O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti tabiiy fanlar fakultet



Yüklə 445,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/25
tarix02.01.2022
ölçüsü445,45 Kb.
#40442
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
osimliklarda parazitlik qiluvchi yumaloq chuvalchanglar

 

Singamidlar (Syngamidae) 

Oilasidan  Syngamus  trachea  nematoda  turi  tovuq,  kurka,  g’oz  va  yovvoyi 

parrandalarning  nafas  yo’llarida,  ya’ni  kekirdagida  (traxeyasida)  parazitlik  qiladi  va 

singamoz  kasalligini  keltirib  chiqaradi.  Singamoz  bilan  asosan  jo’jalar  kasallanadi.  Jinsiy 

voyaga  etgan  erkak  va  urg’ochi  singamuslar  hamma  vaqt  bir-biriga  birikkan  xolda 

yashaydi.  Erkaklari  urg’ochilaridan  bir  muncha  kichik,  og’iz  kapsulasi  yarim  sharsimon 

xitinlashgan  bo’lib,  juda  yaxshi  rivojlangan.  Erkaklarining  uzunligi  2-6  mm, 

urg’ochilariniki  esa  5-20  mm  bo’lib,  jinsiy  teshigi  tanasining  oldingi  qismida  joylashgan. 

Urg’ochi  singamuslar  parrandalarning  kekirdagiga  tuxum  qo’yadi,  so’ngra  bu  tuxumlar 

og’iz  bo’shlig’i  orqali  oshqozonga  tushadi.  Parazit  tuxumlari  oshqozonda  xech  qanday 

o’zgarmay  tashqi  muhitga  chiqadi.  Tashqi  muhitda  8-9  kun  ichida  tuxumdagi  lichinka  ikki 

marta  tullab,  o’zining  invazion,  ya’ni  yuqumli  davriga  o’tadi.  Parrandalar  ichida  yuqumli 

lichinkasi  bo’lgan  bunday  tuxumlarni  yutib  yuborsa,  ularning  oshqozonida  tuxumlardan 

lichinkalar  chiqadi  va  ichakdan  qon  tomirlariga  o’tib,  qon  orqali  o’pkaga  boradi.  o’pka 

al’vaolalarda  lichinkalar  yana  ikki  marta  tullab,  so’ngra  bronxlarga  o’tadi.  Bir  qancha 

vaqtdan  keyin  erkak  singamuslar  urg’ochilarini  jinsiy  organlari  to’liq  rivojlanmagan  xolda 

urug’lantiradi.  Parazitlik  qilishning  7-kunida  singamuslar  parrandaning  kekirdagiga  o’tadi 

va  u  erda juda tez o’sib rivojlanadi hamda 3-7 kun davomida jinsiy voyaga etadi. Parranda 

zararlanganidan  17-20  kun  o’tgach,  singamus  tuxumlari  axlat  bilan  tashqariga  chiqa 

boshlaydi  va  bu  jarayon  27-35  kun  davom  etadi.  Singamuslar  tuxum  qo’yib  bo’lgandan 

keyin  yana  5-7  kun  yashaydi  va  asosiy  xo’jayini  tanasida  ularning  yashash  muddati  2  oy 

atrofida  bo’ladi.  Singamuslarning  rivojlanishi  to’g’ridan-to’g’ri  yoki  rezervuar  xo’jayinlar 

orqali  ham  borishi  mumkin.  Singamuslarning  invazion  tuxumlarini  tashqi  muhitda  ayrim 

umurtqasiz  hayvonlar  (yomg’ir  chuvalchanglari,  suv  va  quruqlikda  yashovchi 



 

30 


mollyuskalar,  ko’poyoqlar,  uy  pashshalari)  yutib,  ular  organizmida  lichinkalar  paydo 

bo’ladi  va  uzoq  vaqtgacha  xech  qanday  o’zgarishsiz  yashaydi.  Yuqorida  keltirilgan 

umurtqasiz  hayvonlar,  ayniqsa  yomg’ir  chuvalchanglari  singamuslar  uchun  rezervuar 

xo’jayin  vazifasini  bajaradi.  Demak,  parrandalar  singamuslar  bilan  invazion  tuxumlarini 

yutish  orqali  va  rezervuar  xo’jayinlarini  eyish  orqali  parazitni  o’zlariga  yuqtiradi. 

Singamuslarning  rezervuar  xo’jayinlari  sifatida  yomg’ir  chuvalchanglaridan  -  Lumbricus, 

Allolobophora,  Eisenia  avlodlari  vakillari,  quruqlikda  yashovchi  mollyuskalardan  - 

Agriolimax,  Helix,  Helicella  avlodlari  vakillari  va pashsha lichinkalari  aniqlangan. 

Singamozlar  parrandalarning  kekirdagida  parazitlik  qilib,  ko’payib  ketganda  nafas  olish 

yo’llarini  bekitib,  o’pkaga  xavo  o’tishini  qiyinlashtiradi.  SHuningdek,  keng  va  kuchli 

kapsulasi  yordamida  kekirdak  devorlariga  yopishib,  uni  og’ir  shikastlaydi.  Jo’jalar  kuchli 

zararlanganda  bo’ynini  cho’zadi,  og’zini  katta  ochib,  esnashga  o’xshab  harakat  qiladi. 

Kasallangan  jo’jalar  ozib ketadi va ba’zan xalok bo’ladi.  

Singamoz  bilan  kasallangan  parrandalarni  davolash  uchun  yodning  suvdagi  eritmasini 

o’tmas  uzun  ignali  shpris  yordamida  ularning  og’iz  va  xiqildoqlari  orqali  kekirdagiga 

yuboriladi.  Kasallangan  jo’jalarni  tetramizol  va  mebenvat  kabi  preparatlar  bilan  ham 

davolanadi.  Xonaki  parrandalar  boqiladigan  joylarga  yovvoyi  parrandalar  kelmasligi 

kerak.  


Nematodalar  faqat  odam  va  hayvonlarda  parazitlik  qilmasdan,  balki  bir  qancha  turlari 

o’simliklarda  ham  parazitlik  qiladi.  Xozirgi  vaqtda,  ayniqsa,  ildiz  bo’rtma  nematodasi 

o’simliklarga  katta  zarar  etkazadi.  Ular  bug’doy,  lavlagi,  kartoshka,  piyoz,  bodring, 

pomidor,  sabzi,  qovun,  tarvuz,  g’o’za,  kungaboqar,  loviya, mosh, tut, tok va boshqa 200 

dan  ortiq  sabzavot,  poliz,  texnika  o’simliklari  va  daraxtlarga  zarar  etkazadi.  Sitrus 

nematodasi sitrus o’simliklari  (limon,  apel’sin va bosh.) ildizlarida  parazitlik  qiladi. 




Yüklə 445,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin