7
mumkin. Boshqa hollarda oliy ta'lim muassasasi Ilmiy Kengashi
tomonidan tasdiqlangan
“Mavzular banki”
dan talabaga bitiruv
malakaviy ishi mavzusini tanlash huquqi beriladi. Talaba tomonidan
tarixiy tadqiqot uchun tanlanagan bitiruv
malakaviy ishi mavzusida
quyidagilarga e'tibor berish maqsadga muvofiq:
1.
Talaba o‘zi tanlayotgan mavzu tegishli kafedra ilmiy-tadqiqot
ishlari rejasidan o‘rin olganligini hisobga olishi kerak;
2.
Tanlanayotgan mavzu talaba uchun shu paytga qadar olib
borgan ilmiy-tadqiqot ishlariga, xususan
yozgan kurs ishlarining
mantiqiy davomi bo‘lishi, qo‘yilgan muammo yechimida muo‘im
ahamiyat kasb etadi;
3.
Talaba o‘zi tanlayotgan mavzuning qiziqarli, hali chuqur
o‘rganilmaganligiga e'tibor qaratishi lozim;
4.
Tadqiqot mavzusining dolzarbligi, uning o‘rganilish
darajasi
hamda mavzuga doir tarixiy adabiyotlar, manbalarni mavjudligini
tasavvur qila olishi zarur;
5.
Mavzu tarix yo‘nalishidagi mustaqil muammoni o‘z ichiga
olgan bo‘lishi kerak;
6.
Tanlanayotgan mavzuni yoritishga talaba o‘zida nazariy-amaliy
bilimlarga, uslubiy tayyorgarlikka ega ekanligiga ishonchi komil bo‘lishi
zarur;
7.
Mavzuga oid materiallar, manbalar nafaqat o‘zbek tilida, balki
xorijiy tillarda bo‘lsa ham, manbalar rus tilida va eski o‘zbek (arab)
alifbosida yozilgan taqdirda ham undan
foydalana olish imkoniyati
borligini hisobga olishi kerak;
8.
Har qanday bitiruv malakaviy ishi uchun tanlangan mavzu
o‘zida tadqiqotga, tarixiy yangilikka va buni ilmiy mushohadalar orqali
asoslashga qaratilgan bo‘lishi maqsadga muvofiq;
9.
Mavzu nomida aks etgan tarixiy-geografik hudud, xronologik
davr ham ilmiy-tadqiqot yo‘nalishidagi
muvaffaqiyat uchun xizmat
qiladi;
10.
Mavzuning to‘g‘ri tanlanganligi ma'lum darajada bitiruv
malakaviy ishini muvaffaqiyatini chiqishini ta'minlabgina qolmasdan,
8
ilmiy-tadqiqot olib borishning keyingi bosqichlari – magistrlik hamda
nomzodlik dissertatsiyalari uchun ham zamin yaratadi;
11.
Bitiruv malakaviy ishi mavzusiga o‘zgartirish
kiritish
talabaning ilmiy rahbari bilan kelishilgan holda asosli arizasiga ko‘ra,
oliy ta'lim muassasasi rektorining buyrug‘i asosida amalga oshirilishi
mumkin;
12.Talaba tomonilan tanlangan mavzuga tegishli kafedra ilmiy
rahbar va taqrizchi tayinlaydi. Bitiruv malakaviy ishi mavzusi hamda
rahbari oliy ta'lim muassasasi rektori tomonidan tasdiqlanib,
buyruq
bilan rasmiylashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: