1.2. Maktabgacha ta`lim muassasalari va metodik ishlarni tashkil etish
imkoniyatlari
Maktabgacha ta’lim muassasasi uzluksiz ta’lim tizimining birinchi bosqichi,
maktabgacha tarbiya Davlat jamoat tizimining asosiy bugini, jamiyatning eng
muxim ijtimoiy bo’limidir. Maktabgacha tarbiya muassasasi. Maktabgacha
yoshidagi bolalarni tarbiyalash va rivojlantirishda ularni maktabga tayyorlashda
yetakchi rol o’ynaydi.
Maktabgacha tarbiya muassasasi oila va jamiyatning bolalarga gamxo’rlik
qilish va milliy va mintaqa xususiyatlarni xisobga olgan xolda har tomonlama
barkamol qilib tarbiyalash va rivojlantirishga bo’lgan extiyojni qondirish
maqsadida tashkil etiladi.
Maktabgacha tarbiya muassasasi mustaqil ravishda, o’z tashabbusi bilan o’z
faoliyatiga taaluqli, agar ular qonunchilikka pedagog prinsiplarga moyillik qilmasa
har qanday qaror qilishga xaqlidir.
Maktabgacha tarbiya muassasasi tarbiyaviy ta’limiy ishlar sifati bolalar va
ota-onalar xuquqiga jamiyat va Davlat manfaatlariga rioya qilish uchun masuldir.
Maktabgacha tarbiya muassasasi mexnat jamoasi xalqchillik asosida o’z-
o’zini boshqarish prinsipiga muvofiq. Uning jamiyat faoliyati bilan bog’liq birga
masalalarni xal qiladi.{ 1.23. 7.}
Maktabgacha tarbiya muassasalarining asosiy tiplari quyidagilardan iborat:
A) bolalar yaslilari;
V) bolalar yasli bog’chalari;
S) bolalar bog’chalari;
G) maktab bolalar bog’chalari.
Etim bolalar va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar uchun bolalar uyi,
maktabgacha tarbiya bolalar uyi, maktab internatlari va aralash tipdagi bolalar
uylari xuzurida maktabgacha tarbiya guruxlari tashkil qilinadi. Ularni maxalliy
tegishli qonun-qoidalari bilan belgilanadi.
Maktabgacha tarbiya muassasalari iqtisodiy xuquqiy maqomi quyidagi
guruxlarga bulinadi:
1.
Davlat muassasalari xalq deputatlari maxalliy sovetlari, idoralar,
korxonalar muassasalari tashkilotlar qaroriga tashkil etiladi. Tegishli byudjetdan
korxonalar mablagi xisobidan pul bilan ta’minlanadi;
2.
Shirkatchilik muassasalari «shirkatchilik to’g’risida» gi qonunda
ko’zda tutilgan tartibda tashkil qilinadi.
3.
Aksionerlik muassasalari amalda qonunchilikda belgilangan tartibda
aksionerlik korxonalari, tashkilotlari mablaglari xisobiga tashkil qilinadi va
faoliyat ko’rsatadi.
4.
Jamoat muassasalari yotoqxonalar, turar joylardan foydalanish
idoralari madaniy va savdo markazlarida, shuningdek, oila extiyojlaridan kelib
chiqqan xolda boshqa ko’rinishlarda tashkil etiladi.
5.
Oilaviy muassasalar, shirkatchilik xususiy mexnat faoliyat
to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq bir yoki bir nechta oila tomonidan tashkil
qilinadi va faoliyat ko’rsatadi.
6.
Aralash muassasalar. Davlat shirkatchilik korxonalar, muassasalar
tashkilotchilik uyushmalari asosida va oilalarning shartnomalari asosida tashkil
etiladi, faoliyat ko’rsatadi.
7.
Uy masalalari asosiy maktabgacha tarbiya muassasalarning filyallari
sifatida tashkil etiladi.
Shaharda bo’lgani kabi qishloq joylarida ham extiyojga qarab boshqa shu
tizimlardan birlashgan o’quv tarbiya muassasalari va umumiy hamda maxsus
ahamiyati molik (yo’nalishdagi) turli tipdagi guruxlar tashkil qilinadi. Maxsus
ahamiyatga molik yo’nalishdagi maktabgacha tarbiya muassasalari nuqsonlarini
oldini barvaqt olish, bolalardagi ikkilamchi va keyin uchraydigan nuqsonlarga
barham berish maqsadiga tashkil qilinadi. Bu yo’nalishdagi muassasalar umumiy
tarbiyaviy masalalarni xal qilish bilan bolalarni rivojlantirishdagi tegishli
nuqsonlarni bartaraf qilishga va ommaviy yoki maxsus nuqsonlarni va maxsus
maktabda tayorlashga qaratilgant Davlat to’girlash ishlarini amalga oshiradi.
Aqliy va jismoniy rivojlantirishda nuqsonlari bo’lgan bolalar uchun:
- nutqi buzilgan (eshitish qobiliyati saqlangan);
- eshitish qobiliyati buzilgan;
-kurish qobiliyati buzilgan;
-tayanch harakat a’zolari buzilgan;
- Ruxiy rivojlanishda orqada qolayotgan;
-aqliy rivojlanishda orqada qolayotgan;
- sil kasalligiga chalingan;
- tez-tez kasallikka chalinadigan;
- sarik (virusli gippati) bolalari uchun;
- agar extiyoji tugilsa boshqa yo’nalishdagi maktabgacha muassasalari
tashkil qilinishi mumkin.
Turli tipdagi maktabgacha tarbiya muassasalari Uzbekiston Xalq ta’limi
vazirligi hamda sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan instruktiv
derektirv xujjatlarida yuriqnomalar asosida ish yuritilgan. Bular maktabgacha
tarbiya to’g’risidagi konsesqiya va Nizomda belgilab berilgan.
Maktabgacha tarbiya muassasalari loyixa bo’yicha yoki moslashtirilgan
SNIP normalariga yongin xavfsizligi qoidalariga javob beradigan va ob-xavo
sharoitida ekalogik vaziyatni tarkib topgan milliy xisobga oladigan binoda tashkil
etiladi. Maktabgacha tarbiya muassasasining sig’imi 320 urindan oshmasligi kerak.
Umumiy yo’nalishdagi maktabgacha tarbiya muassasalari uchun 140 urinli maxsus
ahamiyatga molik maktabgacha tarbiya muassasasi uchun 90-120 urinni muqobil
xisoblash zarur. Loyixalashga qo’yiladigan talablar: binolar shunday joylashishi
kerakli, bino derazalari ufq tomonda soyabonlar tushishi, ko’kalamzor erlarga suv
bilan o’ynash uchun fontanchali xovuzchalar bo’lishi, chiqarishaklang va o’tish
joylarini qattiq narsa qoplash suv basseyni 0,25 metr chukurlikda, ko’cha
shovqinidan, uzoqda, maktabga yaqin joyda, yongindan qarshi talablarga to’liq
javob beradigan, iqlimiy xususiyatini xisobga olgan xolda loyixalashtiriladi.
Maktabgacha tarbiya muassasasiga amaldagi qoidaga binoan bolalarga
meditsina xizmati ko’rsatish xuquqiga ega. Bolalarga meditsina xizmati ko’rsatish,
maxsus biriktirilgan sog’liqni saqlash bo’limlari yoki idorasi qaram bo’lgan
tegishli muassasasini, meditsina xodimlari tomonidan amlga oshiriladi.
Meditsina xodimlar bog’cha ma’muriyati bilan bir katorda bolalarning
salomatligi jismoniy rivojlanishi davolash, profilaktika tadbirlarini o’tqazish,
sanatoriya gigiyena normalariga rioya qilishi, tarbiyalanuvchilarning rejimi va
ovqatlanish sifati ularning jismoniy va akliy yuklamalarning me’yoriy uchun
mas’uldir.
Meditsina xodimlari faoliyatini nazorat qilish maxalliy sogligini saqlash
bo’limlari zimmasiga yuklatiladi.
Maktabgacha tarbiya muassasasi kimga buysunishidan qat’iy nazar xalq
deputatlari maxalliy soveti ruyxatidan utilida. Maktabgacha tarbiya muassasasi
ruyxatdan utgach unga tartibli soni beriladi va yuridik shaxs xuquqiga ega bo’ladi.
Maktabgacha tarbiya muassasalarini kaytadan tuzish (kushish, olish,
birlashtirish, ajratish, bulinish, kayta tashkil etish) xalq ta’limi bo’limlari korxona,
muassasa, tashkilot tavsiyasiga ko’ra xalq deputatlari, maxalliy sovetlari qarori
asosida amalga oshiriladi. U bog’cha mexnat jamoasi va xalq ta’limi kengashi
bilan kelishilgan bo’lishi lozim. Maktabgacha tarbiya muassasasi turlicha: tipga,
tuzilishga, qarab shtat birliklarini maqsad okladlarini tasdiqlaydi.
Ota-onalar kumitasining asosiy vazifalari, bolalar bog’chasi Ustavida
ko’rsatilishi berilgan.
Maktabgacha tarbiya muassasasi Uzbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi
Vazirligi tomonidan tasdiqlangan kup variyantli ta’miniy dasturlardan birini
tanlash xuquqiga ega. Maktabgacha tarbiya muassasasi tarbiyaviy ta’limning
muassasa bulib, soqial vazifalar bilan bir katorda konsepsiya, Ustav va Dasturga
muvofiq malakaviy tarbiya va ta’lim berishni ta’minlaydi. Maktabgacha tarbiya
muassasasi uz dasturi va metodikasi ishlab chiqish va amaliy faoliyatida qullash
xuquqiga ega. Ularni tasdiqlangan tarbtibi Respublika Xalq Ta’limi Vazirligi
tomonidan belgilanadi. Maktabgacha tarbiya muassasasi tarbiyachisi bolalarni
tarbiyalash va o’qitish bo’yicha qo’llanmalarni va metodikani erkin tanlash
xuquqiga ega. Bolalarni rivojlantirish va maktabgacha tayyorlash tayanch sinov
dasturi bo’yicha talablarni tanishtirish.
Tajriba sinov ishlarini tashkil etish, mustaqil ish olib borishi bo’yicha
ishlarini tashkil etish tushuntirish. Maxsus ahamiyatga molik maktabgacha tarbiya
muassasalarini tashkil qilish va rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarni esa yangi
tipdagi yo’nalishidagi maktabgacha tarbiya muassasalarini tuzish Respublika Xalq
Ta’limini boshqarish va sog’liqni saqlash organlari tomonidan belgilanadi.
Maxsus ahamiyatga molik maktabgacha tarbiya muassasalari ish xususiyati,
ularga qabul qilish qoidalari, bolalarg at’lim berish va ularga tarbiyalashni tashkil
qilish Uzbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi hamda Uzbekiston
Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi tomonidan tasdiqlangan tegishli
yuriqnomalar bilan aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |