Fikr agar yaxshi tarbiya topsa
Xanjar, olmosday bo’lur o’tkir
(Abdulla Avloniy).
Dars ma’sadi: Ushbu Nizomning maqsadi maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat."Maktabgacha ta'lim to'g'risidagi Nizom " haqidagi ma'lumotlar bilan talabalarni tanishtirish.
Identiv o'‘uv ma’sadilari: 1.1. Mavzuga oid adabiyotlar va huquqiy me'yoriy hujjatlar bilan ishlay oladi.
2.2. Maktabgacha ta’lim muassasasi ta’lim-tarbiya va sog‘lomlashtirish tashkiloti hisoblanib, uning asosiy vazifalari va maqsadini farqlay oladi.
3.3. Maktabgacha ta’lim tashkiloti belgilangan davlat normativlariga va maktabgacha ta’lim tashkilotiga qo`yiladigan talablarga muvofiq bolalarni tarbiyalashni, o‘qitishni, ularga qarab turish va ularni parvarish qilishni hamda sog‘lomlashtirishni ta’minlay oladi.
Kerakli jihozlar va materiallar: kompyuter , rangli kartochkalar,topshiri’lar yozilgan kartochkalar,nazorat uchun testlar,rangli rasmlar mavzuga oid video roliklar , "Maktabgacha talim to'g'risidagi Nizom" va slayd.
Ishning bajarilish tartibi: 1)Maktabgacha ta’lim va tarbiya — bolalarga ta’lim va tarbiya berishga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz ta’limni rivojlantirish haqida baxs olib borish.
2)Har bir bola uchun maktabgacha ta’lim va tarbiya olish imkoniyatining mavjudligi;
3)Har bir bolaning iste’dodi nishonalarini, ishtiyoqlari va qobiliyatlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar tengligi;
4)Maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarga ta’lim, tarbiya berish va ularni sog‘lomlashtirishning, oila hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyaviy ta’sirining birligi;
5)Maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiya berish uyg‘unligi;
6)Bolaning shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilgan shaxsiy yondashuv;
7)Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’limning izchilligi hamda uzluksizligi;
8)Ta’lim va tarbiyaning demokratik hamda dunyoviy xususiyatga egaligi;
9)Ta’lim-tarbiya jarayonining shaffofligi va ochiqligi;
10)Maktabgacha ta’lim va tarbiya mazmuni, darajasi hamda hajmining maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarning rivojlanish xususiyatlariga hamda sog‘lig‘i holatiga muvofiqligi kabi muammolarni o`rganish va bartaraf etish talabalar fikrni bilish.
11)Ushbu nizomni mukammal o'rganib ,ish faoliyati qo`llash;
12)Mavzuga oid talabalarga turli xil savollar yozilgan kartochkalarni tarqatish hamda test savollari orqali mavzuni qanchalik tushunganlarini aniqlash.
Dam oldirish daqiqasi: Oyoq uchida yurib,
qo’lni belga tushurib.
Aylana hosil qilib,
Mashqlarni bajarib.
Kichkina bola demang,
Aslo g’amimiz yemang.
Siz ham bola bo’lsangiz,
Bizdek sho’xlik ‘ilgansiz. qo'llarimiz ikkita.🙌
Barmog'imiz o'nta.👐
qo'limizni ko'taramiz.🖐🏽
qo'limizni silkitamiz.👋🏼👋🏼
O'tiramiz turamiz
qattiq chapak chalamiz👏🏻
Sekin chapak chalamiz👏🏿
Talabalarga mavzuga doir video roligimiz taqdim etiladi.
https://youtu.be/S6a7u4iyCj8
Ushbu video rolik haqida talabalar o`z fikr mulohazalarini bildiradilar .
Mashg'ulotimiz so'ngini ushbu hikmatli so'zimiz bilan yakunlaymiz.