O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


-bob. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish



Yüklə 203,04 Kb.
səhifə15/64
tarix21.09.2023
ölçüsü203,04 Kb.
#146448
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   64
mttda ish hujjatlari majmua

5-bob. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish
18. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalar qabul qilinadilar.
19. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish tuman (shahar) hokimliklarining qarori bilan tashkil etilgan xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limlari huzuridagi Davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilish bo’yicha qabul komissiyasi (keyingi o’rinlarda qabul komissiyasi deb ataladi) tomonidan yo’llanma asosida amalga oshiriladi.
20. Qabul komissiyasi xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo’limi huzurida besh kishidan iborat quyidagi tarkibda tashkil etiladi:
qabul komissiyasi raisi – xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo’limi mudiri;
qabul komissiyasi a’zolari – davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri, metodisti va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi vakili.
qabul komissiyasi kotibi – xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo’limining maktabgacha ta’limi bo’limi mutaxassisi.
21. Muassislari mahalliy davlat hokimiyati organlari bo’lgan davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish qabul komissiyasining qaroriga binoan xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash
va tashkil etish tuman (shahar) bo’limlari tomonidan mazkur Nizomning
1-ilovasida keltirilgan shaklda beriladigan yo’llanmalari asosida amalga oshiriladi.
Muassislari boshqa tashkilotlar bo’lgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilish ularning muassislari tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. Bo’sh o’rinlar mavjud bo’lgan taqdirda, ushbu davlat maktabgacha ta’lim muassasalari bolalarni xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo’limlarining yo’llanmalari bo’yicha shartnoma asosida qabul qilishi mumkin.
22. Qabul komissiyasi tomonidan haftaning seshanba va juma kunlari bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga joylashtirish masalasida fuqarolar qabul qilinadi.
23. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga yo’llanma olish uchun ota-onalar yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar (keyingi o’rinlarda ota-onalar deb yuritiladi) tomonidan qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilish bo’yicha yo’llanma berish to’g’risida ariza;
bolaning tug’ilganligi haqidagi guvohnomasining nusxasi;
bolaning otasi yoki onasining pasporti nusxasi;
yashash joyidan ma’lumotnoma;
ota-onasining ish joyidan ma’lumotnoma (agar ishlasa).
Bolaning tug’ilganligi haqidagi guvohnomasi va ota-onasi pasportining asl nusxasi qabul komissiyasi tomonidan ko’rilib, hujjatlar qabul qilinganidan so’ng egasiga qaytariladi.
24. Quyidagi bolalar:
I va II guruh nogironlari;
ko’p bolali oilalarning bolalari;
harbiy xizmatchilarning bolalari;
talabalar va pedagoglarning bolalari;
chin yetim va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalar davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilishda imtiyozlardan navbatsiz foydalanadilar.
Imtiyozlardan foydalanuvchi bolalarning ota-onalari imtiyoz berilishi uchun asos bo’ladigan hujjatlarni qabul komissiyasiga taqdim etadilar.
25. Taqdim etilgan hujjatlar qabul komissiyasi tomonidan yetti kunlik muddat ichida ko’rib chiqilib, quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
bolani ota-onalar tomonidan yozilgan arizada ko’rsatilgan davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilish uchun yo’llanma berish to’g’risida;
ota-onalar tomonidan yozilgan arizada ko’rsatilgan davlat maktabgacha ta’lim muassasasida bo’sh o’rin bo’lmagan hollarda topshirilgan hujjatlarni navbatga qo’yish to’g’risida;
ota-onalar tomonidan yozilgan arizada ko’rsatilgan davlat maktabgacha ta’lim muassasasida bo’sh o’rin bo’lmagan hollarda, ota-onalarning xohishiga ko’ra tegishli hududdagi bo’sh o’rin (joy) mavjud bo’lgan boshqa davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga yo’llanma berish to’g’risida.
Qabul komissiyasining qarori haqida uch kunlik muddat ichida ariza beruvchilarga ma’lum qilinadi.
26. Qabul komissiyasi kotibi quyidagi hujjatlarni yuritadi:
mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi qabul komissiyasining qaroriga asosan beriladigan yo’llanmalarni qayd qilish daftari;
mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi qabul komissiyasining qaroriga asosan yo’llanma olish uchun navbatga qo’yilganlarni qayd qilish daftari.
Daftarlar raqamlangan, tikilgan va tegishli xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo’limi mudiri tomonidan imzolangan hamda muhrlangan bo’lishi shart. Ularning yuritilishi tegishli yilning 2 sentyabridan boshlanib, 31 avgustida tugatiladi hamda 3 yil mobaynida saqlanadi.
27. Berilgan paytdan boshlab 15 kunlik muddat ichida tegishli davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga taqdim etilmagan yo’llanma o’z kuchini yo’qotadi.
28. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining mudirlari tomonidan davlat maktabgacha ta’lim muassasasidagi mavjud bo’sh o’rinlar haqida qabul komissiyasiga har oyning birinchi sanasidan kechikmay yozma ma’lumot kiritiladi.
Bo’sh o’rinlar haqidagi ma’lumot davlat maktabgacha ta’lim muassasasining mudirlari tomonidan imzolanadi va ularning to’g’riligi va o’z muddatida kiritilishi uchun davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri shaxsan javobgar hisoblanadi.
29. Qabul komissiyasi tomonidan yo’llanmalar davlat maktabgacha ta’lim muassasalaridagi bo’sh o’rinlar haqidagi ma’lumotlarga asosan beriladi.
30. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalanayotgan bolani boshqa davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga ko’chirish qabul komissiyasi tomonidan yangidan yo’llanma berish orqali o’rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
31. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining har bir guruhidagi bola soni me’yori kamida 20 nafar bo’lishi, biroq 25 nafardan ortiq bo’lmasligi lozim.
32. Guruhlarni boshqa yoshdagi guruhdan o’tgan bolalar bilan to’ldirish o’quv yili oxiridan yangi o’quv yiliga qadar (iyunь, iyulь, avgust oyida), yangi qabul qilinayotganlar bilan to’ldirilishi o’rinlar bo’shashiga qarab amalga oshiriladi.
33. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida o’quv yili har yili 2 sentyabrdan boshlanadi, keyingi yilning 1 iyunida tugallanadi va yangi o’quv yili boshlangunga qadar sog’lomlashtirish davri davom ettiriladi.
34. Tarbiyalanuvchilar soni davlat maktabgacha ta’lim muassasasi quvvatidan ortiq bo’lgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilishni vaqtincha to’xtatish hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tomonidan berilgan xulosaga ko’ra xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo’limlari huzuridagi qabul komissiyasining qarori asosida amalga oshiriladi.
Tarbiyalanuvchilar soni belgilangan me’yordan kamaygan yoki bolalarni qabul qilish uchun sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq shart-sharoit yaratilgan taqdirda, hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markaziga xabar bergan holda xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo’limlari huzuridagi qabul komissiyasining roziligi bilan davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalar qabul qilinadi.


Yüklə 203,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin