O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti qo`lyozma huquqida Jo’rayev Alisher To`lqinboyevich


 Turkiston matbuoti muammolari va echimlari



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/17
tarix17.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#115185
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
415760 (1)

3.2. Turkiston matbuoti muammolari va echimlari 
XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonda birinchi marta bosma kitob nashr 
etila boshladi. Bu g’oyat muhim tarixiy voqea edi. Lekin O`rta Osiyoning 
markaziy shaharlarida bosmaxolalarning tashkil etilishini chor Rossiyasining 
o`lkaga ko`rsatgan marhamati sifatida qabul qilish kerak emas. Birinchidan, 
noshirlik jahon mamlakatlarida keng tarqalib bo`lgan edi. Ikkinchidan, Turkiston 
o`lkasidagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat rus hukumatidan bu erda mustamlakachilikka 
qarshi kurash avj olib ketishini bartaraf etish uchun muayyan jihatdan mahalliy 
ijtimoiy talablarga yon berishni talab qilar, bu borada bosmaxona kabi ijtimoiy 
dunyoqarashga ijobiy ta`sir ko`rsatadigan, lekin mavjud mustamlakachilik siyosatiga 
halal bermaydigan siyosiy vositalardan foydalanishga majbur etardi. Uchinchidan, 
bosmaxonalar Turkiston o`lkasidagi kitobga bo`lgan yuksak talabdan kelib 
chiqib, iqtisodiy foyda olishni ko`zlagan holda tashkil etilgan. Bu o`rinda 
Turkistonga sehrli o`lka sifatida qarash rus burjuaziyasining nafsi ham yaxshigina 
rol’ o`ynagan edi. Bosmaxonalarniig tashkil etilishiga, ayniqsa, oxirgi sabab katta 
turtki berganini bu o`lkadagi noshirlik korxonalarining, asosan rus muhojirlari 
tomonidan tashkil etilib boshqarilgani ham tasdiqlaydi. Lekin bu siyosiy 
jarayonlar O`rta Osiyo xalqlarining savodini chiqarish, madaniy merosiga hissa 


59 
qo`shish, ilm-ma`rifatni oshirish, qo`shni mamlakatlar xalqlari madaniyati bilan 
tanishtirish, jahonda yuz berayotgan o`zgarishlardan voqif qilish yo`lida olib 
borilgan harakatlar sifatida baholanishi xaqiqiy siyosiy maqsadlarni niqoblash 
uchungina edi, xolos. To`g’ri, bundan o`lka xalqlariga hech qanday foyda 
bo`lmadi, dsyish xato bo`ladi. Ammo siyosatga berilgan ta`riflardan birida sadaqa 
berib quldek ishlatish aynan siyosatdagi ifloslik, ya`ni manfaat yo`lida vijdon va 
axloqni ifloslikka bo`ysundirish, deya ta`riflanadi. Ruslarning Turkistonga 
ko`rsatgan yonbosishlari xuddi mana shu ta`rif mohiyatiga muvofiq kelar edi. 
Turkistonda Rus zodagonlarining manfaatlariga, qolaversa, o`sha mafkuraviy 
tuzum siyosatiga xizmat qiluvchi ma`naviy qurol sifatida bosmaxonalar tashkil 
etildi. Bu ayni vaqtda o`zbek madaniyatida kitoblarni bir vaqtning o`zida 
ko`plab nusxada nashr etilishining boshlanishini bildirar edi. 
XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonda xususiy bosmaxonalar paydo 
bo`la boshladi. 1877 yilda S.I.Laxtin tashkil etgan bosmaxona shularning 
dastlabkisidir
1
. Mazkur bosmaxona litografiya jihozlariga ega bo`lib, mahalliy tilda 
kitoblar nashr qilgan. SHuni alohida qayd qilish kerakki, Turkistonda, garchi 
bosmaxona kech tashkil topgan bo`lsada, lekin litografiya yo`li bilan kitob nashr 
qilish ancha rivojlangan edi. Sabab shuki, litografiya texnikasi uncha murakkab 
bo`lmay, bosmaxona uskunalariga nisbatan birmuncha arzon edi. O`rta Osiyoda 
birinchi litografiya Xiva shahrida 1874 yili vujudga keldi. Uning tashkilotchisi 
Otajon Abdalov edi. U eronlik ustozi Ibrohim Sulton rahbarligida Xivada 
toshbosma tashkil etishga muvaffaq bo`ldi. SHu paytdan boshlab u “Og’ajon 
bosmachi” (matbaachi) degan nom oldi. Biroq bu ish uzoqqa cho`zilmadi. 
Xonlikdan moddiy yordam bo`lmagach, uning faoliyati to`xtab qoldi. Keyingi 
davrlarda tashkil etilgan litografiyalar mahalliy burjuaziya vakillaridan iborat 
ayrim shaxslar qo`lida edi. Temir sotuvchi esonboy Husayinboev ham dastlabki 
o`zbek nashriyotchilaridan biridir. Uning litografiyasi Toshkentda 1883 yilla ishga 
1
Зиё Саид. Ўзбек вақтли матбуоти тарихига материаллар. Танланган асарлар. – Т.: Ғафур Ғулом номидаги 
адабиёт ва санъат нашриёти, 1974. – Б. 65. 


60 
tushirildi. Mazkur litografiya uchun asbob-uskunalar Rossiyadan 50 dan ortiq 
tuyada keltirilgan. 1888 yilning oxirida Toshkentda S.A.Portsev tomonidan yana 
bir bosmaxona ishga tushirildi. “Umuman, 1868 yildan 1898 yilga qadar 
Turkistonda matbaa korxonalarining soni 15 ga etdi. Ularda 6 tasi bos-maxona 
bo`lib, 
qolganlari 
ligografiya 
yoki 
tipolitografiyaga 
ega 
bo`lgan 
bosmaxonalardir”
1
. Keyinchalik litografiyalar Toshkent, Buxoro, Samarqand, 
Andijoi va boshqa shaharlarda paydo bo`la boshladi. Litografiya uchun asbob-
uskunalar Rossiya, Xindiston. eron, Misr va boshqa mamlakatlardan keltiriladi. 
Ilk davrlarda matbaa korxonalari texnika jihatidan qoloq, mahsulot ishlab 
chiqarish jihatidan sifatsiz edi. Matbaa sanoati korxonalarida ishlayotgan 
xodimlarning tarkibi ham xarakterlidir: mahalliy millat vakillari 72 kishi bo`lib, 
bo`lardan 16 kishigina malakali xodim edi. Bosmaxona va litografiyada ishlayotgan 
ishchilar orasida birgina ayol bor edi, xolos. Turkiston diyori Ruslar tomonidan 
zabt etilgach, dastlabki davrdayoq kitob bosish uchun moddiy-texnika bazasi 
yaratildi. Rus burjuaziyasining siyosiy maqsadlarda ko`rsatgan tashabbusi tez 
orada mahalliy ziyolilarning uni o`z qullariga olishlariga imkoniyat yaratdi. 
Mahalliy nashriyot vujudga kelishi Turkistonning o`sha davrdagi madaniy 
hayotida g’oyat katta voqea bo`ldi
2
.
Rus hukumati boshqa sohalar kabi noshirlik ishlaridan ham o`lkani 
ma`naviy jihatdan tobe qilish, umum ruslashtirish siyosatini kuchaytirish kabi 
strategik vazifalarni hal etishda foydalanishga intildi. Ammo rus hukumatining 
mafkuraviy va ma`muriy tadbirlariga qaramay, keng xalq ommasi, milliy ziyolilar 
asriy an`analarni asrab qolishga intildilar va o`tmish ma`naviy merosini 
boyitishga kirishdilar. Noshirchilik ishlarida milliy taraqqiyot uchun o`ziga xos 
shafqatsiz kurash avj oldi. Bu esa, o`z navbatida, Turkistondagi milliy ozodlik 
kurashining ajralmas qismi bo`lib qoldi. Matbaachilik sohasida raqobatga chiday 
1
Бобожонова О. Ўзбекистоннинг кўхна китоблари // “Мозийдан садо”. – Т., 2006. – №4. – Б. 9. 
2
Абдуазизова Н.А. Ўзбекистонда ижтимоий–сиёсий, адабий–бадиий журналлар ва уларнинг тарихий–
тадрижий таснифи масалалари ( ХIХ аср охири – ХХ аср бошлари): Тарих фан.докт. ... дисс. – Т., 1997. – Б. 
86.


61 
olmagan N.A. Kugelning shtampgraver (o`ymakorlik ustaxonasi) bosmaxonasini, 
1907 yilda Samarqandda faoliyat yuritgan aka-uka Ignatovlar litografiyasi 
hamda Sliyanov va Nazarov matbaalari shirkatini G. Demurov litografiyasi o`ziga 
qo`shib oladi. Natijada 1908 yilda bu qadimiy shaxarda katta litografiya vujudga 
keladi. Bu erda dastlab choy yorliq (etiketka)lari bosmadan chiqarilgan. 1904 yil 1 
maydan V.M.Morozov tashkilotchiligida rus tilida “Samarkand” gazetasi nashr 
etila boshladi. Unga avval N.V.Bototin, keyinchalik P.V.Pozdnyakov, 
G.D.Demurovlar noshirlik qilishgan. Ommaviy-ijtimoiy, adabiy yo`nalishda nashr 
etilgan mazkur gazetada V.Vyatkin, V.Bartol’d, N.Likoshin, Yu.Yakubovskiy 
kabi o`lkashunoslarning maqolalari, “Maxalliy xabarlar” va “O`lka bo`ylab” 
ruknlari ostida Turkistonning uzoq shaharlaridagi hayot xam aks ettirilgan 
maqolalar berib borilgan
1
. 1906 yil 16 yanvarda ushbu gazeta ham, bosmaxona 
ham podsho senzurasi tomonidan yopiladi. Ko`p o`tmay G.D. Demurov katga 
jarima to`lab bosmaxonani qayta ishga tushirishga muvaffaq bo`ladi. Gazeta esa 
1906 yil 5 fevraldan boshlab kundalik nashr – “Zarafshan” gazstaning avval 
nomi bilan chop etila boshlaydi. Xullas. “Samarqand” gazetasi va uni nashrdan 
chiqaruvchi bosmaxona ham podsho senzurasi tomonidan bir necha bor sudlanadi, 
yopiladi. Biroq bokulik savdogar G.Demurov har safar katta jarima to`lab, 
faoliyatini yana davom etgiraveradi.
Manbalarda qayd etilishicha, bu matbaa o`z kuchi imkoniyatlarini kitob 
chop etishda ham sinab ko`rgan. Ammo ko`p mexnat talab qilinib, daromadning 
kam bo`lishi bokulik savdogarni qanoatlantirmagan. Buning ustiga gazetaga 
nisbatan nazorat idoralari hamda sudlar tomonidan qo`yilgan talab, jarimalardan 
G.I.Demurov juda charchagan. U ishni K.X.Sliyanovga topshirib, o`zi Tiflis 
(Tbilisi) da yashay boshlagan. O`sha erdan turib bosmaxonaning kagta 
muammolarini hal qilish bilan cheklangan. 
Tipolitografilning O`rta Osiyoda inqilobdan oldin tashkil topgan 
bosmaxonalardan (90 ta) farqi shu ediki, uni fon Kaufman tashkil etgan 
1
Бобхонов А. Уч асрга юзланиб // “Миллий тикланиш”.2000. 24 июль. 


62 
“Turkestanskie vsdomosti” (1870) nashr etiladigan harbiy shtab bosmaxonasi
bilan qiyoslaganda G.I.Demurov tipolitografiyasining ustunligini ko`ramiz. 
Jumlalan, bu shaxsiy tipolitografiya matbaachilari kasb darajasining yuqoriligi, 
matbaa uskunalarining xilma-xilligi va ular asosan. xorijdan keltirilganligi, bosma 
mahsulotlarni ikki xil rangda yuqori sifatda bosilganligida ko`rinadi. 
1899 yili Turkiston o`lkasining madaniy markazlaridan biri Samarqandda 
bokulik savdogar Georgiy Demurovning shaxsiy bosmaxonasi tashkil topadi. 
Oradan to`rt yil o`tgandan so`ng G. Demurov N.Kugelning shtampgraver (mis 
o`ymakorlik ustaxona bosmaxonasi) ni o`z bosmaxonasiga birlashtirib oladi. Bu 
qo`shma korxona 1908 yilga qadar “Demurov litografiyasi” deya nomlanib 
kelingan. Shaharda eng obro`li bo`lgan G.I. Demurov bosmaxonasining 
litografiya bosma bo`limida ikki rangda ishlovchi uchta bosma uskuna kunu tun 
tinmay bosma mahsulot chop etgan. Bu erda o`n beshga yaqin mutaxassislar 
ishlaganlar
1

Tarixiy hujjatlarlan ma`lum bo`lishicha, bokulik savdogar tipolitografiyasiga 
Germaniya choy birjasining Turkistondagi vakili Vagou va K°, ozarbayjonlik 
Tagiev, Rizaev, Aliaskarovlar, moskvalik Kuznetsov, aka-uka Popovlar choy 
yorliqlariga buyurtmalar berganliklari, Samarqandda bunday firma, birjalar 
o`ndan ortiq ziyod bo`lganligi, choy yorliklari transmissiya yordamida ishlovchi 
yigirma ot kuchiga ega olti toshbosma uskuna (mashina) yordamida uch smenali 
ish 
jadvaliga 
ko`ra 
ishlaganligi, 
matbaa 
XX 
asrning 
boshidayoq 
elektrlashtirilganligi ma`lum. Shuningdek, matbaaning to`rtta bosma bo`limida 
uchta bosma mashina bo`lib, kattasida gazeta, ikki kichigida –
“Amerikanka”da shaxsning kimligini bildiruvchi varaqa (vizit kartochka) chop 
etilgan
2
. Bu bo`limda o`n ikki mutaxassis mehnat qilgan. Bosmaxonaga zarur 
bo`lgan barcha matbaa mashinalar bo`yoq, qog’oz va boshqa matbaa 
materiallarni G. Demurov choy birjalari orqali xorijdan keltirgan.
1
Бобхонов А. Уч асрга юзланиб // “Миллий тикланиш”.2000. 24 июль. 
2
Абдуазизова Н.А. Миллий журналистика тарихи ( Генезис ва эволюция ). Биринчи жилд, – Т.: Шарқ, 2008. 
– Б. 73. 


63 
Turkistonda bosmaxonalarning tashkil topilishi, ularda gazeta, jurnal va 
kitoblarning chop etilishi tasviriy san`at rivojiga ham ta`sir qildi. Mahalliy 
tillarda kitob, gazeta, ilmiy to`plam va taqvimlar nashr etila boshlandi. Bu 
nashrlarda tasviriy san`atning ilk namunalari paydo bo`la boshladi
1

Shunday qilib, rus hukumati boshqa soxalardagi kabi nashr ishlaridan ham 
o`lkani ma`naviy jihatdan tobe qilish, umumruslashtirish siyosatini kuchaytirish 
kabi strategik vazifalarni hal etishda foydalanishga intildi. Ammo bosqinchi 
hukumatning mafkuraviy va ma`muriy tadbirlariga qaramay, keng xalq 
ommasi, 
milliy 
ziyolilar 
asriy 
an`analarni 
asrab 
qolishga 
intildilar. 
O`tmishimizning ma`naviy merosini boyitishga tirishdilar. Nashr ishlarida 
o`zlariga xos milliy taraqqiyog uchun shafqatsiz kurash ketdi. Bu esa o`z 
navbatida Turkistondagi milliy ozodlik kurashining ajralmas qismi bo`lib qoldi. 
Dolzarb siyosiy vazifalarni hal etish va muhim zamonaviy masalalarni 
muhokama qilish uchun kundalik adabiyot – gazeta va jurnallar chiqarish zarurati 
tug’illi. Turkistonda vaqtli matbuot ana shu zaminda vujudga keldi. 
Turkistonda o`zbek tililagi dastlabki mustaqil nashrlar asrimizning 
boshidagina, aniqrog’i 1905-1907 yillardagi birinchi rus inqilobi davrida, 
"Turkiston viloyatining gazeti" chiqa boshlaganidan salkam qirq yil o`tgandan 
keyingana vujudga keldi. Bu shubhasiz, o`lka ijtimoiy hayotida tarixiy 
ahamiyatga molik muhim voqea edi. Inqilob zarbasidan sarosimaga tushgan rus 
hukumati matbuot sohasida xam yon berishga majbur bo`lgandi. Ilg’or musulmon 
ziyolilari bundan foydalanib, davriy nashrlar chiqarish to`grisida ruxsatnoma 
olishga erishdilar. 
1917 yilga qadar O`zbekistonda yirik matbaa sanoati hali shakllanmagan edi. 
Bu erda 25 ga yaqin o`rta darajadagi bosmaxona va litografiya mavjud edi, xolos. 
Ular texnik jihatdan qoloq bo`lib, hamma ish qo`l kuchi bilan bajarilar edi. 
Bosmaxona va litografiyalarda ishlovchi 574 ishchidan 72 tasi mahalliy millat 
1
Зиё Саид. Ўзбек вақтли матбуоти тарихига материаллар. Танланган асарлар. – Т.: Ғафур Ғулом номидаги 
адабиёт ва санъат нашриёти, 1974. – Б. 71. 


64 
vakillari bo`lib, ular etarli malakaga ega emas edilar. Shu sababdan milliy 
tillardagi adabiyotlar asosan litografiya usuli bilan bosilar edi
1
.
Sobiq sovet tuzumi Oktyabr’ to`ntarishining dastlabki oylaridayoq nashriyot 
ishlariga jiddiy e`tibor qaratdi. 1917 yil dekabr’ oyida Davlat nashriyoti haqida 
dekret qabul qilindi. Bu dekretda RSFSR Maorif Xalq Komisarligiga o`zining 
adabiyot–nashriyot bo`limi orqali darhol nashriyot ishlarini kengaytirish tavsiya 
etilgan edi. Milliy ishlar Xalq Komisarligining “Sharqiy” va “G’arbiy” 
nashriyotlari milliy tillarda nashriyot ishlarini kengaytirib yubordi. 
Shunday qilib, avval Toshkentda, keyinroq Samarqand, Ko`qon va Buxoroda 
birin-ketin ijtimoiy–siyosiy va adabiy mazmundagi bir qator o`zbekcha davriy 
nashrlar tashkil topdi. Ularning tashkilotchilari, muharrirlari va etakchi mualliflari 
XX asr boshida Turkistonda ma`rifatchilik zamirida yuzaga kelgan jadidchilik 
xarakatining mafkurachilari bo`lishgan. Jadidlar istilochilar va mahalliy 
mustabidlar oyog’i ostida toptalgan Turkiston o`lkasini savodli, ma`rifatli, 
taraqkiyotga erishish, obod yurtga aylantirish orzusi bilan yashadilar va matbuotni 
shu orzuga erishish yo`lidagi qudratli vosita deb bildilar. Turkiston jadidlarining 
stakchi namoyandalari Maxmudxo`ja Bexbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, 
Abdulla 
Avloniylar 
taraqqiyparvar 
yo`nalishdagi 
o`zbek 
matbuotini 
shakllaitirishga katta hissa ko`shdilar.
Jadid gazetalarining faoliyati mashaqqatli kechdi. Rus ma`muriyati ularni 
qattiq iskanjaga oldi. Toshkentda chiqqan "Taraqqiy" (1906 y.), "Xurshid (1906 
y.), "Shuhrat" (1907 y.), "Osiyo" (1908 y.) gazetalari Turkistondagi rus 
ma`muriyati tomonidan yopib qo`yilgan bo`lsa, boshqa milliy nashrlar aksariy 
hollarda moliyaviy qiyinchiliklar tufayli chiqishdan to`xtagan
2

1917 yil fevralidagi ikkinchi rus inqilobidan so`ng Turkistonda o`lka 
hayotini demokratik asosda yangilash talabi bilaya chiqqan qator yangi milliy 
1
Абдуазизова Н.А. Ўзбекистонда ижтимоий–сиёсий, адабий–бадиий журналлар ва уларнинг тарихий–
тадрижий таснифи масалалари ( ХIХ аср охири – ХХ аср бошлари): Тарих фан.докт. ... дисс. – Т., 1997. –
Б. 92.
2
Пидаев Т. Матбуот миллат чироғи. – Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 1999. – Б. 11. 


65 
davriy nashrlar paydo bo`ldi. Milliy harakatni avj oldirishda, o`zbek xalqining 
ixtimoiy-siyosiy faolligini maishiy istiqlol uchun kurashga yo`naltirishda shu yili 
tashkil bo`lgan "Najot", "Turk eli", "Turon", "Ulug’ Turkiston" (Toshkent), 
"Hurriyat" (Samarqand), "El bayrog’i" (Qo`qon) gazetalari va "Yurt" (Qo`qon), 
"Chayon" jurnallarining xizmati sezilarli bo`ldi. Mazkur nashrlar asosan 
Turkistondagi jadidchilik xarakatining faol namoyandalari tashabbusi bilan yuzaga 
keldi va ularning ijodiy hamkorligida faoliyat xo`rsatdi. Chunonchi, "Najot" 
gazetasi faoliyatiga Munavvarqori Abdurashidxonov raxbarlik kilgan, "Turon" 
gazetasining tashkilotchisi Abdulla Avloniy bo`lgan. Samarqandda chiqqan 
"Xurshid'' gazetasiga, jumladan, Abdurauf Fitrat va Hoji Muinlar muharrirlik 
qilganlar. Asrimiz boshidagi o`zbek publitsistikasining etakchi namoyandasi –
Mahmudxo`ja Bexbudiyning "Hurriyat" gazetasida dolzarb ijtimoiy-siyosiy 
mavzulardagi talaygina maqolalari chop etilgan. Jadidlar asos solgan o`zbek milliy 
matbuoti o`z yo`lidagi g’ovlarga qaramay, milliy ong, milliy til, milliy adabiyot va 
jurnalistikani shakllantirishga barakali ta`sir ko`rsata oldi. Unga aksilinqilobiy 
matbuot tamg’asi bosildi.
Xulosa o’rnida qayd etish joizki, sho`ro tuzumi davrvda jadidchilik 
harakatining o`zbek xalkining ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotidagi ahamiyati 
tarixiy haqiqatga zid ravishda buzib talqin qilindi. Jadidchilik harakati milliy 
ozodlik harakati bilan chambarchas bsg’liq ijtimoiy-siyosiy hodisa ekanlig’i inkor 
etildi. 
Yurtimizda qaror topgan mustaqillik tufayli biz endilikda tarixiy merosimizni 
haqqoniy o`rganish va baholash imkoniga erishdik. Mustaqil O`zbekiston Oliy 
Kengashi 1993 yilda "Taraqqiy" gazetasining 1-soni chiqqan 27 iyun’ sanasini 
o`zbek jurnalistlarining kasb bayrami sifatida nishonlash to`g’risida maxsus qaror 
qabul qildi. Bu milliy matbuotimizning xalqimiz ravnakidagi beqiyos xizmatiga 
berilgan munosib baxodir. 


66 
Tariximizga jadid matbuoti nomi bilan kirgan XX asr boshidagi o`zbek 
milliy matbuotiga keng qamrovli, haqqoniy ilmiy tarixini yaratish ilmiy 
jamoatchilik oldida ko`ndalang turgan vazifalardan biridir.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin