O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik pedagogika instituti


- MАVZU. KORXONALARDA INNOVATSION FAOLIYaTNI TASHKIL



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə23/68
tarix24.10.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#160196
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   68
Respublikasi oliy va-www.hozir.org

5 - MАVZU. KORXONALARDA INNOVATSION FAOLIYaTNI TASHKIL

QILISH

    1. Innovatsiyalarni tashkil qilish tushunchasi.


    2. Ilmiy-texnik va innovatsion sohadagi tashkilotlarning tasnifi.


    3. Innovatsion rivojlanishning tashkiliy shakllari. 5.4.Kelajakdagi innovatsion tashkilotlarning xususiyatlari.




Tayanch iboralari: Innovatsiyalarni tashkil qilish, innovatsiyalarni tashkil qilishning jihatlari, innovatsion faoliyat sub’ektlari, innovatsion korxonalar ilmiy – texnik va innovatsion soha tashkilotlarining tasnifi, innovatsion rivojlanish, innovatsion rivojlanish, innovatsion jarayon, kelajakning innovatsion tashkilotlari.
          1. Innovatsiyalarni tashkil qilish tushunchasi

Iqtisodiy rivojlanishni innovatsion yo’naltirilganligi, texnologik yangilinishning o’sib borayotgan zaruriyati innovatsion faoliyatda tashkil qilish tamoyillari va tarkibiy-tashkiliy o’zaro aloqalarga aniq va mos kelishning muhimligini ta’kidlaydi. Gap innovatsion impulьslarni iqtisodiy haqiqatga kiritishning muvofiq yo’llarini qidirib topish haqida ketmoqda. Tushunarliki, innovatsion o’zgarishlarni kengayib borgani sari innovatsion rivojlanishning vazifaviy – elementar bazasini ilmiy asoslangan shakllanishi talab qilinadi.
Innovatsiyalarni tashkil qilish o’z ichiga uchta asosiy jihatlarni oladi:
    • innovatsion faoliyatning yangiliklarini ishlab chiqish, tadbiq etish va ishlab chiqarishni birgalikda amalga oshiruvchi odamlarning birlashmasi bo’lgan sub’ektni;


    • Tashkilotning innovatsion faoliyatdagi zaruriy vazifalarni bajarishga qaratilgan jarayonlari va harakatlarining majmuasini;


    • Tizimni ichki tartibga solinganligi va uning elementlari tizimchalari o’rtasidagi o’zaro aloqalarni takomillashuvini ta’minlovchi tuzilmalarni.


Ushbu nuqtai nazardan innovatsiyalarni tashkil qilishni innovatsion faoliyatni tartibga solish jarayoni sifatida, sub’ekt, firma, institut, innovatsion korxona sifatida, bo’linmalarning tarkibi va o’rnini belgilab beruvchi, hamda innovatsion faoliyatda amalga oshiriladigan shakllar, usullar, jarayonlar tadbirlarini tartibga soluvchi tashkiliy tuzilmalar sifatida tushunish kerak.


Tashkilot firma nuqtai nazaridan odamlarning birlashmasi yoki innovatsiyalarni amalga oshirish bo’yicha ishlarni bajarish haqidagi ularning kelishuvi sifatida ko’rib chiqilishi mumkin. Turli xildagi elementli va turli o’lchamlardagi firmalar, kompaniyalar, assotsiatsiyalar, OO’Yu, ilmiy institutlar, texpolislar, texnoparklar va h.k. innovatsion faoliyatining sub’ektlari bo’ladilar. Bu barcha tashkilotlar ishlab chiqarishni haqiqiy yangilanishini amalga oshiruvchi asosiy manbalar va xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bo’ladilar. Yashash davrasining “o’zining” bosqichi bilan yaqindan bog’langan maxsus innovatsion biznesni paydo bo’lishi vaqtning taqazosi bo’ladi.
Masalan, innovatsion korxonalar va tashkilotlar fundamental tadqiqotlar (akademik va OO’Yu sektori va ITI (amaliy ilmiy tadqiqotlar va ishlamalar)ga ixtisoslashishlari mumkin, bular ilmiy innovatsion korxonalar, Oliy o’quv yurtlari, kichik tadbirkorlik sub’ektlari, ilmiy-texnik majmualar va birlashmalar bo’lishlari mumkin. Tajribaviy namunalarni yaratish va tadbiq etish bosqichi bilan ham tadbirkorlik tuzilmalari va ham ITTKI ning rivojlangan bazasiga ega firmalar, institutlar va korporatsiyalar bog’langanlar. Amaliy ITTKI va TKI bazasida innovator-izbosarlar bazaviy texnologik, ilmiy-texnik va mahsulotli yangiliklarni yaratadilar.
Ilmiy-texnik va mahsulotli yangiliklarni tadbiq etish va ishlab chiqarish bilan, qoidagi ko’ra, yaxshi resurs bazasi, malakali xodimlar, bozordagi belgilangan o’rinlarga ega yirik firmalar shug’ullanadilar. Tadqiqotchilar firmaning o’lchamini kashfiyotlar soni bilan bog’lamasalar ham, G’arbiy Yevropada innovatsion rivojlanishning katta tajribasi to’plangan. Ammo Frantsiya va Buyuk Britaniyada shunday fikr tarqalganki, ilmiy ishlab chiqishlar bosqichida akademik va OO’Yu sektori va kichik firmalar asosiy rolni o’ynaydilar.
Tajribali ishlab chiqarish, marketing va sotish bosqichida turli ko’lamli biznes ilgariga chiqadi, shuning bilan bir vaqtda yangiliklarni ishlab chiqarish va tarqatish yirik va o’rta korxonalar va sanoat kompaniyalarida amalga oshiriladi.
Innovatsion faoliyatda vujudga kelgan mehnatni iqtisodiy taqsimlanishining turiga muvofiq kichik va o’rta ko’lamdagi korxonalarning ko’pchiligi yarim fabrikatlar,
butlovchilarni ishlab chiqarishga ixtisoslashayotgan, hamda asosiy biznesni ta’minlash va unga xizmat ko’rsatish vazifasini bajaruvchi yirik firmalarning subpudratchilari bo’ladilar.
Yangiliklarni yashash darajasining o’z bosqichiga bosh firmadan kurtaklab chiqqan (“spin. ofat”) deb ataluvchi, ilmiy-texnik yangiliklarni mustaqil ravishda ishlab chiquvchi bo’linmalar ham xizmat ko’rsatadilar. Innovatsion korxonalar yana ular faoliyatining ob’ekti bo’lgan innovatsiyalarning ustuvor turiga ko’ra ham farqlanadilar. Masalan, ular quyidagi sinflarga bo’linadilar:

    • yangi ilmiy kashfiyotlar, qo’llashning yangi usullari va pionerli (birinchi) kashfiyotlarni mo’ljallovchi yetakchi innovatorlar;


    • oldin qilingan kashfiyotlar asosidan tubdan yangi jarayonlar va mahsulotlarni yaratuvchi yetakchi innovatorlar;


    • eski usul asosida bazaviy innovatsiyalarni yaratuvchi innovatorlar;


    • yangilikni ishlab chiqaruvchi, modernizatsiyalovchi va ratsionallashtiruvchi innovatorlar;


    • oldingi mahsulotlar va texnologiyalarni o’rinni bosuvchi yangilikni yaratuvchi innovatorlar;


    • yangiliklarni sotishlar va marketingga ixtisoslashuvchi innovatorlar;


    • yangi bozorlardagi talabni qanoatlantiruvchi innovatsiyalarni yaratuvchi innovatorlar;


    • xalq xo’jaligining har xil sohalarida yangiliklarning diffuziyasi, tarqatilishi va ko’paytirilishi bilan shug’ullanuvchi innovatorlar.


Innovatsion korxonalar ham ishlab chiqarilayotgan innovatsiyalarning yangiligi darajasi (tubdan yangilar, nisbatan, qisman, mahalliy yangilik yoki imitatsiyaga egalar) muvofiq ixtisoslashadilar.


          1. Ilmiy-texnik va innovatsion soha tashkilotlarning tasnifi

Ilmiy – texnik va innovatsion soha tashkilotlarining tasnifi 5.1- jadvalda berilgan.


5.1. – jadval

Ilmiy – texnik va innovatsion soha tashkilotlarining tasnifi


Alomatlar


Tamoyilda asoslanuvchi tashkilotlar


Ixtisoslashish ning turi




predmetli


Adresli(ist’emolchi uchun)


mahsulotli


texnologik


resursli


Ilmiy natijalardan foydalanish


Soha, korxonaga xizmat ko’rsatish


Ilmiy–texnik mahsulotning turi


Ixtisoslashgan tashkilotlar


FT

AT (ITI)

TKI

Tajribaviy namunalarni yaratish

Tajriba partiyalari, birinchi seriyalarni ishlab

chiqarish

Faoliyatning xarakteri


Bajaruvchi tashkilotlar


ITTKI

Fanga, shu jumladan turlari bo’yicha xizmat ko’rsatish vazifalari

Bilimlar sohalarining xarakteri


Fanlar sohasidagi tashkilot


tabiiy

texnik

Ijtimoiy va gumanitar


Kombinatsiyala

shtir

ishdan foydalanish


Tashkilot


Kombinatsiyalashtiris hdan foydalanuvchi


Kombinatsiyalashtirishdan foydalanmaydigan


“Tadqiqot o’zlashtirish” davrasi bosqichlarini qamrab olinish darajasi


Qamrab oluvchi tashkilotlar


Katta bosqichni


Ikkita va ko’proq bosqichni


FT, AT, TKI,O’z


FT, AT,AT,TKI, FT-AT-TKI,FT-AT- TKI-O’z


Yaratish tamoyili


Tashkilotlar


Doimiylar


Vaqtinchalar



          1. Innovatsion rivojlanishning tashkiliy shakllari

Tashkiliy shakllar markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan tuzilmalarning sinerchizma (hamkorligi) asosida xo’jalik yuritishning yangi tamoyillari bilan yaqindan bog’langanlar. Innovatsion rivojlanishning o’ziga xosligi shundan iboratki, u ikkita qarama- qarshi tendentsiyalarni hisobga olishning zarurligicha asoslanadi.


Bir tomondan, innovatsion jarayon – bu g’oyani vujudga kelishidan to ishlab chiqarishga tadbiq etilishi, rivojlanish va yoyilishigacha bo’lgan yagona oqimdir. Innovatsion tizimning fundamental g’oyadan to bozor muvaffaqiyatigacha bo’lgan barcha bosqichlari o’zaro yaqindan bog’langanlar va o’zaro asoslanganlar. SHuning uchun innovatsion rivojlanishning samaradorligini ta’minlash uchun bosqichlarning vorisligi va jarayonlarning vaqtdagi uzluksizligini ta’minlovchi tizimli tarkibiy o’zaro hamkorliklar birinchi darajali ahamiyatga egalar. Bu xususiyat rivojlanmagan bozor infratuzilmasi va bozor mexanizmlarini takomillashmaganida yaqqol namoyon bo’ladi.
Boshqa tomondan, ilmiy bilim, kashfiyot, sanoat ixtirosi o’zining mohiyati bo’yicha diskretli (alohida qismlardan tashkil topuvchi va stoxastik (ehtimolli, tasodifiy)dir. Ilmiy bilimni vujudga kelishi, uni materiallashtirish va tijoratlashishi o’rtasida korrellyatsiya (o’zaro aloqa) yo’qligi ko’p sonli tadqiqotlar bilan belgilangan. SHuning uchun bundan nuqtai nazardan korxona innovatsion tadbirkorlik faoliyatining ITTKI bosqichidan to marketing va sotishlargacha bo’lgan to’liq majmuasini amalga oshirishi shart emas.
Bozor mexanizmlarini takomillashuvi sharoitida, ikkinchi tendentsiyaga muvofiq firmalararo kooperatsiyalar alohida rolь o’ynay boshlaydilar. Innovatsion faollikni oshishi quyidagi ikkita muhim tendentsiyalar: o’zini o’zi rivojlantirishga qodir innovatsion tashkilotlarni vujudga kelishi va innovatsion tuzilmalarni har xil institutlarning tizim va firmalararo o’zaro hamkorliklarga kiritila olinishi bilan yaqindan bog’langan.
Zamonaviy innovatsion firma ham innovatsion jarayonlarning ko’p variantliligi va kichikroq determinatsiyalanganligi (ya’ni asoslanganligi) oqibatida vujudga keluvchi tashkiliy tuzilmalarning turli tumanligi bilan ta’riflanadi. Innovatsion firmani tashkiliy loyihalashtirish tashkiliy – boshqaruv tuzilmalari va ishlab chiqarish apparatining yangiliklarni tadbiq qilish, o’zlashtirish va diffuziyasi o’rtasidagi o’zaro aloqaga bog’liq7. Zamonaviy boshqaruv nazariyasida amalda muvofiq tashkiliy tuzilmalar va innovatsion biznesning shakllarini tanlashda qat’iy afzalliklar yo’q. To’g’ri innovatsion kichik va o’rta

7 Borut Likar, co-editors Peter Fatur, Urshka Mrgole ; translation Arslingue K.Jontar, TEFL, TBE. - 1st. ed. - El. knjiga. - Ljubljana INNOVATION management [Elektronski vir] page 42
biznesning ko’rina boshlangan tor ixtisoslashishi oddiygina ikki va uch darajali tashkiliy tuzilmalar bilan bog’langan.8
Xorijdagi kichik biznesda tadqiqot firmalari jami 5-10% ni tashkil qiladilar, shuning bilan bir vaqtda yirik korxonalar orasidagi 70 % gacha kompaniyalar ilmiy bo’linmalar, innovatsion yo’naltirish va boshqalarga egalar. Kichik innovatsion biznes ko’proq darajada amaliy tadqiqotlar, konstruktorlik ishlamalari, har xil yangiliklarni o’zlashtirish, ekspert, reklama, konsalting va vositachilik xizmatlarini taqdim etishga qaratilgan. Kichik va o’rta korxonalar bozor tokchalarini tor ixtisoslashgan mahsulotlar bilan to’ldirishga harakat qilgan holda, yangiliklarning kichik seriyalarini ishlab chiqarishni mo’ljallaydilar. Bundan tashqari, masalan, mashinasozlik va asbobsozlikda noyob va kichik seriyali uskunalar asboblar, qurollarni ishlab chiqarish, qoidaga ko’ra, kichik va o’rta korxonalar ulushiga tushadi.
Yirik biznes va ayniqsa juda yirik firmalar, yetarlicha moliyaviy, moddiy va odam resurslariga ega bo’lgan holda, ishlab chiqarish apparatining pastroq moyilligi va yangiliklarni qiyinchilik bilan qabul qiluvchi ierarxik aloqalarning shavqatsizligidan qiynaladilar. Tashkil qilish mexanizmlarini takomillashtirish mantiqiga ko’ra innovatsiyalar muvofiqlashtirish va firmalararo kooperatsiyaning muammosi bo’lib qoladilar.
1990 yillarning oxiriga kelib G’arbda innovatsion va ijodiy faollikni tashkil qilishning yangi shakli-tashkiliy loyihalashtirish va “modulli ixtisoslashish” tamoyillariga asoslangan aqliy o’zini o’zi boshqaruvchi assotsiatsiyani yaratish bo’yicha katta harakatlar qilinmoqda. U mustaqil bo’linmalarning assotsiatsiyalangan faoliyat doirasidagi yuqori innovatsion faolligiga erishishga imkon beradi.
XXI asr innovatsion tashkilotlardagi inqilobiy o’zgarishlar liniyali, vazifaviy, marketingli va boshqa tuzilmalarni qamrab olishlari kerak, ular yagona axborot va moliya tizimlari tomonidan xizmat ko’rsatilgan tovarlar va xizmatlarni mustaqil ishlab chiqaruvchi, mustaqil ichki korxonalar bo’lishlari kerak. “Aqliy o’zini o’zi boshqaruvchi assotsiatsiyalar” doirasida bu ichki korxonalar yoki assotsiatsiya ichidagi tashkiliy bozorlar deb ataluvchilarning ishtirokchilari bo’ladilar.
Oldin qat’iy ierarxik qurilmadan iborat bo’lgan tashkilot mustaqil jamoalar, ochiq sotsial tizimlarning majmuasi bo’ladi. Tashkilot ichidagi tabaqalashish gomogenizatsiyalashish (ya’ni bir turlicha aylanish) bilan almashadi, unda ijodiy xarakter, o’zgarishlarga yuqori moslashuvchanlik, tashqi muhitga egiluvchan innovatsion javob qaytarish va kuchsiz signallar bo’yicha samarali boshqarish asosiy afzalliklardan bo’ladi.
1980 yillardagi tashkilotlarning muhim vazifalarni o’zaro – aloqalar va o’zaro bog’liqliklar tizimini tashkil qilish jarayoni bilan bog’langan “intertashkiliylar” sifatida ta’riflab turib, menejentning hozirgi zamon nazariyachilari XXI asrning boshidagi kompaniyalarga nisbatan “intertashkiliy o’zini o’zi tashkil qiluvchi tizim” atamasini qo’llaydilar. Bunda innovatsion rivojlanish sodir bo’layotgan o’zgarishlarning markaziy oqimi sifatida ko’rib chiqiladi.

          1. Kelajak innovatsion tashkilotlarining xususiyatlari

Tashkiliy loyihalashtirish, yangi modellar va tuzilmalardan foydalanish menejmentining muhim yo’nalishlaridan bo’ladi. Kelajak innovatsion tashkilotlarining xususiyatlari 1- rasmda ko’rsatilganlar. Ular tizimchalar va elementlarning sifatini va ularning ochiq tizim sifatidagi tashkilot ichidagi aloqalarini namoyish qiladilar.


  1. Акофф Р, Магидсон Д., Эддисон Г. «Идеализированное проектирование: Как предотвратить завтрашний кризис сегодня. Создание будущего организации», 2007.


Yangi turdagi tashkilot mo’ljallashning ikki o’qiga ega:


birinchisi – ichki tuzilmalar, elementlar, omillar va tizimchalarning ichki o’zaro hamkorligiga. Bu mo’ljal markazlashtirishni tugatilishi va bo’linmalarning mustaqilligiga asoslangan, bu ularning yuqori manyorvchanligi, operativligi, tashkiliy shakllarining ko’pligi, yangi usullarining ixchamligini ta’minlaydi.
Ikkinchi o’qi tashqi muhitga qaratilgan, u uzoq muddatli tendentsiyalar, barqarorlikni amalga oshirish bilan bog’liq. Tizimni tashqi muhitda faoliyat yuritishi. Tashkilotni rivojlanishining bu ikkinchi tendentsiyasi sinergik (hamkorlik) samarasini yaratuvchi mexanizmni jipslashishi va intergratsiyalashishga asoslangan, u harakatlarning bitta maqsadiga qaratilgan birlashishlardan tashkil topuvchi samaralarni ko’payishidan iboratdir. Bu shuni bildiradiki, u elementlarning oddiy summasidan samaradan ko’proqdir, ya’ni o’zini o’zi rivojlantirishi va takomillashishga asoslangan murakkab tizimlarda, innovatsion tashkilot ham ularga kiradi, katta sinergik (hamkorlik) samarasi kuzatiladi.
Rivojlanishning ikkita tendentsiyalarni umumlashtirish asosida alomatlarning to’rtta asosiy vazifaviy kategoriyalari vujudga keladi, ya’ni tizimni moslashuvi, uning tashqi muhitga javob qaytarishi nuqtai nazaridan maqsadga erishishi, elementlarning integratsiyalashishi va ularning o’zaro munosabatlari, hamda o’zini o’zi tashkil qilishning ichki tamoyili tizimning gomeostazini qo’llab quvvatlash.



Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin