9-bob. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining javobgarligi
77. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi:
mazkur Nizom va o’z Ustavida nazarda tutilgan vazifa va funktsiyalarning bajarilmaganligi;
ta’lim dasturlarining to’liq hajmda bajarilmaganligi, amalga oshirilayotgan ta’lim dasturlarining sifati;
ta’lim jarayonini tashkil etishning qo’llanayotgan shakllari, metodlari
va vositalarining bolalarning yosh, ruhiy-fiziologik xususiyatlariga, qobiliyatiga, layoqatiga, qiziqishlariga va ehtiyojlariga nomuvofiqligi;
muassasada tarbiyalanayotgan bolalarning ta’lim jarayoni vaqtidagi hayoti
va sog’lig’i uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
10-bob. Yakuniy qoidalar
78. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida uning asosiy faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan tashkilotlarning, shu jumladan siyosiy partiyalar
va harakatlarning tashkil etilishiga va faoliyat ko’rsatishiga yo’l qo’yilmaydi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasidagi ta’lim-tarbiya dunyoviy xarakterga ega.
79. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi muassis tomonidan tashkil etilishi, qayta tashkil etilishi va tugatilishi mumkin.
80. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi tugatilgan taqdirda uning pul mablag’lari va mol-mulkidan, uning majburiyatlarini qoplash bo’yicha to’lovlar chegirilgan holda, qonun hujjatlariga va o’z Ustaviga muvofiq foydalaniladi.
Vazirlar Mahkamasining
2017 yil 19 iyuldagi
528-son qaroriga
2-ILOVA
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi to’g’risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarining maqsadi va vazifalarini, uning faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish faoliyatini tartibga soladi.
2. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi yuridik shaxs hisoblanadi va o’z ustaviga, mustaqil balansiga, bank hisob raqamlariga, o’z nomi ko’rsatilgan muhrga ega bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |