O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


-bob. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasini moliyalashtirish va moddiy texnik ta’minoti



Yüklə 203,04 Kb.
səhifə18/64
tarix21.09.2023
ölçüsü203,04 Kb.
#146448
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   64
mttda ish hujjatlari majmua

8-bob. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasini moliyalashtirish va moddiy texnik ta’minoti

70. Muassis yoki u vakolat bergan organ davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga mol-mulkni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda biriktiradi.


Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga biriktirilgan mol-mulk uning operativ boshqarish huquqida bo’ladi. Muassasa o’ziga biriktirilgan mol-mulkni va xarajatlar smetasi bo’yicha o’ziga ajratilgan mablag’lar hisobiga sotib olingan mol-mulkni qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi.
71. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining rahbari vakolati doirasida tasdiqlangan xarajatlar smetasidagi mablag’larning maqsadli sarflanishi uchun javob beradi.
72. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati uning muassisi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq moliyalashtiriladi.
Muassislari davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari bo’lgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari mablag’lari hisobiga moliyalashtiriladi.
73. Quyidagilar davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mol-mulkini
va moliyaviy resurslarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag’lari;
tarbiyalanuvchining davlat maktabgacha ta’lim muassasasida bo’lgan davri uchun badal to’lovlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan shartnoma asosida pulli xizmat ko’rsatish, bino va inshootlarni, jihoz va anjomlarni ijaraga berishdan olingan daromadlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
mahalliy, xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
74. Tarbiyalanuvchining davlat maktabgacha ta’lim muassasasida bo’lgan davri uchun badal to’lovi miqdori va uni to’lash tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
To’lov bank muassasalari orqali tegishli g’aznachilik bo’limlarida ochilgan shaxsiy g’aznachilik hisobvaraqlariga naqd pul yoki pul o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi.
75. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasini moliyalashtirish belgilangan tartibda tasdiqlangan va ro’yxatdan o’tkazilgan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga byudjetdan tashqari qo’shimcha mablag’larning jalb etilishi byudjetdan moliyalashtirishning kamayishiga olib kelmaydi.
76. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida zarur moddiy-texnik baza hamda pedagog xodimlar mavjud bo’lgan taqdirda, ta’lim-tarbiya jarayoniga xalaqit bermagan holda pullik ta’lim-tarbiya xizmatlari ko’rsatiladi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida pullik qo’shimcha ta’lim-tarbiya xizmatlari ko’rsatish faoliyatining tashkil etilishi va ularga haq to’lash tartibi O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.


Yüklə 203,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin