Hayotda muvaffa’iyatga erishish uchun uch narsa kerak; diqqat, intizom va harakat. (Jaloliddin Rumiy)
Adabiyotlar:
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son qarori;
2. Maktabgacha ta'lim to'g'risidagi Nizom ;
3., O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son qarori.
4.O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
MAKTABGACHA TA’LIM VA TARBIYA TO‘G‘RISIDA
Adabiyotlar.
Fodirova F.R, Toshpo’latova Sh., Kayumova N.M., Agzamova M.N. “Maktabgacha pedagogika” T.: Tafakkur, T- 2019. Darslik.
Sodiqova Sh.A. Maktabgacha pedagogika. T.: Tafakkur bo’stoni. 2013 y. Darslik.
Kayumova.N.M. Maktabgacha pedagogika. T.: TDPU -2013y. O’quv qo’llanma.
Djuraeva.D.R. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning zamonaviy tendensiyalari T.: 2015 y. O’zPFITI. Uslubiy qo’llanma.
Djuraev.R.X. Ta’lim menejmenti. T.: 2006y. O’quv qo’llanma.
F.R.Qodirova. Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va va metodikasi.
T- “ISTIQLOL, 2006 y. O’quv qo’llanma.
D.R. Babaeva. “Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi” T.: “Barkamol avlod fayz” 2018 y. Darslik.
”Ilk qadam” davlat o’quv dasturi, T- 2018 y.
Mashgulot turi: ma’ruza
Mavzu: Maktabgacha ta’lim sohasidagi qonun hujjatlarida ta’lim tizimini boshqarish
Mavzu rejasi: 1.
Tayanch tushunchalar: pedagogik tajriba-sinov ishlari, milliylik va umuminsoniylik qonuniyati, pedagogik kuzatish metodi, uzoq muddatli ilmiy kuzatish.
Adabiyotlar.
1. Xodjayev B.X., Choriyev A., Saliyeva Z.T. Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi.-T. Iqtisodiyot dunyosi, 2018.
2. Чориев А. Чориев И. Педагогиканинг фанлараро боглик методологияси –Т. Фан. 2011.
3.Чориев А. Чориев И. Педагогика тарихи методологияси –Т. Фан. 2011.
4.Туракулов Ч.А., Хасанбоев Ж.Ж.., Усманов Н.У., Алкаров И.SH., Туракулов О.Х. Илмий тадкикот асослари.-Т. “Fan va texnologiya» наshриёти, 2011.
5.Загвязинский В.И., Атаханов Р. Методология и метод’ психолого-педагогического исследования.-М. Академия, 2005.
Reja:
1. “Pedagogik boshqaruv” tushunchasining mohiyati.
2. Pedagogik boshqarish turlari.
3. Mudira tomonidan tashkil etiladigan pedagogik boshqaruvning muhim jihatlari.
5. Pedagogik jarayonda boshqaruv qarorlarini qabul qilish.
6. Pedagoglar jamoasida o`zaro munosabatni boshqarish.
Pedagogik jarayonni samarali boshqarishning mudira mahorati sifatida tan olinishi, boshqaruv mahoratini egallash, texnika va texnologiyasini chuqur o`rganish hozirgi zamon boshqaruvchisi faoliyatidan mustahkam o`rin olib kelmoqda. Ilmiy boshqaruv ta`limi XX asrning 80-90 yillarida paydo bo`lgan. Uning asoschisi amerikalik muhandis F.Teylor bo`lib, u “boshqaruvni ilmiy tashkil etish usuli va printsiplari” nomli kitobida boshqarishga ilmiy yondashish zarurligini ko`rsatib berdi.
“Pedagogik boshqarish” – ta`lim–tarbiya jarayonini rejalashtirilgan maromda amalga oshirish, tarbiyalash va o’qitish maqsadlariga erishish dasturini ro`yobga chiqarish uchun xizmat qiladigan pedagogik faoliyatdir.
Pedagogik boshqarish o`z xususiyatiga ko`ra quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Sub`ektlar nuqtai nazaridan:
a) mudiraning o`z-o`zini boshqarishi;
b) mudiraning pedagoglar jamoasini boshqarishi;
v) pedagoglar jamoasida pedagoglar o`rtasidagi o`zaro munosabatni boshqarish;
g) alohida pedagog xodimlarni boshqarish.
2. Faoliyat jarayoni nuqtai nazardan:
a) ta`lim jarayonini boshqarish;
b) tarbiya jarayonini boshqarish;
v) shaxsiy faoliyatni boshqarish.
Pedagogik faoliyatda o’z-o’zini boshqarish murakkab jarayon hisoblanadi. Shuning uchun o’zini yaxshi idora eta oladigan mudiraga xos xarakterlarni aniqlash muhim ahamiyatga egadir quyida ayni ko’rsatkichlar keltirilgan.
Tananing sog’ligi.
Zararli (yomon) odatlarning yo’qligi.
harakatchan va bardoshli bo’lish.
Hayotga, ishga vazmin va muvozanatli yondashish.
Ruhiy zarbalarga dosh bera olish qobiliyati.
Vaqtdan samarali boshqarish qobiliyati.
Yuqoridagi boshqarishning barcha muammolari o’zaro boglangan. Biz qulay bo’lishi uchun bu muammolarni to’rt qismga bo’lib tadbiq qilamiz:
Jismoniy sogliqni saqlab turish.
Kuchni oqilona sarflash.
Qiyinchiliklarni bartaraf eta olish.
Vaqtdan samarali foydalana bilish.
Pedagoglar jamoasi mustaqil tashkilotdir, ammo u pedagogik rahbarlikka, ya’ni boshqarishga muhtojdir. Pedagoglarni o’z holiga tashlab qo’yish va ularning faoliyatlarida, ular shaxsining tarkib topishida yordam bermaslik mumkin emas. Ayni vaqtda, pedagoglar jamoasiga nisbatan ma’muriyatchilik, buyruqbozlik yo’liga ham o’tib olmaslik zarur; pedagoglarning mustaqilligi hamda tashabbusini bo’g’ib qo’ymasdan, pedagoglar jamoasi faoliyatini mohirlik bilan boshqarmoq, pedagoglarda jamoa xatti-harakat hamda jamoa uchun qayg’urish tajribalari to’planishiga yordam ko’rsatmoq lozim.
Pedagoglar jamoasiga rahbarlik qilish, uni tashkil etish va jipslashtirishda - faolllar bilan ishlashni yo’lga qo’yish katta ahamiyatga ega. Ishonarli, ishchan faollarni aniqlash uchun mudira pedagoglarning faoliyatini, guruh ishlariga kim qanday munosabatda bo’lishini kuzatishi, har bir pedagog bilan shaxsan suhbatlashib, ijtimoiy ish bilan shug’ullanish istagini bilishi, ishning uddasidan chiqadigan bolalarni aniqlashi zarur.
Mudira yoki pedagoglar jamoasi shunday ishlarni tanlab olishi kerakki, bu ishlar barcha pedagoglar hamda har bir pedagogning qiziqishiga javob bersin.
Maktabgacha ta’lim muassasalarini kuzatish istiqbollarni belgilashning ikki asosiy metodi borligini ko’rsatdi:
a) mudiraning o’zi pedagoglar oldiga vazifa qo’yadi, bunda u ana shu vazifalarni hal etish yo’llarini ko’rsatadi va pedagoglarni qiziqtirishga intiladi;
b) pedagoglarning o’zlari qiziqarli tadbirlarni ilgari suradilar, mudira bu tashabbusni qo’llab-quvvatlaydi hamda amalga oshirish usullarini topishda yordam beradi.
Birinchi metod pedagoglar jamosini tarkib toptirishning dastlabki bosqichida, ikkinchisi esa, ancha yuqoriroq bosqichida, mudira tomonidan qo’yilgan talabni guruh faoli jamoasi qo’llab-quvvatlaydigan davrida qo’llanadi.
Shunday qilab, pedagoglar faoliyatini uyushtirishda faqat istiqbolni qo’yish uning mazmunini to’g’ri belgilashgina emas, balki bu tadbirlarni amalga oshirish va muddatini belgilash ham ahamiyatlidir.
Yosh jamoada yoki quyi guruh pedagoglaridan tashkil topgan jamoada ishni yaqin istiqbollarni qo’yishdan boshlagan ma’qul.
Mudira pedagoglar jamoasini tarbiyalash bilan birga, har qaysi pedagog shaxsini ham tarkib toptiradi. Ular mustahkam jipslashgan jamoada biror ishni boshlaganlarida pedagoglarning faoliyati hamda tashabbusiga, jamoat fikriga tayanadilar. Pedagogning hurmat-obro’si qanchalik baland bo’lmasin, u baribir to’g’ri tashkil etilgan pedagoglar jamoasicha ta’sir ko’rsata olmaydi.
Pedagoglar jamoasi pedagog va pedagoglar orasidagi yangi turdagi munosabatlarning qaror topishiga imkon yaratadi. Mustahkam jipslashgan pedagoglar jamoasi mavjud bo’lgan taqdirda, pedagog xodimlarga to’g’ridan-to’g’ri emas, balki bavosita,jamoa orqali, ularning o’z hamkasblari orqali ham tahsir etish imkoniyatiga ega bo’ladi. Buning natijasida tarbiya ishida, A.S.Makarenko aytganidek, “parallel ta’sir etish pedagogikasi” muvaffaqiyatli tarzda qo’llanadi. Jamoa qanchalik mustahkam jipslashgan bo’lsa, unda tarbiyachilar va pedagoglar jamoasi jamoat fikrining parallel ta’siri shunchalik ko’proq namoyon bo’ladi.
Ta’lim muassasalarida pedagoglar jamoasi birgalikda olib boriladigan ijtimoiy-foydali faoliyat (mashg’ulotlar, sayrlar, o’yinlar va boshqa shu kabilar) vositasida jipslashgan pedagoglarning barqaror birlashmasidir. U pedagoglarning jamoa faoliyatida musta’illiklari va tashabbuslari orqali taraqqiy etib, mustahkamlanib boradi. Maqsadlarning birligi, umumiy mas’uliyat, sog’lom jamoat fikri, ijobiy an’analar va jozibali istiqbol, ko’tarinki shod-xurramlik kayfiyati, ishonch va yuksak talabchanlik muhiti, jamoatchilik va o’zaro yordam, tan’id, tan’id ‘ilish va tanqidni to’g’ri tan olish ko’nikmasining mavjudligi jipslashgan jamoa uchun xarakterlidir.
Mudiraning ishida muomalaning turli bosqichlarida uning emotsional kayfiyati: faoliyatga hozirlik ko’rish jarayonida, uni amalga oshirish davrida, muomala amalga oshgandan keyingi his qilinadigan sezgilarda va kechinmalarda muhim rol o’ynaydi. SHu tariqa biz kasbiy-pedagogik muomalani amalga oshirish uchun juda muhim bo’lgan pedagogning psixik holatlari va ularni faoliyat va muomala jarayonida boshqarish muammosiga oydinlik kiritamiz.
Kasbiy-pedagogik faoliyat jarayonida ijodiy kayfiyatni bosh’arish muammolari juda muhimdir. Darsga bo’lgan psixologik rag’bat, sinf bilan bo’ladigan muomalaga rag’bat, o’zaro fikr almashish ilhomi deyilgan ilhomning vujudga kelishi va amalga oshirilishi murakkab jarayondir.
Pedagog xodimlar bilan muomalada kishi o’zini boshqara bilishi nihoyatda zarurdir. Mudiraning yomon, tushkun, noijodiy kayfiyati darhol umuman jamoaning ijodiy kayfiyatiga ta’sir qiladi, birgalikdagi faoliyatning samaradorligini pasaytiradi. Ijodiy kayfiyatni boshqarishning taklif etilgan tizimi o’z ustida muntazam yo’naltirilgan ish olib borishni talab qiladi.
Pedagoglar bilan muomala jarayonida va bevosita undan oldin ijodiy kayfiyatni boshqarish – pedagog mehnatining eng muhim kasb-korlik talabi bo’lib, u pedagogning sinfda, bolalar bilan muomalada va shu kabilarda erkin bo’lishini, xulq-atvorining samarali bo’lishini ta’minlaydi.
Pedagogik jarayonda samarali boshqarish qobiliyatini aniqlash uchun mudiraning o’sishini ta’minlash imkonini bermaydigan cheklanishlarni aniqlash lozim bo’ladi. Buning uchun keyingi o’n yil mobaynida o’z ahamiyatini saqlab qoladigan quyidagi tajriba va qobiliyatlar pedagoglik faoliyatini tanlagan mutaxassisida bo’lishi kerak:
O’z-o’zini boshqarish.
Shaxsiy qadr-qimmatini bilish.
Ma’sadni aniq belgilay olish.
Bilimni mukammalllashtirib borish (ongni takomillashtirish).
Muammolarni yechish tajribasini o’rganish.
Ijodkorlik, yangilikka ijobiy yondashish tajribasini o’rganish.
Pedagoglarga, voqelikka ta’sir etish kuchiga ega bo’lish.
Zamonaviy boshqarish uslublarini egallash.
Pedagoglar jamoasiga ta’sir ko’rsata olish va ahil jamoani tashkil eta bilish.
Pedagogik boshqaruvda mudiraning o’z-o’zini boshqara olishi muhim ahamiyat kasb etadi. Quyida o’zini boshqarish qobiliyatiga ega bo’lgan va ega bo’lmagan pedagoglarga xos jihatlarni taqqoslab ko’ramiz:
O’zini boshqarishni bilmaydigan mudiralar:
a) o’z sog’lig’iga e’tiborsizlik bilan qaraydi;
b) me’yoridan ortiqcha mehnat qiladi;
v) dam olish uchun vaqt ajratish xususiyati yo’q;
g) his-tuyg’ularini erkin ifodalay olmaydi;
d) vaqtdan samarasiz foydalanadi;
e) his-tuyg’ulari bilan boshqarishga halaqit beradi;
j) pedagoglar bilan oqilona muomalada bo’lmaydi;
z) muvaffaqiyatsizlik bilan kelisha olmaydi;
i) o’zining qadr qmmatini baholay olmaydi;
y) o’ziga ortiqcha baho beradi va o’zini aytganini doimo ma’qullaydi;
k) pedagoglarga mustaqil ishlashga yo’l bermaydi;
l) aksariyat hollarda o’zini ojiz sezadi.
2. O’zini boshqarishni biladigan mudiralar:
a) sog’lig’ini saqlash uchun harakat qiladi;
b) ish vaqti cheklangan bo’ladi;
v) ish faoliyatini rejalashtiradi va dam olish uchun vaqt ajratadi;
g) his-tuyg’ularini erkin ifodalay oladi;
d) va’tdan o’ilona foydalanishga harakat qiladi;
e) kuch-quvvatini his etadi;
j) pedagoglar bilan o’qilona muomalada bo’ladi;
z) muvaffaqiyatsizlikni tabiiy jarayon deb biladi;
i) o’zigi va bajargan ishiga tanqidiy munosabatda bo’ladi;
y) o’z imkoniyati va qobiliyati darajasidagi ishilarni bajaradi.
K) aksariyat hollarda o’zini kuchga to’lgan va yaxshi kayfiyatda his etadi.
Nazorat savollari:
“Boshqaruv” tushunchasining mazmunini izohlab bering.
Pedagogik boshqaruv qanday turlarga bo’linadi?
Pedagog boshqaruv jarayonida qanday kamchiliklarga yo’l qo’yishi mumkin emas?
Dostları ilə paylaş: |