Boshqarishning bevosita ko’rsatma berish usuli ko’proq sube’ktlarning buyruq, ko’rsatma, farmoyish, topshiriqlar berish yo’li bilan boshqarish manbaiga ta’sir ko’rsatishini ta’minlovchi usul va harakatlarni o’z ichiga oladi.
Boshqarishning mazkur usullari ta’lim muassasasidagi ta’lim- tarbiya jarayonida qatnashuvchilarning yuqori boshqaruv bo’g’inlari va ta’lim muassasasi ma’muriyati hamda pedagoglar kengashining qarorlari, boshqaruvchining buyruqlari va turli ko’rsatmalarni bajarish uchun MTM xodimlarining shaxsan javobgar bo’lishini ta’minlaydi.
Boshqarishda rag’batlantirishdan foydalanish metodlari. Ta’lim muassasasi ichki boshqaruv tizimida tarbiyachi va texnik xodimlarni rag’batlantirish ta’lim - tarbiya ishlarini takomillashtirish va uning sifat - samaradorligini yanada oshirishda muhim pedagogik ahamiyat kasb etadi.
Rag’batlantirish turlariga quyidagilar kiradi: joriy mukofotlash, ta’lim–tarbiya ishida alohida o’rnak ko’rsatgani uchun mukofotlash va hokazolar.
Pedagog xodimlarni ma’naviy jihatdan rivojlantirish usullari.Mehnatning ma’naviy omillari ma’naviy - siyosiy, ijodiy va boshqa omillarni o’z ichiga oladi. Ma’naviy - siyosiy omillarning negizi ilmiy dunyoqarash, tarixiy taraqqiyot istiqbollarini tushunish va qayta qurish tantanasiga ishonishdir. SHuning uchun ta’lim muassasasining peagoglar jamoasini boshqarishda ularning har birini siyosiy, ilmiy, metodik va umumpedagogik jihatdan saviyalarini oshirib borishi, shuningdek, ularga iqtisodiy bilimlar berish muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda ta’lim muassasasi xodimlarining ongi qanchalik yuqori bo’lsa, ularning pedagogik mehnat sohasidagi faoliyati, binobarin, o’quv - tarbiya bobidagi yutuqlari shunchalik yuksak bo’ladi.
Ijodiy izlanishning negizi - pedagoglik kasbiga mehr qo’yish, uni qadrlash, pedagog mehnatning o’zidan, uning natijalaridan qanoat hosil qilishdir. Bu omillardan samarali va o’rinli foydalanish ta’lim muassasasining ta’lim–tarbiya ishini yanada takomillashtirishda muhim rol o’ynaydi.