O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 203,04 Kb.
səhifə51/64
tarix21.09.2023
ölçüsü203,04 Kb.
#146448
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   64
mttda ish hujjatlari majmua

Mashgulot turi: ma’ruza-5
Mavzu: : Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktoriga oid ish hujjatlar.
Mavzu rejasi: 1. Мaktabgacha ta’lim tashkilotining pedagogik kengashi.
2.MTTda ota-onalar bilan tuzilgan shartnomalar va ularning yuritilishi.
Tayanch tushunchalar: Pedagogik kengash, tashkilot rahbari, metodist
Reja:

  1. Maktabgacha ta’lim muassasasida pedagogik Kengash, uning maqsad va vazifalari.

  2. Pedagogik Kengash tashkil etish tamoyillari.

  3. Pedagogik Kengashni tashkil etish va boshqarishda uslubchi-mudira hamkorligi.

  4. Maktabgacha ta’limni tizimli va vaziyatli boshqaruv tamoyillari.

Pedagogik kengash jamoa pedagoglari fikrini ifodalovchi, bolalar bilan olib boriladigan ta'lim-tarbiyaviy masalalarni kollegial ko'rib chiqadigan doimiy ishlovchi organ, metodik mahorat maktabi va ilg'or tajriba minbaridir. Maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri Pedagogik kengash raisi hisoblanadi. Pedagogik kengashga quyidagi masalalar: bolalar bilan olib boriladigan ta'lim-tarbiyaviy ishlar darajasini oshirish, ularni hal qilish yo'llarini izlash; muassasa ish amaliyotga pedagogika fanining yutuqlari va ilg'or pedagoglar tajribasini joriy qilish; tarbiyachilarning pedagogik mahoratini oshirish, ularning ijodiy faolligini rivojlantirish kiritiladi. Pedagogik kengash Maktabgacha ta’lim vazirligi, maktabgacha ta'lim bo'yicha buyruq, yo'l-yo'riq, nizom va boshqa me'yoriy hujjatlarni; maktabgacha ta'lim muassasasining yillik ish rejasini; bolalar sog'ligini mustahkamlash tadbirlarini; har bir yosh guruhlari bo'yicha «Ilk qadam» dasturining sifatli bajarilishi jarayonini; ish amaliyotiga joriy qilish maqsadida tarbiyachilarning ilg'or tajribalarini; maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiya berishning dolzarb masalalarini, tarbiyachilarning nazariy va metodik tayyorgarliklarini oshirish masalalarini va maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyatining boshqa masalalarini muhokama qiladi.


Pedagogik kengashlar kun tartibini belgilashda barcha qatnashchilarni qiziqtiruvchi mavzuning kengligini, dolzarbligini ta'minlash zarur. Faqat shundagina Pedagogik kengashda ish muhiti hukm suradi, masalalar muhokamasi sermahsul va faol bo'ladi. Pedagogik kengash tarkibiga: metodist, tarbiyachilar, musiqa rahbari, maktabgacha ta'lim muassasasiga xizmat ko'rsatuvchi shifokor, katta hamshirasi, kasaba uyushma, ota-onalar qo'mitasining raisi hamda vasiylik kengash raislari kiradi. Pedagogik kengash yig'ilishiga jamoat tashkilotlarining vakillari, maktablar o'qituvchilari, maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining ota-onalari taklif etilishi mumkin. Pedagogik kengash maktabgacha muassasaning yillik ish rejasiga kiritilgan va pedagoglar Pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlangan reja bo'yicha ishlaydilar. Maktabgacha ta'lim muassasalarida kollegial organ hisoblangan Pedagogik kengashlar tashkil etilib, u pedagogik xodimlar, ota-onalar, homiylarni birlashtirib, maktabgacha ta'limda davlat talablari asosida muvofiqlashtirilgan ta'limtarbiya jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Pedagogik kengash maktabgacha ta'lim muassasasidagi ta'lim-tarbiya jarayonidagi asosiy masalalarni hal etuvchi doimiy faoliyat ko'rsatadigan organ hisoblanadi. Pedagogik kengashning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: - ta'lim muassasasi pedagogik jamoa faoliyatini yo'naltirish, tarbiyalanuvchilarning egallashi lozim bo'lgan bilim, malaka va ko'nikmalarini rivojiantirish, "Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari”ning bajarilishini ta'minlash; - ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish samaradorligini oshirishda maqbul lozim-sharoitlar yaratishga doir qarorlar qabul qilish; - pedagog xodimlarning nufuzi va metodik salohiyatini oshirish, ularning tashabbuskorligini qo'llab-quvvatlash va rivojiantirish bo'yicha maqsadli ishlarni tashkil etish; - pedagog xodimlarning nufuzi va metodik salohiyatini oshirish, ularning tashabbuskorligini qo'llab-quvvatlash va rivojiantirish bo'yicha maqsadli ishlarni tashkil etish; - pedagogik jamoaning ma’lum yo'nalishlardagi faoliyatini tahlil qilish va yakuniy xulosa berish; - ilg'or pedagoglarning ish tajribalarini o'rganish, ommalashtirish, yosh pedagoglarga metodik yordam ko'rsatish ishlarini amalga oshirish yo'llarini belgilash; - "Ustoz-shogird" an'analari, uzluksiz malaka oshirish borasida olingan hisobotlar yuzasidan xulosalar tayyorlash va ularning bajarilishini nazorat qilish; - tarbiyalanuvchilarga umuminsoniy va milliy qadriyatlarga asoslangan ma'naviy-axloqiy hislarni singdirish, bola shaxsini shakllantirishda ta'lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish; - ta’lim oluvchilarni ma'naviy yuksak, umuminsoniy va milliy ruhda, o'z vatani, xalqini ardoqlovchi shaxs sifatida tarbiyalash yuzasidan takliflar berish.
PEDAGOGIKA KENGASHI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH VA UNING ISH MAZMUNI.
- Maktabgacha ta'lim muassasasi rahbari Kengashning raisi hisoblanadi va uning faoliyatini boshqaradi. Pedagogika kengashi kotibi jamoa tomonidan bir yil muddatga saylanadi. - kengash yig'ilishlari o'quv yili avvalidan boshlanib, har chorakda bir marta o'tkaziladi. Zaruriyat bo'lgan hollarda navbatdan tashqari Pedagogika kengashi o'tkazilishi mumkin. - kengash a'zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashib, ulardan ko'pchiligi yoqlab ovoz bersalar, qaror qabul qilingan hisoblanadi. Ovozlar teng bo'lgan taqdirda, Kengash raisining qarori hal qiluvchi hisoblanadi. - navbatdan tashqari chaqirilgan yig'ilishda esa kengash a'zolarining kamida uchdan bir qismi ishtirok etishi kerak. - ovoz berish tartibi kengash yig'ilishida ochiq ovoz berish yo'li bilan belgilanadi. - pedagogika kengashi tarkibiga muassasa shifokori va hamshira, kasaba uyushma raisi, ota-onalar (vasiylik kengashi) qo'mitasi raisi, mahalla fuqarolar yig'ini a’zolari kirishi mumkin. - kengashni o'tkazish vaqti, joyi va kun tartibi muassasada bir oy oldin e'lon qilinadi. 584 - kengashda muhokama etiladigan materiallar doimiy hamda vaqtinchalik tashkil topgan guruhlar yoki muassasa ma'muriyati tayinlagan pedagoglar tomonidan tayyorlanadi. - kengashda muassasaning ish rejasi, malaka oshirish rejasining bajarilishi, nazorat turlari bo'yicha o'rganish xulosalari, xodimlarning hisobotlari, tarbiyalanuvchilarning o'zlashtirishi, muassasaning sanitar-gigiyenik ahvoli va tarbiyalanuvchilarning sog'lig'i va muassasa faoliyatining boshqa masalalari ko'rib chiqiladi. - kengash pedagoglarning ilg'or ish tajribalarini o'rganish, umumlashtirish va ommalashtirish, yosh pedagoglarga yordam uyushtirish ishlarini amalga oshirish yo'llarini belgilaydi. - kengashda mashg'ulot ishlanmalari, tarbiya jarayonining shakl va metodlarini amalga oshirish yo'llari muhokama qilinadi, tarbiyalashning ilg'or usullarini joriy etish bo'yicha tajriba-sinov ishlarini olib borish, oliy ta'lim institutlari, jamoat va nodavlat tashkilotlari, maktab, mahalla bilan hamkorlik qilish yo'nalishlarini belgilaydi. - kengash ta'Iim-tarbiya jarayonini tashkil etishda pedagogik jamoaning ma'lum yo'nalishlardagi faoliyatini tahlil qiladi va ta'lim samaradorligini oshirishda maqbul lozim-sharoitlar yaratishga oid yakuniy xulosa chiqaradi va tegishli qaror qabul qiladi. Malaka oshirish kursidan qaytgan pedagoglarning hisobotlarini tinglaydi. - kengashda kun tartibidagi masalalarni ko'rishdan oldin avvalgi kengashda qabul qilingan qarorlarning ijrosi haqidagi masala eshitiladi va ijrosi ta’minlangan har bir masala yuzasidan qabul qilingan qarorlar nazoratdan olinadi. ~ kengash kun tartibida ko'rilayotgan har bir masala aniq ifodalangan bo'lishi, masalalar o'quv yilining asosiy vazifalaridan kelib chiqqan holda kiritilishi lozim. Kengashda ko'riladigan masalalar soni uchtadan oshmasligi zarur. - Kengash qarori ijrosini nazorat qilish muassasa rahbari zimmasiga yuklatiladi. Pedagogika kengashi huquqlari - Pedagogika kengashi maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyatini rivojiantirish yo'nalishining istiqbol rejasini belgilaydi. - maktabgacha ta'lim muassasasining o'z oldiga qo'ygan maqsad va vazifalarning bajarilish yo'llarini belgilab beradi va ijrosini ta'minlaydi. - Ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishda turli shakl va metodlarni ishlab chiqadi. - O'z vakolati doirasida ishlab chiqilgan hujjatlarni muhokama qiladi va tegishli qarorlar qabul qiladi. - Pedagoglarning malaka oshirishdan keyingi amalga oshiradigan vazifalari yuzasidan ishlab chiqilgan istiqbol ish rejasini tasdiqlaydi va ularning ijrosi ta’minlanishini nazorat qiladi. - Maktabgacha ta'lim muassasasi Ustaviga muvofiq pedagog xodimlarni rag'batlantirish va jazolash bo'yicha masalalarni hal qiladi. V. Pedagogika kengashi bayonnoma daftarining yuritilishi - Kengash bayonnomasi yoziladigan daftarning kirish qismida kengash o'tkaziladigan sana, bayonnoma tartib raqami, qatnashgan pedagoglar soni, kengash raisi va kotibining ismi, sharifi yoziladi, qatnashmagan pedagoglarning qatnasha olmaslik sabablari ko'rsatilgan holda familiyalari tartib bo'yicha yozib chiqiladi. - Bayonnomalar daftarida Pedagogika kengashi kun tartibiga kiritilgan masala muhokamasi, kengash a’zolari kiritgan taklif va mulohazalar hamda kun tartibidagi har bir masala yuzasidan qabul qilingan qarorlar qayd etib boriladi. Kun tartibiga "Turli masalalar" yoki "Boshqa masalalar"ning kiritilishiga yo'l qo'yilmaydi. - Bayonnomalarda yo'l qo'yilgan xatoliklar izohlanadi va kengash raisining imzosi bilan tasdiqlanadi. Bayonnomalar 586 aniq, ozoda, ravon husnixat bilan yoziladi, daftarning har bir sahifasi raqamlanadi, tikiladi. - Bayonnomalar daftari maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo'limi mudiri tomonidan, nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari uchun muassis tomonidan imzolanadi va muhrlanadi. - Kengash bayonnomasi Pedagogika kengashi raisi va kotibi tomonidan imzolanadi va muhrlanadi. - Pedagogika kengashi bayonnomasi har o'quv yili boshida yangidan raqamlanadi, VI. Pedagogika kengashi hujjatlari - Pedagogika kengashi hujjatlari ta'lim muassasasining ish yuritish hujjatlari bilan birga saqlanadi. Pedagogika kengashi hujjatlari quyidagilardan iborat: bayonnoma va pedagogika kengashi kun tartibida muhokama qilingan masalalarga oid materiallar. Pedagogika kengashi hujjatlari muassasada uch yil davomida saqlanadi. Ilg'or pedagogik tajribani umumlashtirish Tarbiyachilarning eng yaxshi tajribalarini o'rganish, barcha ilg'or tajribalarini tahlil qilish va amaliyotga joriy etish maktabgacha ta’lim muassasasi metodik ishining asosi bo'lishi kerak. Tajribani o'rganish va umumlashtirish guruhlardagi tarbiyaviy ishlar holatini tizimli tarzda tahlil qilinishini nazarda tutadi. Tajribani o'rganishning asosiy yo'llaridan biri guruhlarga rejali tarzda kirish va pedagogik jarayon hamda kun tartibi jarayonlarining turli jihatlarini kuzatishdir. Ana shu kuzatishlar asosida tarbiyachining ishi, bolalarning xatti-harakatlari va xilma-xil faoliyatlari haqida tasavvur tarkib topadi. Metodistning kuzatishlar! maxsus daftarida fotoyozuv, tanlab yozish va shu kabilar tarzida qayd etiladi. Pedagogik kabinetning ishi Maktabgacha ta'lim muassasasidagi butun metodik ishning markazi pedagogika kabinetdir. Pedagogik jarayonni uyushtirish, ota-onalar bilan ishlash, pedagogik mahoratlarini oshirish vamustaqilo'qishlarini tashkil qilishdatarbiyachilarga amaliy yordam ko'rsatishdagi yetakchi rol pedagogika kabineti zimmasidadir. Pedagogika kabineti maktabgacha ta'lim muassasasi an'analari jamg'ariladigan joydir. Metodistning vazifasi jamg'arilgan tajribaga «jon ato qilib» tushunarli qilish, tarbiyachilarni bolalar bilan ishlashda ularni ijodiy qo'llashga o'rgatishdir. Pedagogika kabinetida to'g'ri yo'lga qo'yilgan ish barcha xodimlarning metodik tayyorgarligini oshirishga, xususan, bolalarni har tomonlama rivojiantirish vazifalarini hal qilishga yordam beradi. Pedagogik kabinetining asosiy vazifasi maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalariga metodik yordam ko'rsatish, ularning g'oyaviy-siyosiy va ilmiy-metodik saviyalarining, pedagogik mahoratlariningo'sishi uchun sharoityaratishdir. Maktabgacha ta'lim muassasalardagi pedagogika kabineti, shuningdek, ilg'or pedagogik tajriba to'planadigan, umumlashtiriladigan va tarqatadigan boshlang'ich markaz hamdir. Kabinetning muhim vazifalaridan biri tarbiyachilarga o'z mehnatlarini ilmiy asosda tashkil qilishlarida yordam ko'rsatishdir. Pedagogika kabineti bu vazifalarni hal etishi uchun metodist kabinetdagi materiallar mazmuniga oshirilgan talablar qo'yishi, uni tizimilashtirish va puxta o'ylab chikishi kerak.
Pedagogika kabinetida tarbiyachilarni kabinetda mavjud materiallar bilan tanishtirish, yaxshi tajribani tashviqot qilish va yoyish maqsadida «axborot xizmati» uyushtiriladi. Axborot xizmati xilma-xil axborot byulletenlari, bolalar ta'limi va tarbiyasiga doir ayrim masalalar bo'yicha «axborot kunlari», yangi kitoblar annotatsiyasi havolasi bilan «Metodik adabiyotlar yangiliklari», «Tajriba, muammo, amaliyot», «Metodik burchak» stendlari va hokazolar bo'lishi mumkin. Maktabgacha ta'lim muassasalar xodimlarining nutq madaniyatini doimo takomillashtirib borish maqsadida kabinetda hammaga zarur kitoblar o'rin oladi. Pedagogik kabinetning butun ishi u maktabgacha ta'lim muassasalar metodik ishining markaziga aylanadigan qilib tuzilishi kerak. Tarbiyachilarga kabinet xizmatidan foydalanishni, unda saqlanayotgan materiallar bilan qiziqishi, o'rganish kerak. Bu sezilarli darajada maktabgacha ta'lim muassasasi metodistining mahoratiga, tashkilotchilik qobiliyatlariga bog'liq bo'ladi. Metodist kabinetning ish soatini aniqlashi, tarbiyachilarga o'z vaqtida yordam ko'rsatish maqsadida unda navbatchilikni uyushtirish kerak. Bu masalani hal qilishda maktabgacha ta'lim muassasalarining mudiri faol ishtirok etadi. Pedagogika kabineti ishining eng muhim tomonlaridan biri maktabgacha ta'lim muassasalar xodimlariga mustaqil o'qishlarini yaxshilashda yordam ko'rsatishdir. Metodika kabinetni ishida katta o'rinni yosh tarbiyachilar bilan ishlash egallashi kerak. Tayanch tushunchalar: Medik-Pedagogik kengash - Tibbiy-pedagogik kengash. Programm-metodik - dasturiy-uslubiy hujjat. Kontingent - maktabgacha ta'lim muassasasini bolalar bilan to'ldirish. Metodist - maktabgacha ta'lim muassasasi metodisti, metodik ishlarga rahbarlik qiladi. Operativ masalalar - kechiktirib bo'lmaydigan masalalar. Metodik ish kompleksi - tarbiyachilarning bolalar bilan ishlashning aniq usul va uslublariga amaliy o'rgatish. Tahlil - tahlil qilish, ta'lim-tarbiyaviy, metodik va boshqa jarayonlarni kuzatish va muhokama qilish. Qiyosiy nazorat - solishtirma nazorat.
Nazorat savollari:

  1. Pedagogik Kengash tarkibi qanday belgilanadi?

  2. Pedagogik Kengashning maqsad va vazifalarini izohlang.

  3. “Maktabgacha ta’lim muassasasining pedagogik kengashi to’g’risida”gi Nizom va uning bo’limlari mazmuni nimalardan iborat?

  4. MTMda pedagogik Kengash qanday huquqlarga ega?

Adabiyotlar.


1.



Yüklə 203,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin