O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


O’QUV MATERIALLARI. MA’RUZA MASHG’ULOTLAR



Yüklə 203,04 Kb.
səhifə2/64
tarix21.09.2023
ölçüsü203,04 Kb.
#146448
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
mttda ish hujjatlari majmua

O’QUV MATERIALLARI. MA’RUZA MASHG’ULOTLAR

NAMANGAN-2022


Mashgulot turi: ma’ruza
Mavzu: Maktabgacha ta’limni tashkil etishning huquqiy-me’yoriy asoslari.
Mavzu rejasi:
1. O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasining umumiy qoidalari
2. Maktabgacha ta’lim tizimining joriy holati va uni rivojlantirishdagi mavjud muammolar
3. Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishning maqsadlari va ustuvor yo’nalishlari
4. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
5. Konsepsiyaning amalga oshirilishini monitoring ‘ilish
Tayanch tushunchalar: Konsepsiya, maktabgacha ta’lim tizimining joriy holati, konsepsiyasining umumiy qoidalari, ustuvor yo’nalishlar, monitoring qilish.
O’tgan davr mobaynida mamlakatimizda o’sib borayotgan avlodni sog’lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta’limning samarali tizimini tashkil etish bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi.
Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari sonini yanada oshirish va ular ko’rsatadigan xizmatlar turlarini kengaytirish uchun mustahkam poydevor bo’ldi.
Shu bilan birga, olib borilgan tahlil, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrovini ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalarini zamonaviy o’quv-metodik materiallar va badiiy adabiyotlar bilan to’ldirish, sohaga malakali pedagog va boshqaruv kadrlarini jalb qilish masalalarini hal etish zarurligini ko’rsatmoqda.
1.O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasining umumiy qoidalari
O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o’rinlarda — Konsepsiya) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3955-son qarorini ijro etish maqsadida ishlab chiqilgan bo’lib, 2030-yilgacha maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni o’z ichiga oladi.
Konsepsiya O’zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’limni rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari, ustuvor yo’nalishlari, o’rta va uzoq muddatli istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishga yo’naltirilgan dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos bo’ladi.
2.Maktabgacha ta’lim tizimining joriy holati va uni rivojlantirishdagi mavjud muammolar
3 — 7 yoshdagi bolalarning umumiy sonidan (2,5 mln) 932 310 nafari (37,7 foiz), shundan shaharlarda 500 236 nafari (20,2 foiz) va qishloq joylarda 432 074 nafari (17,4 foiz) maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan.
Respublika aholisining umumiy soni 2019-yil 1-yanvar holatiga 32,7 mln kishini tashkil qildi. O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasining ma’lumotlariga ko’ra, aholining uzoq muddatli o’rtacha o’sish sur’atlari 1,7-1,8 foizni tashkil qiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar o’rtasida o’lim koeffitsiyentining boshqa barcha yosh guruhlariga nisbatan pastligini inobatga olganda, 3 — 7 yoshdagi bolalar sonining o’sish sur’atlari butun aholining o’sishiga qaraganda yuqoridir.
O’zbekistonda yashovchi 3 — 7 yoshdagi 2,5 milliondan ortiq bolalarning 67,8 foizi Samarqand (12,1 foiz), Farg’ona (10,8 foiz), Qashqadaryo (10,5 foiz), Andijon (9,3 foiz), Surxondaryo (8,5 foiz), Namangan (8,4 foiz) va Toshkent (8,2 foiz) viloyatlarida istiqomat qiladi. Davlat statistika qo’mitasining ma’lumotlariga ko’ra, har yili O’zbekiston Respublikasida 700 mingdan ortiq bola tug’iladi, bu esa maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tushadigan yukni oshiradi.
Chunonchi, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tushadigan umumiy ortiqcha yuk respublika bo’yicha 12 foizni tashkil qilsa, uning eng yuqori darajasi Qoraqalpog’iston Respublikasida (21 foiz), Jizzax (35 foiz) va Buxoro (21 foiz) viloyatlarida, eng past darajasi esa Surxondaryo (9 foiz) va Farg’ona (9 foiz) viloyatlarida, shuningdek Toshkent shahrida (6 foiz) kuzatilmoqda.
Umuman, mamlakat bo’yicha 3 — 7 yoshdagi har 100 nafar bolaga maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 28,1 ta joy to’g’ri keladi.
So’nggi 20 yil ichida maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 45 foizdan ziyodga qisqargan. Bunday qisqarish ko’proq Andijon, Farg’ona, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari kabi tug’ilish darajasi yuqori bo’lgan hududlarda kuzatildi. Bugungi kunda O’zbekistondagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 55 foizdan ortig’i Toshkent shahriga (14,8 foiz), Farg’ona (12,6 foiz), Toshkent (9,8 foiz), Namangan (9 foiz) va Samarqand (8,9 foiz) viloyatlariga to’g’ri keladi.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish sohasida davlat siyosatini muvaffaqiyatli yuritishga to’sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolar va kamchiliklar saqlanib qolmoqda, ular qatorida quyidagilarni sanab o’tish mumkin:
maktabgacha yoshdagi bolalarning to’liq qamrab olinishini ta’minlash uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlari sonining yetarli emasligi;
qishloq joylarda maktabgacha ta’limning past darajada rivojlanganligi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnik holati lozim darajada emasligi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining malakali pedagog kadrlar bilan jamlanmaganligi;
maktabgacha ta’lim tizimida boshqaruv kadrlarining tanqisligi va ular malakasining pastligi;
ota-onalarning bola shaxsining shakllanishida maktabgacha ta’limning ijobiy jihatlari va foydasi haqida yetarlicha ma’lumotga ega emasligi;
zamonaviy o’quv-metodik materiallar va ko’rgazmali qurollarning yetishmasligi;
alohida ehtiyojli bolalar uchun mavjud maktabgacha ta’lim tashkilotlarining texnik jihozlanishi va uslubiy ta’minoti darajasining pastligi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tibbiy xizmat ko’rsatish sifati va tibbiyot xodimlarining malakasi zamon talablariga to’liq javob bermasligi.


3.Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishning
maqsadlari va ustuvor yo’nalishlari
Ushbu Konsepsiyaning maqsadi bola hayoti va faoliyatining barcha sohalarini rivojlantirishni ta’minlovchi muhim manba bo’lgan sifatli maktabgacha ta’limdan foydalanish mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat.
Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari quyidagilardir:
maktabgacha ta’lim sohasidagi me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish;
maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish;
bolalarni sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish ko’lamini oshirish, undan teng foydalanishi imkoniyatlarini ta’minlash, mazkur sohada davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish;
maktabgacha ta’lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg’or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
maktabgacha ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirishning shaffofligi va samaradorligini ta’minlash;
maktabgacha ta’lim tizimiga xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga mutlaqo yangi yondashuvlarni joriy etish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sog’lom va balanslashtirilgan oziq-ovqat, sifatli tibbiy parvarish bilan ta’minlash.

Yüklə 203,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin