O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti “menejment” kafedrasi



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə28/139
tarix05.06.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#125520
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   139
BIZNESNI REJALASHTIRSH (O QUV-USLUBIY MAJMUA)

6.4. Rezyumeni yoritish tartibi


Rezyume biznes reja yakunlangandan so’ng tuziladi. Bunda biznes reja tuzuvchilar va rahbarlar loyihaning barcha jihatlari bo’yicha to’liq tasavvurga ega bo’ladilar.

Rezyumeni ishlab chiqish – bu ahamiyatga molik masala bo’lib, agar u ijobiy taassurot qoldirmasa, biznes reja o’qilmaydi va unga mablag’lar ajratilmaydi. Rezyume biznes rejaning qisqa tavsifi bo’lib, uning hajmi 4 varaqdan oshmasligi lozim. U sodda, tushunarli va aniq ifodalanishi lozim. Bunda maxsus terminlardan kamroq foydalanish tavsiya etiladi. Rezyumeda katta e’tibor siz nima qilmoqchi ekanligingizga qaratilib, nima hisobiga sizning mahsulotingiz raqobatchilar mahsulotidan farq qiladi. Nima uchun iste’molchilar aynan sizning mahsulotingizni sotib olishni hohlaydilar? Rezyumening oxirgi varaintda loyihani amalga oshirish natijasida erishilishi kutilayotgan moliyaviy natijalar aks ettiriladi. Shuningdek, bu varaqda yaqin yillardagi sotish hajmi, yalpi foyda, xarajatlar rentabellik darajasi hamda jalb qilingan mablalarni qaytarish muddati ham ko’rsatilishi maqsadga muvofiq bo’ladi.


Biznes rejani tayyorlash davomida, 2 ta asosiy savolni ushlab turishingiz lozim. Bular “Biznes rejani samarali amalga oshirish natijasida men nimaga ega bo’laman?” hamda “pul mablalarini yo’qotish xavfi qanday?”.

Iqtisodchi olimlar va tadbirkorlar tajribasi tahlili biznes rejaning ushbu qismiga yetarli ahamiyat berilmayotganligini ko’rsatadi.


Biznes rejaning qisqa tavsifining mazmuni quyidagi masalalarga javob berishdan iborat bo’ladi:


Biznes:


  • biznes faoliyatini shakllantirish va uni rivojlanish tarixi;







  • aksiyalarni taqsimlanishi va rahbarlarning strategik qarorlarni qabul qilishda ma’suliyati.

Mahsulot:



  • mahsulotni nima mukammal qiladi hamda uni farq qiluvchi xususiyatlari xususan raqobatchi mahsulotdan farq qiluvchi jihatlari.

Bozor:
– mavjud bozor sig’imi;
– taqsimlash kanallari;
– o’sish prognozi;
– ehtimol qilinayotgan bozor ulushi.

– yaratiladigan ish o’rinlarining soni;


– mutaxassis va xizmatchilarning malaka darajasi;


– mazkur biznes faoliyatidagi mavjud tajribalarning qisqacha tavsifi. Moliyalashtirish:


– talab qilinadigan moliyaviy mablalarning aniq maqsadi; –daromad va sof foyda prognozi;


–kutilayotgan foyda prognozi.





Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin