dioctophyma renae) kiradi. Adenoforalar
kenja sinfiga 5 ta turkum va 8000 ta tur kiradi.
Dostları ilə paylaş: |