O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


-bob. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish va uning faoliyatini nazorat qilish



Yüklə 203,04 Kb.
səhifə22/64
tarix21.09.2023
ölçüsü203,04 Kb.
#146448
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   64
mttda ish hujjatlari majmua

6-bob. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish va uning faoliyatini nazorat qilish

32. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini muassis tomonidan tayinlanadigan rahbar boshqaradi.


Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri lavozimiga qo’yiladigan malaka talablariga muvofiq bo’lishi kerak.
33. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatini nazorat qilish muassis tomonidan, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
34. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tomonidan maktabgacha ta’limga qo’yiladigan davlat talablari va ta’lim-tarbiya dasturlarining bajarilishini nazorat qilish ushbu sohadagi vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
35. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o’tkazish, ularning faoliyatini vaqtincha to’xtatib turish va to’xtatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
7-bob. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini moliyalashtirish
va moddiy-texnik ta’minoti
36. Muassis nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga mol-mulkni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda biriktiradi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi o’ziga biriktirilgan mol-mulkni
va o’ziga ajratilgan mablag’lar hisobiga sotib olingan mol-mulkni qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi.
37. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati uning muassisi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq moliyalashtiriladi.
38. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini moddiy-texnik jihatdan ta’minlash muassislar tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalari uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalardan past bo’lmagan miqdorda amalga oshiriladi.
8-bob. Yakuniy qoidalar
39. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida maktabgacha ta’lim muassasasining asosiy faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan tashkilotlarning, shu jumladan siyosiy partiyalar va harakatlarning tashkil etilishiga va faoliyat ko’rsatishiga yo’l qo’yilmaydi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim va tarbiya dunyoviy xususiyatga ega bo’ladi.
40. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etilishi, qayta tashkil etilishi, tugatilishi mumkin.
41. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining xalqaro hamkorligi, pedagog kadrlarning amaliyot o’tashi va ularning malakasini oshirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

MTM ichidagi boshqaruvini to’g’ri tashkil etishda boshqarish usullarining roli benihoya kattadir. Boshqarish usullari tarbiyachi, texnik xodimlarga, umuman muassasa jamoasiga ta’sir ko’rsatish vositasi bo’lib, bu vositalar o’rtaga qo’yilgan maqsadlarga erishish jarayonida mazkur xodimlar va jamoalarning faoliyatini uyg’unlashtirishni ta’minlaydi.


SHuning uchun ham MTM ichki boshqaruvini tashkil qilish va uni amalga oshirishda maktab rahbarlarining boshqarish usullarini to’g’ri tanlashi va undan o’z o’rnida to’g’ri foydalanishlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Boshqarish usullarini ularda aks etadigan ta’lim muassasasi ishiga taalluqli bo’lgan munosabat turlariga qarab tasnif qilish bilan bir qatorda, bu usullarni ta’lim muassasasi xodimlarining faoliyat motivlarini hisobga olgan holda ularga ta’sir etish nuqtai nazaridan ham farq qilish lozim. SHu o’rinda quyidagi motivlarni ajratib ko’rsatish mumkin:
a) har bir ta’lim muassasasi xodimining huquq va burchlaridan kelib chiqadigan
faoliyat motivlari (majburiy motivlar);
b) moddiy manfaatlardan kelib chiqadigan motivlar;
v) ma’naviy (ruhiy) motivlar.
SHunga ko’ra boshqarish usullarini ham quyidagicha bo’lish mumkin:

  1. Boshqarishning tashkiliy-ma’muriy usullari.

  2. Boshqarishning ijtimoiy-psixologik usullari.

  3. Boshqarishning huquqiy usullari.

  4. Boshqarishning bevosita ko’rsatma berish usullari.

  5. Boshqarishda rag’batlantirishdan foydalanish usullari.

  6. Kadrlarni ma’naviy jihatdan rivojlantirish usullari.

  7. Boshqarishda kuzatish usullari.

  8. Ta’lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish usullari.


Yüklə 203,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin