O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


Boshqarishning tashkiliy-ma’muriy usuli



Yüklə 203,04 Kb.
səhifə23/64
tarix21.09.2023
ölçüsü203,04 Kb.
#146448
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   64
mttda ish hujjatlari majmua

Boshqarishning tashkiliy-ma’muriy usuli. Boshqarish usullari tizimida alohida o’rinni egallaydi. Ular boshqaruv bo’g’inlarining o’zaro bog’lanib ishlashining boshqaruv munosabatlarini aks ettirib, boshqariluvchi mansablarga ma’muriy ta’sir ko’rsatishining butun mexanizmini ifodalaydi. Boshqaruv bo’g’inlari tomonidan amalga oshiriladigan boshqarish aktlari ikki turga bo’linadi: normativ aktlar va shaxsiy aktlar. Boshqaruvga oid normativ aktlarda aniq muayyan shaxs bo’lmaydi: ular biror sharoitga tadbiqan olinadigan umumiy hatti–harakat qoidalarini o’z ichiga oladi va ko’pincha uzoq vaqtga mo’ljallangan bo’ladi. Boshqarishning shaxsiy aktlari esa muayyan sub’ektlarga qaratilgan bo’ladi.
Tashkiliy usullarni tashkiliy ko’rsatma va farmoyish berish yo’li bilan ta’sir ko’rsatishga bo’lish keng tarqalgan. Tashkiliy ma’muriy ta’sir ko’rsatish turli tashkiliy choralarni masalan, MTMni boshqarishning tashkiliy mazmuni va mundarijasini belgilash, ichki tartib qoidalarni o’rnatish va shu kabilarni o’z ichiga oladi. Farmoyish, ko’rsatma va buyruq berish yo’li bilan ta’sir ko’rsatish barcha boshqarish bo’limlarining ishlanishi kunda tezkorlik bilan ta’minlab turishdan iborat balib, unga ko’rsatmalar berish, yozma shakldagi yoki og’zaki beriladigan buyruqlar vositasi bilan erishiladi.
Boshqarishning ijtimoiy—psixologik usullari maktab xodimlariga ta’sir etish usullaridan biri bo’lib, ular ta’lim muassasasining pedagoglar jamoasini, ulardagi "psixologik iqlimni", har bir hodisaning shaxsiy xususiyatlarini va hokazolarni o’rganishga asoslanadi.
Boshqarishning ijtimoiy - psixologik usullarini ikkita asosiy turga: a) har bir xodimga jamoa orqali ta’sir ko’rsatishga hamda, b) bo’ysunuvchilar bilan yakka holda ish olib borishga bo’lish mumkin.
Boshqarishning huquqiy usullari. Mamlakatimiz xalq xo’jaligi tarmoqlarini hamda o’quv maskanlarini asosan davlat yo’li bilan boshqarish ma’muriyatlar tizimida huquqiy vositalardan tobora kengroq foydalanish amalga oshirilmoqda. Huquqiy vositalar deganda ijtimoiy munosabatlarga yuridik ta’sir ko’rsatish vositalarining jami tushuniladi.
Huquq mezonlari davlat tomonidan chiqariladi, agar jamoat tashkilotlari tomonidan chiqarilsa, davlat tomonidan tasdiqlanadi.
Huquq mezonlari turli qonuniy xujjatlar, nizomlar, ko’rsatmalar, instruktiv–metodik ko’rsatmalar, buyruqlar, farmoyishlar, qarorlar va hokazolar shakliga kiritiladi.
Moddiy javobgarlik korxonalar, tashkilotlar, o’quv yurtlari, maktabgacha ta’lim va maktabdan tashqari bolalar muassasalari, internat —maktablari, bolalar uylari, shuningdek, ayrim mansabdor shaxslarning zimmasiga xo’jalik faoliyatining (muassasalari rahbarlarining xo’jalik ishlari bilan shug’ullanuvchi o’rinbosarlari va xodimlari) natijalari uchun yuklanadigan ma’suliyatdir. Moddiy javobgarlik turli jarimalarda, peniyalarda va hokazolarda ifodalanadi.

Yüklə 203,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin