O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik pedagogika instituti


- MАVZU. INNOVATSION FAOLIYАTNING TASHKILIY SHAKLLARI



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə20/68
tarix24.10.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#160196
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   68
Respublikasi oliy va-www.hozir.org

- MАVZU. INNOVATSION FAOLIYАTNING TASHKILIY SHAKLLARI

  • Yangi turdagi tashkilotlardagi integratsiyalashish va har tomonlama rivojlanish jarayonlari


  • Kompaniyaning har tomonlama rivojlanishi strategiyasi


  • Innovatsion faoliyatning yangi tashkiliy shakllari


  • Innovatsion markazlar




    Tayanch so’zlar: venchurli sarmoyadorlar, xatarli sarmoyalar, har tomonlama rivojlanish strategiyasi, innovatsion firmalar, firmalararo alьyanslar, sanoat kompaniyalari assotsiatsiyasi, sanoat kompaniyalari, metatuzilma, konsortsium, konglomerat turidagi makrotuzilma, texnoparkning tuzilishi.
            1. Yangi turdagi tashkilotlardagi integratsiyalashish va har tomonlama rivojlanish jarayonlari

    Yangi turdagi tashkilotlarda integratsiyalashish va har tomonlama rivojlanishning o’zaro bir birlarini to’ldiruvchi jarayonlaridan keng foydalaniladi. Vertikal integratsiyalashish yoki o’tgan bosqichlar bilan uyg’unlashish ham yagona tashkilot doirasida ichki tashkiliy bozor orqali va ham doimiy shartnomalar asosida tashkil qilinishi mumkin. Integratsiyalashish kompaniyaning ilmiy – tadqiqot va ishlab chiqarish faoliyatini faollashtirish sifatida yo’naltirilgandir. Aralash korporotiv – bozor asosida doimiy va vaqtincha turdagi, bir tomondan innovatsion davraning barcha bo’g’inlarini integratsiyalashishga, boshqa tomondan esa alohida firmalar, innovatsion biznes korxonalari va boshqa tashkilotlar faoliyatini ham bir birlari bilan va bozor iqtisodiyotining boshqa institutlari bilan muvofiqlashtirish va jipslashtirish mexanizmlarini yaratishga asoslangan yangi tashkiliy qurilmalar shakllanadi.


    Bunday firmalararo integratsiyalashishning o’ziga xosligi tashqi muhitga ko’proq moslashish va sheriklar faoliyatiga zaruriy ravishda birikish va vaziyatli o’xshashdan iboratdir.
    U sinergik (o’zaro hamkorlikdagi) samara bilan ta’riflanadi, bu samara iqtisodiy tashkilotning oraliq shakllari turidagi tashkiliy qurilmalarida eng yuqori ahamiyatga erishadi, bu shakllardan bir qismi instituttsional tarkibiy elementlarni o’z ichiga oladi. Integratsion – tarkibiy o’zaro hamkorliklarning eng ilgallab ketgan shakllari ham moliya – sanoat guruhlarida va ham innovatsion tadbirkorlikning yangi sohalarida vujudga keladilar. Integratsion – tarkibiy jarayonlarni birikishining mexanizmi venchurli (tavakkalchilik bilan kiritilgan sarmoyali) talbirkorlikda to’liqroq gavdalanadi.
    Bo’lg’uvsi innovatsion jarayon uchun ko’p sonli moliyaviy bozor, ilmiy va davlat institutlari bilan integratsiyalangan venchurli sarmoyalarga suyanish xosdir. Innovatsion faoliyatning institutsional tuzilmalaridagi xatarli sarmoyalarni taqsimlanishi 3.1 – rasmda berilgan.
    Kelajakdagi innovatsion tashkilotni rivojlanish qonunlari XXI asr iqtisodiyot haqida evolyutsion – institutsional haqidagi kabi gap yuritadi. Ammo 1990 yillardayoq amalda tashkilotlarning oraliq shakllarini yaratishga 30 % amerikali va 25 % yaponiyali firmalar murojaat qilganlar.

      1. rasm. Yangilik kiritishlar institutsional tuzilmasidagi xatarli sarmoyalar.



    Bozor raqobat munosabatlari avtonom bo’linmalari mustaqil ishtirokchilarning birikish usullarni ko’p qirrali va yuqori malakalidir. bu shuning bilan izohlanadiki, markazlashtirilgan boshqaruv va bozor mexanizmi bir birlarini to’ladiradilar va harakatlarni birlashtirishdan sinergik samara beradilar. Markazlashtirilmagan modelь tor ixtisoslashishda afzalroqdir, shuning bilan bir vaqtda markazlashtirilgan modelь yangi bozorlar va yangi sohalarga kirishda katta samara beradi.
    Innovatsion tashkilotning tizim sifatidagi evolyutsiyasi uning har tomonlama rivojlanishga qobiliyat bilan yaqindan bog’langandir. Xuddi har tomonlama rivojlanish firma ichidagi va firmalararo integratsion jarayonlarning kamchiliklarini qoplaydi. turli tuman shaxsiylashtirilgan bozor talabini qanoatlantirishga javob sifatida vujudga kelgan har tomonlama rivojlanish dastavval tovar turlari va mahsulotlarning turli – tumanligi samarasiz asoslangan. Innovatsion tashkilotda har tomonlama rivojlanishga qobiliyat birinchi navbatda tashkilot ichidagi o’zgarishlar: ishlab chiqarish quvvatlaridan ko’p maqsadli foydalanish, axborotlar, bilimlar, nou – xaularni firma ichida bir ishlab chiqarishda boshqasiga uzatish bilan bog’liqdir.
    Tashkilotning har tomnlama rivojlanishning har xil shakllariga qobiliyati asosiy sohalar, texnologiyalar, mahsulot turlari asosida shakllandi. Innovatsion tashkilotdagi har tomonlama rivojlanishning yetakchilari bo’lgan har xil sohalarning texnologiyalari va yuqori texnologik ishlab chiqarishlar asoslariga suyanishdan iboratdir. Bunday yondashish mahsulotning raqobatbardoshligini qo’llab – quvvatlash va yangi raqobat afzalligini yaratishning zarur sharti bo’ladi.
    Daromadlikning yetarlicha me’yoriga ega bo’lgan firma bitta soha imkoniyatlaridan foydalanishda, qoidaga ko’ra, har tomonlama rivojlanishni o’tkazmaydi. Bunda uning o’sish salohiyati pasaya boshlaydi. Ammo bozorlarni to’ldirilishi, o’sish istiqbollarini torayishi va yangi texnologiyalarni vujudga kelishi sari yirik tashkilotlar sohalarning tashqarisiga chiqadilar va innovatsiyalar asosidagi har tomonlama rivojlangan mahsulotni taklif qiladilar. Va bunda korporatsiyaning o’zi ko’pgina bozorlar, ko’p ilm talab qiladigan ishlab chiqarishlar va innovatsion oqimlar aloqasining markazi bo’ladilar.
    Har tomonlama rivojlanish firma “ichidan” (yapon yo’li) yoki “tashqari”dan firmalarni birlashishi, yutib yuborilishi, xarid qilinishi natijasida (amerikaga yo’l) boshlanishi mumkin. Har tomonlama rivojlangan firma ham bozordagi o’sish sur’atlari va ham firmaning raqobat o’rni bo’yicha ancha orqada qoladi. Har tomonlama rivojlangan kompaniyaning bozordagi holatiga mos keluvchi ehtimol bo’lgan korporativ strategiya matritsali tahlil
    asosida tadqiqot qilindi, bu narsa 3.1-jadvalda namoyish qilinmoqda.

    3.1-jadval Har tomonlama rivojlangan kompaniyaning bozordagi holatiga mos keluvchi ehtimol


    bo’lgan korporativ strategiya






    Yüklə 0,79 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   68




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin