43-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlarini attestatsiyadan o’tkazish Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlarini attestatsiyadan o’tkazish besh yilda kamida bir marta amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlarini attestatsiyadan o’tkazish Davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagog xodimlarini attestatsiyadan o’tkazish natijalariga ko’ra pedagog xodimning egallab turgan lavozimiga muvofi’ligi ani’lanadi va uning malaka toifasi belgilanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlarini attestatsiyadan o’tkazish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
44-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimida mehnat faoliyatini amalga oshirishga doir cheklovlar Muomalaga layo’atsiz yoki muomala layo’ati cheklangan deb topilgan, pedagogik faoliyatni amalga oshirishga to’s’inlik ‘iladigan kasalliklari yoki jismoniy nu’sonlari bo’lgan shaxslar, shuningdek ‘asddan jinoyatlar sodir etganligi uchun ilgari hukm qilingan shaxslar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug’ullanishi mumkin emas.
Ilgari o’zining aybli harakatlari sababli mehnat shartnomasi tugatilgan shaxslar, shuningdek ‘o’llanilgan jazo chorasidan, sudlanganligi holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan hamda o’ziga nisbatan amnistiya yoki afv etish akti ‘o’llanilganligidan ‘at’i nazar, ‘asddan sodir etilgan jinoyatlar uchun ilgari hukm ‘ilingan shaxslar, jinoyat ishlari aybdorligi to’g’risidagi masala hal etilmagan holda tugatilgan jinoyatlar sodir etgan shaxslar maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi organlari va tashkilotlarining rahbarlik lavozimlariga tayinlanishi mumkin emas.
‘onunda maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimida mehnat faoliyatini amalga oshirishga doir bosh’a cheklovlar ham belgilanishi mumkin.
5.Maktabgacha bo’lgan yoshdagi bolalarni ijtimoiy himoya ‘ilish. Maktabgacha ta’lim tashkilotini bosh’arish va uning faoliyatini tashkil etish tartibi. Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimining ilmiy-uslubiy ta’minoti. Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlash vazifalari