Ishlab chiqarishni
|
Mavjud potensialni
|
|
|
Korxonani
|
|
|
|
aniqlash
|
|
|
|
|
|
|
kengaytirish
|
|
|
|
|
|
|
|
qisqartirish
|
|
|
– korxona filliallarini
|
|
– modernizatsiya
|
|
– mahsulot ishlab
|
|
|
|
– ratsionalizatsiya
|
|
|
|
tashkil etish
|
|
|
chiqarish hajmini
|
|
|
|
– qaytar lizing
|
|
|
|
|
|
– rekonstruksiya uchun
|
|
|
|
qisqartirish
|
|
|
|
|
– reinvestitsiya
|
|
|
|
|
|
|
|
investitsiya
|
|
|
|
|
– ishlab chiqarishni
|
|
|
|
– ishlab chiqarishni
|
|
|
|
– korxonani ijaraga berish
|
|
konservatsiya qilish
|
|
|
tashkil etishni
|
|
|
|
|
|
– korxona bo’limlarini
|
|
|
|
– korxonani ijaraga
|
|
|
takomillashtirish
|
|
|
|
sotish
|
|
|
berish
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
– boshqa korxonalarning
|
|
|
|
|
|
– korxonani tugatish
|
|
|
aksiyalarini o’zlashtirish
|
|
|
|
|
|
– boshqa korxonalar
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
bilan qo’shilish
|
|
5.6-chizma. Ishlab chiqarish potensialini strategik rejalashtirish.
Shunday qilib, uzoq muddatli rejada firmaning umumiy strategiyasi aks ettiriladi, kelgusidagi modeli yoritiladi. Firmaning rivojlanish yagona strategiyasi sifatida struktura, tizim, xodimlar, qobiliyatlar birligi, umumiy qadriyatlar kabi muhim ijtimoiy iqtisodiy omillarning o’zaro ta’sir mexanizmini ifodalaydi.
Ushbu barcha omillar o’zaro bog’langan bo’lib firmaning aniq reja-boshqaruv natijalariga kom’leks ta’sir ko’rsatadi. Keltirilgan model strategiya rejalashtirishni ko’rsatkichlarini yuzaki shakllantirish jarayoni sifatidagina emas, balki barcha
toifadagi xodimlar o’rtasidagi ijodiy hamkorlik va kelishuvchilik mexanizmi, ularning shaxsiy manfaatlarini korxona umumiy maqsadi bilan bog’lash asosi sifatida ham bog’lagan.
Qisqacha xulosalar
Strategiya korxonaning barqaror iqtisodiy o‘sishi va rivojlanishini, mahsulot va xizmatlarning raqobatbardoshligini oshirishni ta’minlamog‘i lozim.
“O‘sish” – korxona o‘lchamining oshishi va ishlab chiqarish hajmining kengayishini ifodalaydi. Xususan, ishlab chiqarish hajmi, ishchilar soni, sotuv hajmining o‘zgarishi.
Rivojlanish esa birinchi navbatda xo‘jalik tizimining sifat jihatidan o‘zgarish va yangilanishi, barcha bo‘limlarda texnika, texnologiyalarni, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishni takomillashtirish asosida samaradorlikni oshirishni ko‘zda tutadi.
Mazmuniga ko‘ra strategiya korxona va uning tashqi muhitdagi asosiy bazaviy jarayonlarni, iqtisodiy salohiyatini oshirish, imkoniyatlarni e’tiborga oladi yoki ko‘zda tutadi.
Korxona miqyosidagi strategik echimlarga korxona joylashadigan joyni tanlash, ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiyalash, ishlab chiqarish va boshqarishning tashkiliy huquqiy shaklini, mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil etishning shakllarini o‘zgartirishni, innovatsiyalar – yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish, yangi mahsulot turlarini yaratish, bozorlarga chiqish, korxonalarni qo‘shilishi va mulkchilikning boshqa shakllariga o‘tkazilishi kiritish mumkin.
Nazorat uchun savollar:
Iqtisodiy o’sish va rivojlanishni ta’minlashda strategik rejalashtirishning axamiyatini yoritib bering?
Iqtisodiy o’sishning qanday shakllari mavjud?
Iqtisodiy rivojlanishning qanday turlari mavjud?
Korxona miqyosida qanday strategik qarorlar belgilanadi?
Strategiya turlari va ularning mohiyatini ochib bering?
Strategik jarayon qaysi bosqichlardan iborat bo’ladi?
Maqsad va missiya orasidagi farqlar qaysi mezonlar bilan ifodalanadi?
Test savollari:
Iqtisodiy o‘sish – ?
Xo‘jalik yuritish tizimidagi sifat jihatdan o‘zgarishlar va yangilanishlar;
Xo‘jalik hajmining o’sishi;
Xo‘jalik faoliyatini yuritish tizimini o‘zgarishi;
Ishlab chiqarish shaklini o‘zgartirish.
Texnologik jihatdan o‘xshash ishlab chiqarishning birlashuvi bu – ?
Iqtisodiy o‘sish;
Iqtisodiy rivojlanish;
Ishlab chiqarish strategiyasi;
Ishlab chiqarish taktikasi.
Tadbirkorlik ob’yektiga yoki xo‘jalik ob’yektiga ilmiy texnika taraqqiyoti yutuqlari doirasida zaruriy innovatsiyalarni, o‘zgarishlarni kiritish bu – ?
Iqtisodiy o‘sish;
Iqtisodiy rivojlanish;
Ishlab chiqarish strategiyasi;
Ishlab chiqarish taktikasi.
YAngi va eski bozorlarda tovarlarni sotish hajmini ko‘paytirish bu – ?
Iqtisodiy o‘sish;
Iqtisodiy rivojlanish;
Ishlab chiqarish strategiyasi;
Ishlab chiqarishning o‘zgarishi.
Maqsadga erishish vositalarini belgilash bu – ?
Strategiya;
Taktika;
Oddiy harakat;
Dastur.
Korxona faoliyatini boshqarish uslublarini tanlash bu – ?
Strategiya;
Taktika;
Oddiy harakat;
Dastur.
Korxona miqyosidagi qabul qilinadigan strategik qaror bo‘lib quyidagi xisoblanadi:
Korxonaning kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlash;
Ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiya qilish;
Korxonaning kelajakdagi istalgan va hozirdagi real holatini belgilash;
Mahsulot ishlab chiqarish hajmini qisqatirish.
Korxonani o‘z vaqtida resurslar bilan ta’minlash bu – ?
Strategiyani amalga oshirishning muxim masalasi yoki yo‘nalishi;
Korxona missiyasi va maqsadi;
Korxonaning tashqi va ichki muxitini baholash yo‘nalishi;
Korxona taktikasi.
B.K.G. matritsasi quyidagilarni aniqlash uchun zarur ...
Korxonaning bozor ulushini belgilash;
Mahsulotlar portfelini shakllantirish;
Mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish hajmini aniqlash;
Korxonaning tarmoqdagi ulushini aniqlash.
Quyidagi strategiya turlari mavjud:
Xujumkor, himoyalanuvchi va qisqartirish;
Intensiv, integratsiya va diversifikatsiya;
O‘sish, rivojlanish va konbinatsiyalashgan;
O‘sish va rivojlanish.
VI BOB. KORXONANING BIZNES REJASI
Tayanch so’z va iboralar: biznes reja, biznes reja maqsadi, funksiyasi, biznes rejaga qo’yiladigan talablar, biznes reja tuzilmasi, rezyume.
6.1. Biznes rejaning mohiyati, maqsadi va vazifalari
Erkin bozor munosabatlari sharoitida tadbirkorlik faoliyati biznes rejaga asoslanadi.
Biznes reja – korxona faoliyatining texnik iqtisodiy asoslash, rejani tuzish jarayoni, uni tuzishgacha olib boriladigan tahlil, shaxsiy biznesni aniq faoliyatda tasavvur etish imkoniyatini beradi.
Biznes reja – yangi faoliyat turlarini o’zlashtirish, biznesni yangi shakllarini yaratish hamda korxonani qisqa muddatlarda rivojlantirish rejasi hisoblanadi.10
Iqtisod fanlari doktori professor V. esa “Biznes reja yangi korxonani shakllantirishga yoki biror–bir yangi tijorat faoliyatini amalga oshirishga yo’naltiriladigan harakatlarni asoslashga qaratilgan xujjatdir” degan edi.
Biznes rejani tayyorlash natijasida “Ishni nimadan boshlash kerak?”;“Samarali ishlab chiqarishni qanday tashkil qilish lozim?”;“Birinchi foyda yoki daromad qachon olinadi?”;“Investorlar bilan qachon hisob–kitob qilinadi?”;“Yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xavf–xatarni qanday kamaytirish mumkin?”;“Raqobatchilar bilan kurashda qanday choralardan foydalanish mumkin?” kabi savollarga javob olinadi.
Biznes reja quyidagi maqsadlar uchun tuziladi:
Korxonaning faoliyat darajasini aniqlash uchun.
Tadbirkorlik faoliyatining xavf–xatarlarini kamaytirish uchun.
Biznes faoliyatini kelgusida rivojlantirish yo’nalishlarini miqdor va sifat ko’rsatkichlari tizimi ko’rinishida aniqlashtirish uchun.
Investor e’tibori va qiziqishini jalb qilish uchun.
Jalb qilinadigan moliyaviy mablag’larning istiqbolligini aniqlash uchun.
Ko’rsatkichlarni rejalashtirish bo’yicha tajribaga ega bo’lish uchun.
Biznesni yuritish konsesiyasini ishlab chiqish.
Korxona faoliyatining amaldagi natijalarini baholash.
Korxona strategiyasini amalga oshirish quroli.
Pul mablag’larini jalb qilish zarurligini asoslab berish.
Dostları ilə paylaş: |