1.2. Turkiston o`lkasiga rus matbuotining kirib kelishi va mahalliy xalqlar
hayotiga ta`siri
Rossiya imperiyasi O`rta Osiyo xonliklarini istilo qilgandan so`ng,
Qo`qon va Buxoro xonliklaridan bosib olingan erlarda o`zining tayanch markazi
– Turkiston general–gubernatorligini tuzdi. Uning markazi Toshkent shahri edi.
1870 yildan Toshkentda general–tubernatorlikning rasmiy organi – “Turkestanskie
vedomosti” va uning ilovasi “Turkiston viloyatining gazeti” chiqa boshladi.
“Turkestanskie vedomosti” 1870 yil 28 aprel (10 may kuni Turkiston general-
gubernatori Kaufman farmoniga binoan bosilib chiqdi
1
. “Turkestanskie
vedomosti” – Turkistondagi to`ng’ich rasmiy bosma gazeta hisoblanib, u O`rta
Osiyoda vaqtli matbuotga asos soldi.
“Turkestanskie vedomosti” ning 1870 yilda 17 ta soni; 1871 yildan boshlab
haftasiga 1 marta; 1903 yil dekabridan 3 marta; 1907 yildan 4 marta chiqib
turdi va nihoyat 1907 yil iyulidan boshlab kundalik gazetaga aylantirildi.
Uning oxirgi soni 1917 yil 15 dekabrda chiqdi
2
.
“Turkestanskie vedomosti” gazetasining 47 yil mobaynida 6406 soni bosildi.
“Turkestanskie vedomosti” gazetasi general-gubernator Kaufman tomonidan
tahrir qilinib chiqarildi. Uning birinchi muharriri qilib N.A. Mayev tayinlandi.
1
Ўзбекистон Республикаси Марказий давлат архиви ( ЎзР МДА ), И. 1 – фонд, 1 – рўйхат, 49 – иш, 73 –
варақ.
2
Абдуазизова Н.А. Миллий журналистика тарихи ( Генезис ва эволюция ). Биринчи жилд, – Т.: Шарқ, 2008.
– Б. 91.
22
“Turkestanskie vedomosti” gazetasini N.A. Mayev 1870–1892 yilgacha; 1892 yil
20 noyabrdan 1899 yil 17 dekabrgacha A.P. Romanovich; 1899–1901 yillarda
S.A. Geppener va 1901 yil 5 noyabrdan 1907 yil 9 yanvargacha N.G. Malitskiy
tahrir qilgan. Gazeta rus mustamlakachilik idora usulini o`tkazish, Turkiston
xalqlarini sodiq fuqarolik ruhida tarbiyalash, diniy jaholatni qo`llab–quvvatlash
siyosatini amalga oshirishga da`vat etgan. To`g’rirog’i, gazetaning dasturi Ichki
ishlar vazirligi tomonidan chizib berilgan bo`lib, u asosan to`rttagina
moddadan iborat bo`lgan.
1.
Oliy farmoyishlar. Oliy telegrammalar, viloyat aholisiga taalluqli
bo`lgan mukofot va yordamlar, tantanali kunlar to`g’risida qisqa
ma`lumotlar.
2.
Turkiston o`lkasiga tarqalishi lozim bo`lgan umumhukumat far-
moyishlari.
3.
Rus podsholarining hayotidan olingan qisqa hikoyalar, mahal-
liy va boshqa xil axborotlar.
4.
Turkiston o`lkasidagi pochta-telegraf okrugi va boshqa huku-
mat muassasalarining e`lonlari hamda xususiy e`lonlar.
Ushbu dasturga asosan “Turkestanskie vedomosti” gazetasida: 1)
rasmiy; 2) ichki axborot; 3) xalqaro axborot; 4) nafis adabiyot; 5) mahalliy
axborot bo`limlari tashkil etilgan
1
.
“Turkestanskie vedomosti” o`zining rasmiy bo`limida asosan Turkiston
general–gubernatorining buyruq, farmoyishlarini bosardi. Boshqa bo`limida esa
o`lkaning tarixi, geografiyasi, etnografiyasi va statistikasiga oid maqolalar
yoritilar edi. Darhaqiqat, bunday maqolalarning aksariyati O`rta Osiyoni birinchi
bo`lib tekshirgan, uning geografiyasi va etnografiyasiga oid juda ko`p asarlar
yaratgan N.A. Mayev qalamiga mansubdir. Shuningdek, gazeta sahifalarida
tarixiy va ilmiy harakterdagi materiallarni ko`plab uchratish mumkin. O`rta
1
Абдуазизова Н.А. Ўзбекистонда ижтимоий–сиёсий, адабий–бадиий журналлар ва уларнинг тарихий–
тадрижий таснифи масалалари ( ХIХ аср охири – ХХ аср бошлари ): Тарих фан.докт. ... дисс. – Т., 1997. – Б.
25.
23
Osiyoni dastlabki tekshirgan akademik V.V. Bartol’d, akademik L.S. Berg,
N.A. Severtsev, A.P. Fedchenko, I.V. Mushketov, I.F. Oshanin, N.N. Pantusov
kabi olimlar ko`pgina maqolalarni o`lkadagi iqtisodiy, tarixiy, etnografik jihatdan
o`rganishga bag’ishladilar. Turli davrlarda gazeta sahifalarida “Qirg’izlar”
(etnografik ocherk), “Temurlang hayotining so`nggi kunlari”, “Qo`qon tarixi
haqida ocherk” va boshqa ko`pgina maqolalar bosildi. Gazeta materiallari janr
e`tibori bilan xilma-xildir. Uning sahifalarida xabar, korrespondentsiyalar,
ocherklar, yo`l xotiralari, publitsistik maqolalar e`lon qilingan. “Turkestanskie
vedomosti” Peterburg, Moskva, Vladivostok kabi Rossiya imperiyasining boshqa
shaharlarida o`zining muxbirlariga ega edi. Gazeta sonlarida o`lkaning madaniy
hayotiga doir masalalar ham yoritilgan. Ayni mahalda hukumat siyosatini ifoda
etuvchi rasmiy organ “Turkestanskie vedomosti” xalqning ahvoli va kurashi
to`g’risida lom-lim deyilmagan. Bundan tashqari, Turkistonda o`sha davrda
“Turkestan”, “Turkestanskiy kur`er”, “Turkestanskoe sel’skoe xozyaystvo”,
“Asxabad” degan boshqa rus gazetalari ham chiqa boshladi. Bu gazetalarning
hammasi ham Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosatini amalga
oshirish uchun xizmat qildi. “Turkestanskie vedomosti” o`zbek matbuoti tarixiga
ilk poydevor toshini qo`ygan to`ng’ich rasmiy gazeta sifatida o`rin egalladi.
Gazeta O`rta Osiyoni, ayniqsa, Turkiston o`lkasini o`rganish sohasida ham
tarixiy manba sifatida xizmati kattadir. Dastlabki kezlarda gazeta 100 nusxa,
1909 yidlan esa 853 nusxadan iborat bo`lgan.
Turkistonda birinchi o`zbek tilidagi gazeta “Turkestanskie vedomosti” ning
bevosita yordami tufayli vujudga keldi. Bu gazeta “Turkiston viloyatining gazeti”
bo`lib, u 1870 yilning iyulidan 1917 yilning fevraliga qadar chiqib turdi.
“Turkiston viloyatining gazeti” 1871 yildan 1883 yilgacha Turkiston general-
gubernatorining tarjimoni Shohimardon Ibrohimov va bir oz vaqtgacha
Muhammadhasan Chanishev boshchiligida, 1883 yilning oxiridan 1917 yilning
fevraligacha N.P. Ostroumov muharrirligi ostida chiqdi. Gazeta dastavval
“Turkestanskie vedomosti” ga “Ilova” qilib chiqarilar edi. 1871 yildan u kichik
24
hajmda oyiga to`rt marta: ikki marta o`zbek tilida va ikki marta qozoq tilida chiqa
boshladi. Bu “Ilovalar” “Turkestanskie vedomosti” tahririyati tomonidan uning
mablag’i hisobiga nashr etildi. 1883 yil 30 yanvarda general–gubernator M.G.
Chernyaevning 29–son buyrug’i bilan bu “Ilovalar” “Turkiston viloyatining gazeti”
ga aylantirildi. Dastlabki o`zbek tilidagi matbuot nashri – “Turkiston viloyatining
gazeti” ning (1870 yil) chop etilishida qozonlik tatarlardan Turkiston general
gubernatorining tarjimoni Sh. Ibrohimov va keyinchalik M.A. Chanishevlarning
muharrirligi katta rol o`ynagan
1
.
Turkiston general–gubernatori general–ad`yutant fon Rozenbax 1885 yil
yanvarida mahalliy xalq orasida rus tilini targ’ib qilish uchun “Turkiston
viloyatining gazeti” ni ikki tilda: o`zbek va rus tillarida nashr etish haqida
rasmiy buyruq bergan edi. “Turkiston viloyatining gazeti” o`zbek madaniyati,
san`ati va adabiyotining taraqqiyotida alohida o`rin tutadi. “Turkiston
viloyatining gazeti” sahifalarida tarix, etnografiya, arxeologiya, numizmatika
fanlariga oid o`nlab maqolalar chop etib borildi. “Turkiston viloyatining gazeti”
sahifalarida Evropa fan–texnikasi, adabiyot va san`ati, O`rta Osiyolik va yunon
olimlari, faylasuflarining tarjimai hollari, ijodiy faoliyati, hayotlarining qiziqarli
tahsinga sazovor damlari haqida ma`lumotlar berib borildi. Gazetaning tabiiy-
ilmiy maqolalari, tarixiy ma`lumotlari, falsafa, tibbiyot, axloq–odob masalalariga
oid materiallari o`sha davrdagi ilg’or kishilarning dunyoqarashiga, ularning
onggiga ijobiy ta`sir ko`rsatdi.
Abdulla Avloniy “Turkiston viloyatining gazeti” haqida yana shunday yozadi:
“Bu gazeta eski hukumatning moddiy ko`magi bilan 1869 yildan chiqa boshladi
va fevral o`zgarishigacha to`xtamasdan davom etdi. Bu gazeta, dastlab chiqishida
Ibrohimov degan bir totorning, undan keyin Novikov, Ostroumov, Ibn
Yaminbeklar muxarrirligi ostida chiqib keldi. Bu gazeta Turkiston o`zbeklari
1
Расулов А.Н. Туркистон маданий ҳаётида татарлар // Ижтимоий фикр, инсон ҳуқуқлари. – Т., 2004. – №1.
– Б. 128.
25
uchun birinchi gazeta bo`lg’oni kabi erlik xalqni razolat, safolatg’a boshlag’on
tarixiy bir qora gurux, gazetasi edi”
1
.
Gazetaga Cho`lpon bergan ta`rif ham diqqatga loyiq: “Turkistonda
gazetchilikning tarixi, ibtidosi mana bundaydir: U erda birinchi daf`a nashr bo`lgan
gazeta “Turkiston viloyatining gazeti” ismida Turkistonni istilo etgan generallar
tarafidan nashr etilgan, ruslig’ning shavkat va saltanatini ko`hna madrasalarning
tumtaroq tili ila osmonlarga chiqargan bir gazeta edi. Turkistonni ruslar istilo va
g’asb etganlaridan bir necha yil so`ng chiqqan bu gazetaning u vaqtdagi muharriri
totor chinovnigi, rus generallari ila birlikda Turkistonni fath etishga kelgan totor
fotihlaridan Ibrohimo`f edi. G’oyat buzuq va anglashilmas bir lison ila yozilgan bu
gazeta bir necha sana so`ngra Ibrohimo`fdan mashhur missioner Nikolay Pyotr
o`g’li Ostraumo`fga qoldi”
2
.
O`zbek vaqtli matbuoti tarixi bo`yicha yirik tadqiqotchi bo`lgan Ziyo Said
“Turkiston viloyatining gazeti” faoliyatiga ham keng o`rin beradi. Ziyo Said
o`lkadagi inqilobiy va ozodlik qarakatlariga gazetaning teskari munosabatini
aniq tahlil qiladi. U o`z asarida “gazeta 1916 yilgi voqea to`g’risida bizga, o`sha
vaqtning siyosiy, ijtimoiy holini, ayrim talantlarning u tarixiy bosqichlardan
o`tishdagi esankirashlarini bildiradigan ko`p “qimmatli materiallar” qoldirdi. Biz
bu materiallar bo`yicha diniy sxolastikani qurol qilib, rus hukumatini saqlashga
undagan Turkiston din ulamosining “millat”, “vatan” shiori bilan maydonga
chiqib, mehnatkashlarni milliy sarmoya quli qilishga harakat qilgan, “jadid”
larning o`sha vaqtdagi shu voqeaga taalluqli harakatlariga tegishli “baho” bera
olamiz”
3
– deb, ta`kidlab o`tadi.
Ammo adolat nuqtai nazaridan shuni aytish lozimki, ilk matbuot nashri
sifatida bu gazetalar Turkiston o`lkasida davriy matbuotning shakllanishi va
rivojlanishi uchun sharoit hozirladi, ommada gazetaga bosma so`zga qiziqish
1
Абдулла Авлоний. Бурунғи ўзбек вақтли матбуотининг тарихи // Туркистон, 1989. 18 июль.
2
Абдуазизова Н.А. Миллий журналистика тарихи ( Генезис ва эволюция ). Биринчи жилд, – Т.: Шарқ, 2008.
– Б. 96.
3
Зиё Саид. Ўзбек вақтли матбуоти тарихига материаллар. Танланган асарлар. – Т.: Ғафур Ғулом номидаги
адабиёт ва санъат нашриёти, 1974. – Б. 20.
26
uyg’otdi. “Turkiston viloyatining gazeti” da e`lon qilingan madaniy–ma`rifiy
mavzudagi maqolalar tub aholiga mansub gazetxonlarning bilim–saviyasini
oshirishga ko`maklashdi, ularda dunyoviy ilmlar, fan va texnika, boshqa
xalqlarning ilg’or madaniy va adabiy merosiga qiziqishni kuchaytirdi.
1885 yildan boshlab gazetaning bir tomoni ruscha chiqa boshlaydi. N.P.
Ostroumov muharrirligi yillarida gazetadagi sarlavhalar ham ruscha yozila
boshlanadi. “Turkestanskie vedomosti” va “Turkiston viloyatining gazeti”
mustamlaka o`lkaning madaniy hayotiga oid rang–barang xabarlarni ham
yoritganki, ular tariximiz uchun qimmatli axborot beradi. Ularni tahlil etish
tadqiqotchi uchun o`lka tarixida sodir bo`lgan voqealar mohiyatini anglashga
imkon yaratadi. Turkiston yodgorliklarini talon–taroj qilish masalasida ham ular
bebaho manbadir.
Turkistonda rus tilida chiqqan “Sredne–Aziatskiy Vestnik” (1896),
“Srednyaya Aziya” (1910-1911) jurnallari ham tariximizni o`rganishda muhim
manba hisoblanadi.
“Sredne–Aziatskiy Vestnik” O`rta Osiyodagi dastlabki rus tilidagi jurnal edi.
“Turkestanskie vedomosti” gazetasi bunday xabar qiladi: “Smirnovga Toshkent
shahrida senzuraning ibtidoiy ijozati bilan “Sredne-Aziatskiy Vestnik” oylik, ilmiy-
adabiy jurnalini va uning “Novosti dnya” nomli ilovasini Geyer hamkorligida
nashr qilishga ruxsat etildi”
1
.
Jurnal tahririyati oldida murakkab vazifa turardi. Bu ilmiy ma`lumotlar
to`plash, Turkistonning kundalik hayot masalalariga oid dalil va ilmiy
izlanishlarni umumlashtirish yo`li bilan, erlik mahalliy aholining o`ziga xos
hayotidan olingan yorqin, jonli manzaralar vositasida O`rta Osiyo to`g’risida aniq,
ravshan tasavvur berishga intildi.
“Sredne–Aziatskiy Vestnik” jurnali haqida ko`p o`tmay poytaxt va viloyatlar
matbuotida ham juda ko`p ijobiy fikrlar bildirildi. Chunonchi, “Sankt–
Peterburgskie vedomosti” gazetasi jurnal “yoqimli taassurot” qoldirmoqda deb,
1
“Туркестанские ведомости” , 1896, №18.
27
“Russkaya misl’” esa “uzoq chekka o`lkalarda jiddiy matbuot organi paydo
bo`lgani” ni tabriklab, “U mamlakatni o`rganish uchun ko`p ish qilishi mumkin”
deb yozadi
1
. Nashr etishga kech ruxsat berilganligi sababli jurnalning birinchi
soni 1896 yilning martida dunyo yuzini ko`rdi. Yanvar va fevral oylarida
jurnal o`rniga O`rta Osiyo to`g’risida maqolalarning ilmiy–adabiy to`plami
chiqarildi. “O`rta Osiyo” deb atalgan bu to`plam Toshkent shahrida Evgeniy
Smirnov taxriri ostida chop etilar edi. Jurnalda bilimning hamma sohalariga,
asosan, O`rta Osiyoning tarixi va arxeologiyasi, geografiyasi va topografiyasi,
statistikasi va etnografiyasiga oid ilmiy maqolalar, shuningdek, mahalliy obzor,
bibliografiya va e`lonlar bosilar edi. Jurnalning asosiy fazilati shundaki, u
mahalliy musulmon aholisining turmushini tadqiq qildi hamda tarix va
arxeologiyaga oid maqolalar berib bordi. E. Smirnovning “Toshkent shahri
atrofidagi qadimgi joylar”, G. Andreevning “Turkistonning arxeologik jixatdan
qiziqarli joylar”, N. Likoshinning “Arxeologiya ishqibozlari Turkiston ta`sis
etilgunga qadar Turkiston o`lkasida olib borilgan arxeologik qidirishlar
to`g’risida” ocherki, noma`lum muallifning “Rus otryadi dashtda, Xivaga
yurishidan epizod”, V. Bartol’dning “O`rta Osiyoda oriylar madaniyati
to`g’risida bir necha so`z”, N.N. Kas’yanovning “1873 yil mayda
Amudaryodagi rus eshkakli flotiliyasi va Xiva yurishi to`g’risidagi boshqa
xotiralar” kabi maqolalar shular jumlasidandir
2
.
“Sredne–Aziatskiy Vestnik” jurnalida bosilgan materiallar O`rta Osiyoning
mahalliy tarixini o`rganish uchun unchalik mufassal bo`lmasada, har holda
muayyan asos edi. Binobarin, Turkiston xalqlarining turmushiga bag’ishlangan
ko`plab maqolalarda ancha ma`lumotlar to`plangan. Tarixiy manba sifatida ham
jurnalning roli g’oyat ulkan. Ammo unga tanqidiy yondoshish lozim. Chunki
jurnal mualliflari arxeologik ma`lumotlarni umumlashtirib, talqin qilib berar
1
“Средне–Азиатский Вестник”, 1896, № 10, стр. 139.
2
Абдуазизова Н.А. Туркистон матбуоти тарихи ( 1870–1917 й.й.). – Т.: Академия, 2000. – Б. 54.
28
ekanlar, ular tarixiy jarayonning borishi va mohiyatini rus imperatorining
islohotlarini keng targ’ib etgan holda, ochiq ko`rsatishga urinishardi.
“Sredne–Aziatskiy Vestnik” atigi bir yil chiqib turdi. Jurnal asosan ma`rifat
g’oyalarini targ’ib qilgan bo`lib, o`lkada ruslar gomonidan olib borilayotgan
“maorif” sohasidagi o`zgarishlar xususida alohida e`tiborni jalb etadigan maqolalar
e`lon qildi. Ammo Turkistonda “Sredne–Aziatskiy Vestnik” jurnalining nashr
etilganligi va uning sahifalarida o`lka to`g’risida ilmiy maqolalar, shuningdek,
“Musulmonlarning muqaddas Makka shahri”, “Musulmonlarda ta`lim
masalalarining qo`yilishi”, V. Bartol’dning “Bir tarixiy masala xususida”, O.
Shklovskiyning “O`rta Osiyo ko`chmanchi ayollarining ahvoli” kabi yirik–yirik
maqolalar ham bosilib chiqdi. A. Dobromislov “Toshkent shahridagi o`quv
yurtlari” nomli maqolasida ruslar Toshkentda 1866 yili maktab ochish ishlarini
boshladi, deya axborot beradi. Unda 1866 yil 1 iyulda qizlar va o`g’il bolalar
uchun dastlabki umumiy rus maktabi ochilganligi ham aytiladi
1
. Bu Turkiston
o`lkasida ruslarning o`z ta`sir doirasini yanada kengaytirish borasidagi ilk qadami
edi. Shuningdek, rus–tuzem maktablari ochilishi nafaqat mahalliy yoshlar, balki
katta yoshdagi aholining ko`nglini olishga, rus hukmronligiga ko`nikishga, idora
ishlarida mustabidlarga xizmat qilishga undashi uchun bosqinchilar jon-jahdlari
bilan
kirishganliklarini,
siyosatlarini
turkistonliklarning
ongiga
zo`rlab
singdirishga bo`lgan urinishlarini yaqqol ko`rsatib turibdi.
“Srednyaya Aziya” – adabiy-ilmiy oylik jurnali 1910–1911 yillarda A.L.
Kirener tahriri ostida bosilib chiqdi ( 5-sonidan 8-sonigacha muharrir o`rniga
jurnalist E. Baranov imzolagan). Jurnalda tarix, geografiya, etnografiya,
musulmonchilik, iqtisodiyot, ijtimoiy hayot, adabiyot bo`limlari bo`lib, chet el
va ichki hayot sharhi, bibliografiya va e`lonlar ham berilgan. 1910 yil yanvar
oyida chop etilgan, birinchi soni 156 betdan iborat bo`lib, turli xil mavzularda 22
1
Абдуазизова Н.А. Ўзбекистонда ижтимоий–сиёсий, адабий–бадиий журналлар ва уларнинг тарихий–
тадрижий таснифи масалалари ( ХIХ аср охири – ХХ аср бошлари ): Тарих фан.докт. ... дисс. – Т., 1997.– Б.
38.
29
ta material mavjud. Unda G. Andreevning “Turkiston lavhalari”, V. Orlovning
“O`shda
qalin
haqi”,
M.Kotsyubinskiyning
“Minoralar
aro”,
A.
Almatinskayaning “Afsona” she`ri, A. Suigurovning “Shirin qiz” nomli dostoni
bosilgan. V. Orlovning “O`shda qalin haqi”, A. Sungurovning “Shirin qiz”
rivoyat–dostonida xalq afsonalaridan juda o`rinli foydalanilgan.
1910 yil fevral’ va mart oylarida jurnalning 2- va 3-sonlari chop etilib, ular
asosan siyosiy va etnografik xarakterga ega bo`lgandi. Ushbu mavzudagi
materiallar N. Ostroumov qalamiga mansubdir, uning maqolalarida Turkiston
xalqlarining ayanchli ahvoli aks etgan. Shunday maqolalar qatoriga I.
Markomichning “Ikki hayot” nomli hikoyasida ozodlikdan mahrum etilgan yigit
va yolg’iz laylakning erkin hayot haqidagi g’amgin orzulari bayon etiladi.
Yuqoridagi asarga hamohang tarzda G. Andreevning “Qaynota” nomli hikoyasi
ham e`lon qilinadi. Bu asar Sharq ayollarining hayoti to`g’risida bo`lib, unda
Jahon obrazi ham iqtisodiy, ham ma`naviy xo`rlangan ayolning qaynotasiga
qarshi isyoni ifodalangan. Darhaqiqat, G. Andreev “Srednyaya Aziya” jurnalida
O`rta Osiyo voqeligiga doir dolzarb mavzulardagi asarlari bilan ko`p bor
qatnashgan. 1911 yildan “Srednyaya Aziya” ning dasturi va yo`nalishi avvalgi
yildagidek O`rta Osiyo va umuman Turkistonga bag’ishlanadi. Jurnal asosiy
e`tiborni musulmonchilik masalalariga yoki tarixiy va etnografik xarakterdagi
materiallarga qaratdi. Ammo bu asarlarni bir xil mavqeda deb bo`lmaydi.
“Srednyaya Aziya” jurnali faqat madaniyat, urf–odatlar, tarix, iqtisodiyot,
etnografiya to`g’risidagi maqolalarnigina bosmay, balki Edvard Xoldenning
Turon o`lkasining buyuk davlat arbobi, sarkardasi haqidagi “Temur Velikiy”
(1910, 3–4-sonlar) asarini ham bosib chiqardi. Albatta, bunday asarning bosilishi
o`z–o`zidan ko`rinib turibdiki, Turon o`lkasiga qiziqish ruslarda katta
hayratlanish tuyg’usini ham uyg’otgan edi.
Bundan tashqari Turkistonda o`sha davrda “Turkestanskiy skorpion” (1907),
“Turkestanskiy karakurt” (1911) satirik jurnallari, o`zbek tilida “Oyina” (1913-
30
1915), “Al-Isloh” (1915) jurnallari bilan birga “Al-Izoh” (1917) va “Stepnie
miraji” (1914) nomli al’manaxlar ham paydo bo`ldi.
Xulosa qilib aytganda, Turkistonda rus tilidagi vaqtli nashrlar davr taqozosiga
ko`ra asosiy o`rinni egalladi va ijtimoiy-siyosiy yo`nalishdagi jurnallar
chiqarildi.
Rus istibdodi har qancha kuchli bo`lmasin, xalqning ruhini o`ldira olmadi.
O`tgan asrdayoq o`lkadagi harbiy–siyosiy tazyiq tufayli o`zbek xalqining sabr
kosasi to`lganligini rus amaldorlarigina emas, balki ba`zi ilg’or rus ziyolilari ham
tushunishgan edi.
Dostları ilə paylaş: |