O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


§1. Maktabgacha ta’lim sohasida me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish



Yüklə 203,04 Kb.
səhifə3/64
tarix21.09.2023
ölçüsü203,04 Kb.
#146448
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
mttda ish hujjatlari majmua

§1. Maktabgacha ta’lim sohasida me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish sohasidagi davlat siyosati ishlab chiqilayotgan me’yoriy-huquqiy bazada o’z aksini topadi.
Maktabgacha ta’lim sohasi ko’plab qonun hujjatlari bilan tartibga solinishiga qaramay, maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko’rsatishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish talab etiladi.
Shu munosabat bilan, Konsepsiyani amalga oshirish doirasida maktabgacha ta’lim sohasida me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish bo’yicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
1) ilg’or xorijiy tajribani hisobga olgan holda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishga qo’yiladigan amaldagi davlat talablarini qayta ko’rib chiqish hamda quyidagilarni nazarda tutuvchi Maktabgacha ta’limning davlat standartini ishlab chiqish:
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida shakllantirilishi lozim bo’lgan bilimlar, ko’nikmalar va mahoratlarga qo’yiladigan talablarni;
bolalarni parvarishlash, ularga qarash, sog’lig’ini saqlash va yaxshilash bo’yicha xizmatlar ko’rsatish tartibini;
2) maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini moddiy resurslar, oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash normativlarini tasdiqlash;
3) maktabgacha ta’limning muqobil shakllari faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
4) maktabgacha ta’lim tashkilotlarining namunaviy ustavlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
5) kasalliklarning profilaktikasi va diagnostikasi tartibini takomillashtirish, shuningdek, idoralararo o’zaro hamkorlik mexanizmlari orqali bolalarni psixologik-tibbiy-pedagogik qo’llab-quvvatlashni ta’minlash;
6) maktabgacha ta’limni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan xalqaro me’yorlar va standartlarni implementatsiya qilish;
7) maktabgacha ta’lim tashkilotlarida innovatsion pedagogik faoliyatni va uni moliyaviy qo’llab-quvvatlashni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.
§2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish
Maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratish maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishning mavjud tartibini qayta ko’rib chiqishni hamda maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko’rsatishning zamonaviy usullarini joriy etishni talab qiladi.
Ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish bolalarning rivojlanganligi darajasini va ularning umumiy boshlang’ich ta’limga tayyorligini, shuningdek, ularning ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, jismoniy va ijodiy rivojlanishini baholash asosida amalga oshirilishi lozim.
Bunda bolalarda Vatanga muhabbat hissini, oilaga, o’z xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga hurmat, atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona munosabatni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilishi lozim.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida quyidagilar nazarda tutiladi:
1) maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini, shuningdek, bolaning rivojlanishi va uning umumiy boshlang’ich ta’limga tayyorligini kompleks baholashning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish;
2) maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun o’quv-metodik, didaktik materiallar va badiiy adabiyotlarni tanlab olishni va ekspertizasini ishlab chiqilgan tartibga muvofiq o’tkazish;
3) maktabgacha ta’limning muqobil shakllari uchun yangi o’quv-metodik materiallarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
4) “Ilk ‘adam” davlat o’quv dasturini keng joriy etish;
5) tarbiyalanuvchilarning yakka tartibdagi ish daftarlari, kartochkalar, tarqatma va sanoq materiallari mazmuni va dizaynini o’rnatilgan talablarga muvofiq ishlab chiqish;
6) rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy buzilishlari bo’lgan bolalar ta’limining kompleks texnologiyalarini ishlab chiqish, inklyuziv ta’lim, eng yangi reabilitatsiya va abilitatsiya usullarini keng joriy etish, ularning izchil ijtimoiylashuvi va umumiy maktabgacha ta’lim umumiy tizimi integratsiyalashuviga ko’maklashadigan moslashtirilgan dasturlar va yakka tartibdagi ta’lim yo’nalishlarini ishlab chiqish;
7) maktabgacha ta’limda fanlarni rivojlantiruvchi muhitning innovatsion texnologiyalari va modullarini ishlab chiqish, maktabgacha va umumiy boshlang’ich ta’lim izchilligining mazmun va protsessual komponentlarini optimallashtirish;
8) mashg’ulotlar davomiyligining eng maqbul vaqtini va ularning ketma-ketligini aniqlash maqsadida o’quv rejalari va ta’lim dasturlarini optimallashtirish;
9) bolalarni sog’lom turmush tarzini yuritishga o’rgatish, gimnastika va faol o’yinlar bo’yicha mashg’ulotlar o’tkazish orqali tarbiyalanuvchilarda jismoniy tarbiya mashg’ulotlari va sportga qiziqish uyg’otishni shakllantirish, jismonan sog’lom o’sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash;
10) maktabgacha yoshdagi bolalarning badiiy-estetik va musiqiy tarbiya hamda ta’lim darajasini oshirish, erta yoshdan boshlab STEAM o’qitish asoslarini joriy etish;
11) bolaning kelgusida o’zini o’zi muvaffaqiyatni namoyon qilishi uchun asos sifatida ijtimoiy-emotsional ko’nikmalarni rivojlantirish;
12) maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qatnamaydigan bolalar uchun ta’lim xizmatlari turlari: pullik ta’lim xizmatlari, qisqa muddatli guruhlar va boshqalarni kengaytirish.
§3. Bolalarni sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish ko’lamini oshirish, undan teng foydalanishi imkoniyatlarini ta’minlash, sohada davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish
Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish ko’lamini oshirish bo’yicha vazifalarni hal etish birinchi navbatda maktabgacha ta’lim tashkilotlari quvvatlarini oshirishni taqozo etadi.
Maktabgacha ta’lim tizimini moliyalashtirishning hozirgi hajmi, tug’ilishning o’sishi dinamikasi saqlanib qolayotgan bir paytda, maktabgacha yoshdagi bolalarning qamrovini mavjud darajada saqlab turishni ta’minlab beradi, ammo uning o’sishiga yordam bermaydi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag’larining cheklanganligini e’tiborga olib, nodavlat sektor maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni o’sishining harakatlantiruvchi kuchlaridan biri bo’lishi, davlat-xususiy sherikchiligi esa xususiy tadbirkorlik subyektlarini maktabgacha ta’lim tizimiga jalb etishning asosiy mexanizmiga aylanishi lozim.
Maktabgacha ta’limning hammabopligini, shu jumladan respublikaning olis tumanlarida hamda maktabgacha ta’limning standart shakllarini kengaytirish qiyin bo’lgan joylarda ta’minlash yangi muqobil shakllarni joriy etish hisobiga ham amalga oshirilishi lozim.
Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishni ta’minlash bo’yicha maqsadli ko’rsatkichlarga erishish uchun quyidagi tadbirlar amalga oshirilishini nazarda tutadi:
1) O’zbekiston Respublikasining rivojlantirish davlat dasturlari doirasida va boshqa manbalardan ajratiladigan mablag’lar hisobidan yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ‘urish va mavjudlarini rekonstruksiya ‘ilish;
2) maktabgacha ta’lim sohasida ‘ulay investitsiya muhitini yaratish, xususiy sektorni maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ‘uvvatlarini oshirishga yanada rag’batlantirish va manfaatdorligini oshirish;
3) maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sherikchiligini, jumladan uning quyidagi shakllarini yanada rivojlantirish:
mavjud davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini rekonstruksiya qilish va jihozlash sharti bilan xususiy sherikka nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil qilish uchun yer uchastkalarini yoki mavjud davlat ta’lim tashkilotlari binolarini bepul asosida berish;
ko’p kvartirali turar joy binolari quruvchilari uchun davlat buyurtmasini joylashtirish;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini xususiy sherikka ishonchli boshqaruvga berish;
konsessiya asosida qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun yer uchastkasi yoki bino ajratish;
homiylik va boshqalar;
4) fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarini nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil qilishda uslubiy qo’llab-quvvatlash;
5) bo’sh turgan davlat mulki obyektlari va sobiq maktabgacha ta’lim muassasalarining ishlamayotgan binolari negizida maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil qilish maqsadida ularni xatlovdan o’tkazish;
6) hamma joyda bolalarni umumiy boshlang’ich ta’limga bepul majburiy bir yillik tayyorlashning yagona tizimini joriy etish;
7) maktabgacha ta’limning moslashuvchan ish jadvali hamda rivojlantiruvchi, tuzatuvchi xizmatlar va tadbirlarning keng ko’lamini o’z ichiga olgan quyidagi muqobil shakllarini joriy etish va rivojlantirish:
har xil yoshdagi bolalar uchun qisqa muddatli maktabgacha ta’lim guruhlari — “Pley-guruhlar”;
maktabgacha yoshdagi bolalarga uyiga borib maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko’rsatish dasturi — “Nome visits”;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari korporativ guruhlari va boshqalar;
8) yengil qurilish konstruksiyalari va zamonaviy energiya samarador materiallar va texnologiyalardan foydalangan holda, shinamlik va ekologik xavfsizlik talablariga muvofiq quriladigan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining yangi binolar loyihalarini ishlab chiqish (shu jumladan rivojlanishida jismoniy va ruhiy buzilishlari bo’lgan bolalar uchun to’siqsiz muhit elementlarini hisobga olgan holda);
9) maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog’ini kengaytirish va samarali tashkil qilish zaruratini hisobga olgan holda, qurilayotgan turarjoy komplekslari va boshqa obyektlarni kerakli ijtimoiy infratuzilma bilan ta’minlash;
10) respublikaning barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ichimlik suvi, isitish tarmog’i, elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan, shu jumladan zamonaviy energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish yo’li bilan bosqichma-bosqich ta’minlash;
11) ta’lim xizmatlarini ko’rsatishning variativligi hisobiga rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy buzilishlari bo’lgan bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish ko’lamini oshirish;
12) maktabgacha ta’limning bola shaxsini shakllantirishdagi roli va muhimligi haqida tushuntirish tadbirlarini olib borish, ushbu faoliyatga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik va ota-onalarni faol jalb qilish.

Yüklə 203,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin