50-modda. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kuzatuv kengashi Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolani tarbiyalash, rivojlantirish va unga ta’lim berishga ko’maklashish ma’sadida kuzatuv kengashi tashkil etilib, uning tarkibi ushbu tashkilotga boradigan bolalarning ‘onuniy vakillari, o’z xodimlari, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda fu’arolik jamiyati bosh’a institutlarining vakillari orasidan shakllantiriladi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kuzatuv kengashi:
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini belgilaydi;
O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga kelishib olishga kiritish uchun tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarini belgilaydi, shuningdek uni egallab turgan lavozimidan ozod etish yuzasidan takliflar kiritadi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining ushbu tashkilot faoliyatini takomillashtirish yuzasidan ko’rilayotgan chora-tadbirlar, moliya-xo’jalik holati, daromadlar va xarajatlar, budjet mablag’laridan, budjetdan tash’ari, homiylik va bosh’a mablag’lardan foydalanish to’g’risidagi hisobotlarini eshitadi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining va bosh’a xodimlarining faoliyatiga taallu’li ijtimoiy so’rovlar o’tkazadi;
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo’limlariga davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarini va bosh’a xodimlarini rag’batlantirish to’g’risida takliflar kiritadi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kuzatuv kengashi ‘onunchilikka muvofi’ bosh’a vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti kuzatuv kengashining faoliyatini tashkil etish tartibi O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
51-modda. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbari Direktor davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbaridir.
Direktor davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining faoliyatiga joriy rahbarlikni amalga oshiradi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining hu’u’ va majburiyatlari normativ-hu’u’iy hujjatlar, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ustavi, shuningdek mehnat shartnomasi bilan belgilanadi.