Maxsus (kasbiy) va umumo’quv ko’nikma va amaliymalakalarni shakllantirish: - amaliy muammoli vaziyatni tahlil qilish va yechish jarayonida
xarakatlar algoritmini aniqlash bilan bog’liq egallagan nazariy bilimlarni amaliy qo’llash.
Ta’limiy o’yin. O’qitish samaradorligini uning ishtiroqchilarini nafaqat bilimlarni olish jarayoniga faol jalb qilish, balki ularni (hozir va shu yerda) foydalanish orqali oshirishga imkon beradi; o’zgaruvchan vaziyatlarda o’zini tutish taktika ko’nikmalarini shallantiradi; vыrabatыvaet dinamiku rolevogo povedeniya; amaliyot imitatsiyasini ifodalaydi; aniq ko’nikma va malakalarni shakllantirishga va ishlab berishga qaratilgan.
Seminar natijaviyligini uning tashkiliy-uslubiy ta’minoti belgilaydi: o’yinning texnologik xaritasini ishlab chiqish; o’yin atributlarini va materiallar paketini: vaziyat bayoni, ishtiroksilar uchun yo’riqnomalar, personajlar ta’rifi (agar o’yin rolli yoki ishbilarmon bo’lsa)yoki vaziyatli ko’rsatmalar (agar o’yin modellashtiruvchi bo’lsa) tayyorlash.
Amaliytopshiriqlarnibajarish. Amaliy topshiriqlarning ko’pchiligi kichik guruhlar tarkibida bajariladi va quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: yo’riqnoma berish → o’quv topshiriqni bajarish bo’yicha yo’riqnoma bilan tanishish → topshiriqni bajarish → natijalarning ommaviy taqdimoti → natijalarni umumlashtirish va baholash.
Masalalaryechishbo’yichamashq. Yakka tartibda amalga oshiriladi va quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: yo’riqnoma berish – masalani yechish – natijalarni tanlama taqdimoti - umumlashtirish.
Muammolimasalalarvavaziyatlarniyechish. Muammoli masalalar va vaziyatlarniishlab chiqish juda katta mexnat talab qiladi. Lekin talabalar tomonidan amaliy kasbiy faoliyatdan olingan muammoli masalalarni yechish va muammoli vaziyatlarni ko’rib tahlil qilish nazariyani haqiqqiy amaliyot bilan bog’lashga imkon beradi. Bu o’qitishni faollashtirishga imkon beradi, talabalarga o’rganilayotgan materialni amaliy foydasini
tushunishga yordam beradi.