O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


§4. Maktabgacha ta’lim tizimiga ilg’or pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish



Yüklə 203,04 Kb.
səhifə4/64
tarix21.09.2023
ölçüsü203,04 Kb.
#146448
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
mttda ish hujjatlari majmua

§4. Maktabgacha ta’lim tizimiga ilg’or pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish
Maktabgacha ta’limni yanada rivojlantirishning eng muhim yo’nalishlaridan biri ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishdir.
So’nggi vaqtlarda ushbu yo’nalishda Maktabgacha ta’limni boshqarishning axborot tizimini (EMIS), shuningdek, bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga Davlat xizmatlari markazlari yoki O’zbekiston Respublikasi Interaktiv davlat xizmatlarining yagona portali orqali qabul qilish bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatish tizimlarini joriy etish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi (keyingi o’rinlarda — Vazirlik) tomonidan ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ilg’or o’qitish shakllari, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish orqali tarbiyalanuvchilarning har tomonlama rivojlanishi ta’minlanmoqda.
Shu bilan birga, maktabgacha ta’limning hozirgi holati telekommunikatsiya infra tuzilmasini yanada rivojlantirishni, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining keng polosali Internet tarmog’iga ulanishini ta’minlashni, ma’naviy yetuk yosh avlodni tarbiyalashning samarali tashkiliy va pedagogik shakllarini va usullarini ishlab chiqishni taqozo etadi.
Maktabgacha ta’lim sohasida innovatsion jarayonlarni rivojlantirish va joriy etish maqsadida quyidagi tadbirlarning amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda:
1) Vazirlik axborot xavfsizligining munosib darajasini ta’minlash, yagona axborot maydonini yaratish;
2) maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish sohasida ilg’or xalqaro tajribani o’rganish, umumlashtirish va joriy etish maqsadida xorijiy mamlakatlarga o’quv safarlarini tashkil qilish;
3) maktabgacha ta’lim sohasida dasturiy vositalar, axborot ma’lumotlar bazalari, multimedia mahsulotlarini ishlab chiqish va ularni maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatida qo’llash;
4) Maktabgacha ta’limni boshqarishning axborot tizimini (EMIS) yanada takomillashtirish va rivojlantirish, ma’lumotlarni kiritish va tezkor almashish uchun mobil ilovalarni yaratish;
5) o’quv va o’quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini tayyorlash va nashr etishni tashkil qilish, raqamli ta’lim resurslari, uydan turib masofali ta’lim berish va ota-onalar bilimini oshirish texnologiyalarini joriy etish;
6) maktabgacha yoshdagi bolalarni erta rivojlantirish sohasida ilmiy tad’qiqotlar olib borish, ilg’or ilmiy ishlanmalar va texnologiyalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga integratsiya qilish;
7) innovatsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida xo’jalik yurituvchi subyektlar, startap-loyihalar tashabbuskorlari, olimlar, moliyaviy institutlar va boshqa manfaatdor shaxslar o’rtasidagi o’zaro hamkorlikni kengaytirish uchun zarur tashkiliy-texnik va moliyaviy-iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratish;
8) maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarining innovatsion axborot-kommunikatsiya va pedagogika texnologiyalari sohasidagi bilimlari va malakasini oshirish, innovatsion ta’lim muhitini tashkil qilish;
9) birinchi bosqichda har bir tuman tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotini, keyinchalik esa respublikaning har bir maktabgacha ta’lim tashkilotini Internet tarmog’iga chiqadigan personal kompyuterlar bilan ta’minlash.
§5. Maktabgacha ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirishning shaffofligi va samaradorligini ta’minlash
So’nggi yillarda maktabgacha ta’limni boshqarish tizimida institutsional islohotlar amalga oshirildi:
Vazirlik va uning joylardagi hududiy bo’linmalari tashkil etildi;
zamonaviy boshqaruv shakllarini joriy etish maqsadida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida Kuzatuv kengashlari tashkil etildi;
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg’armasi tashkil etildi, uning asosiy vazifalari maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnik holatini yaxshilash, maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash tadbirlarini hamda Vazirlik faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan boshqa tadbirlarni moliyalashtirishdan iborat;
Toshkent shahrining uchta tumanida hamda Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida sinov rejimida jon boshiga normativ moliyalashtirish joriy etilmoqda;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini rag’batlantirish maqsadida ularga qo’shimcha pullik xizmatlar ko’rsatish huquqi berilgan.
Shu bilan birga, maktabgacha ta’limni boshqarish va moliyalashtirish tizimini yanada takomillashtirish qo’shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirishni taqozo etadi, ular qatorida:
1) maktabgacha ta’lim tizimida davlat talablarining monitoringi va ularga rioya etilishining samarali mexanizmlarini yaratish;
2) Maktabgacha ta’lim vazirligi va uning hududiy bo’linmalari faoliyatining shaffofligi va ochi’ligini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarga axborot berishning zamonaviy shakllarini joriy etish, jamiyat va biznes bilan o’zaro hamkorlikda orti’cha ma’muriy ovoragarchiliklarga barham berish;
3) Vazirlikning bosh’aruv jarayoniga ishni rejalashtirish va tashkil ‘ilishning zamonaviy innovatsion usullarini, sifat menejmenti tizimlarini, ani’ natijalarga erishishga ‘aratilgan ma’sadli indikatorlarni, xodimlarni tanlab olish, motivatsiya ‘ilish, rivojlantirish va baholash usullarini joriy etish;
4) jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, aholi bilan ochiq muloqotni, jumladan, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yo’lga qo’yishning yangi samarali mexanizmlari va usullarini joriy etish;
5) maktabgacha ta’lim tashkilotlarining turlari, shakllari va ixtisoslashtirilganligini hisobga olgan holda, butun respublika bo’yicha maktabgacha ta’limni jon boshiga normativ moliyalashtirishni izchil joriy etish;
6) maktabgacha ta’lim sohasida budjetdan moliyalashtirishni boshqarishdagi yangi yondashuv sifatida, maktabgacha ta’lim tashkilotlari xizmatlariga davlat buyurtmasini joriy etish;
7) davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ishlashdan maqsadlarini hamda tovarlar va xizmatlarni tabiiy ko’rinishda iste’mol qilishning oqilona me’yorlarini hisobga olgan holda ularni moliyalashtirishning yangi normativlarini ishlab chiqish hisobiga maktabgacha ta’lim xizmatlaridan keng aholi qatlamlari foydalanishini ta’minlash;
8) moliyaviy nazorat, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan budjet qonunchiligi buzilishining oldini olish va profilaktikasini amalga oshirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish;
9) maktabgacha ta’lim tizimiga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish, ular ishtirokidagi amaldagi loyihalarni qo’llab-quvvatlash.
§6. Maktabgacha ta’lim tizimiga xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga mutlaqo yangi yondashuvlarni joriy etish
Sifatli maktabgacha ta’limni berish asoslaridan biri boshqaruv va pedagog kadrlarni tayyorlash darajasi va ularning professionalizmi hisoblanadi.
O’tgan davr mobaynida ushbu yo’nalishda keng ko’lamli ishlar bajarildi. Chunonchi, “Maktabgacha ta’lim” bakalavriat ta’limi yo’nalishi bo’yicha oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish kvotalari oshirildi, mazkur yo’nalishda o’qish muddati uch yilgacha qisqartirildi.
Respublika maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish o’quv-metodik markazi negizida Maktabgacha ta’lim tashkilot direktorlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tashkil etildi va unga maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarida zamonaviy menejment va pedagogik texnologiyalar bo’yicha bilim va ko’nikmalarni shakllantirish vazifasi yuklatildi.
Shu bilan birga, maktabgacha ta’lim sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning amaldagi tizimini tahlil qilish quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarurligidan dalolat beradi:
1) xalqaro talablarga javob beradigan yagona ko’p darajali uzluksiz ta’lim tizimini yaratish;
2) ta’lim va amaliyotni integratsiyalashtirgan holda xalqaro ta’lim standartlari, o’quv-metodik reja va dasturlar, interaktiv va muammoli-vaziyatli o’qitish usullari va treninglari, ilg’or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
3) maktabgacha ta’lim tizimi xodimlariga qo’yiladigan malaka talablarini yanada takomillashtirish, ularning faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini hamda pedagog xodimlarning kasbiy standartini ishlab chiqish va tasdiqlash;
4) ta’lim jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish yo’li bilan maktabgacha ta’lim sohasida kadrlar malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, shuningdek, maktabgacha ta’lim sohasida kadrlar malakasini oshirish tizimini tashkil qilish uchun, shu jumladan mamlakat hududlarida, ta’lim muassasalari sonini oshirish;
5) maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarining xorijdagi yetakchi universitetlarda, ilmiy markazlarda va boshqa ta’lim tashkilotlarida stajirovka o’tashini tashkil qilish;
6) Vazirlikning pedagogika kollejlari faoliyatini tashkil qilish, ularni malakali professor-o’qituvchilar tarkibi bilan ta’minlash choralarini ko’rish;
7) xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan uzoq muddatli munosabatlarni yanada rivojlantirish, maktabgacha ta’lim sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun O’zbekiston Respublikasida ularning filiallarini ochish;
8) tajriba almashish, ta’lim-tarbiya jarayoni sifatini oshirish bo’yicha sa’y-harakatlarni birlashtirish ma’sadida pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan shug’ullanuvchi ta’lim va ilmiy-tadiqot, shu jumladan xorijiy mamlakatlarning muassasalari bilan samarali idoralararo hamkorlikni chuqurlashtirish;
9) o’zlariga yuklatilgan xizmat vazifalarini eng yuqori professional darajada bajara oladigan, yuqori intellektual qobiliyat va axloqiy xislatlarga, chuqur kasbiy bilimlarga ega eng malakali xodimlarni saralab olishda raqobat muhitini ta’minlaydigan kadrlarni shaffof tanlov asosida tanlashning yangi mexanizmlarini joriy etish;
10) maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarini moddiy rag’batlantirish va ijtimoiy qo’llab-quvvatlash dasturlarini ishlab chiqish;
11) maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlariga zaruriy kasbiy kompetensiyalar ro’yxatini o’z ichiga olgan talablarni belgilash, sertifikatlash tizimini joriy etish;
12) strategik boshqaruv, moliyaviy va NR-menejment asoslarini majburiy joriy etgan holda, maktabgacha ta’lim tizimida boshqaruv kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish.

Yüklə 203,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin