O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik pedagogika instituti



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə19/68
tarix24.10.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#160196
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   68
Respublikasi oliy va-www.hozir.org

Rejalashtirish. Rejalashtirish – bu innovatsion menejmentning maxsus vazifasi, u tashqi va ichki muhit omillarini tahlil qilish, tashkilot faoliyatini bashoratlash firma strategiyalarini amalga oshirish va qo’yilgan maqsadga erishishni rejalashtirish bo’yicha tadbirlar tizimini boshqarishdan tashkil topadi. Rejalashtirish jarayoni ishlarni bajarish muddatlari (qisqa muddatli, o’rtacha muddatli, uzoq muddatli), maqsadlar (strategik va operativ rejalashtirish), ob’ektlar (IITKI, ishlab chiqarishlari, ta’minot, sotish va h.k. rejalashtirish), ishlab chiqarish omillari (uskunani modernizatsiyalash, texnologiyani takomillashtirish, asosiy ishlab chiqarish fondlarini yangilash, xom ashyo va materiallar bilan ta’minlash va h.k.) bo’yicha bo’linadi.
Rejalashtirish jarayoni quyidagilarning tahlilidan tashkil topadi:

  • tashqi va ichki muhit omillari;


  • ishlab chiqarish imkoniyatlari va ishlab chiqarish apparatining holati;


  • ITTKI, yangi texnologiyalar, mahsulotning yangi namunalari;


  • moliyaviy holat va moliyaviy imkoniyatlar va boshqalar.


Keyingi bosqich quyidagi yo’nalishlar bo’yicha tadbirlar rejalarining holatidan iborat:


  • yangiliklar g’oyalarini ishlab chiqish bo’yicha ilmiy – tadqiqot ishlari, laboratoriya tadqiqotlarini o’tkazish, yangi mahsulotning laboratoriya namunalari, yangi texnika va yangi buyumlarining turlarini ishlab chiqish;


  • tajriba konsturktorlik ishlarini tashkil qilish va o’tkazish;


  • mahsulotning yangi turlarini ishlab chiqish uchun xom ashyo va materiallarning zarur turlarini tanlab olish;


  • yangi mahsulotni tayyorlashning texnologik jarayonlarini ishlab chiqish;


  • yangi mehnat qurollari (mashinalar, mexanizmlar, asboblar, uskunalar va h.k.)ni loyihalashtirish, ishlab chiqish, sinovdan o’tkazish va o’zlashtirish;


  • ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash va yangi texnika va texnologiyalarni tadbiq etish;


  • yangi tashkiliy tuzilmalar va boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va qo’llash;


  • kerakli axborot qurilmalari va resurslarini xarid qilish va qo’llash;


innovatsion faoliyat uchun xodimlarni tayyorlash, o’qitish, ixtisosini o’zgartirish va tanlab olishning maxsus usullaridan foydalanish;


  • marketing tadbirlarini tashkil qilish, sotish kanallarini shakllantirish va yangiliklarda bozorda joylashtirish.


Rejalashtirishning keyingi bosqichi rejalarni xodimlarga yetkazish va rejalarni amalga oshirish uchun sifatlarni tashkil qilishdan iboratdir.


Yanada yangilanishning rezervlarini qidirib topish va ishlab chiqarishni takomillashtirish rejalashtirishning ajralmas qismi bo’ladi. Tashkilotni o’sishi va rivojlanishini bashorat qilish jarayoni o’z ichiga tashkilotni uzoq istiqbolda strategik ko’rishni oladi. Ishlab chiqarishni o’sishi va yangilanishini bashorat qilishni yanada rivojlanishi rivojlanishning muqobil variantlarini tanlash bilan bog’liqdir. Bunda loyihali va dasturli yondashishlar qo’llaniladi. ITTKI, texnologiyalar, investitsiyalar, xodimlar imkoniyatlarini, hamda resurslarni qidirish muammolarini baholash bashoratlashning majburiy bosqichi bo’ladi.
Bashoratlashda vaziyatli va imitatsion (tahlidli) modellashtirishga asoslangan miqdoriy usullar keng qo’llaniladi.
Bozor iqtisodiyotida rejalashtirish jarayoni ko’rsatmali xarakterga ega emas, ammo u ko’pincha rivojlanishning strategiyasini belgilash, faoliyat ko’rsatkichlari tizimidan foydalanishga imkon beradi. Rejalashtirish jarayoni, innovatsion menejmentning markaziy vazifasi bo’lgan holda, rivojlanish ustuvorliklarini tanlashdan iborat bo’ladi, bu narsa 2.2 – chizmada namoyish qilinadi.

Tashqi muhit omillarining tahlili

Rivojlanishni bashoratlash
Ichki muhit omillarining tahlili

ITTKI,


texnologiyalar, marketingni rejalashtirish
Resurslarga ehtiyojlarni belgilash va ular bilan ta’minlash


Ishlab chiqarishni takomillashtirishning rezervlarini qidirib topish


Yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqish bo’yicha tadbirlarni rejalashtirish

    1. rasm. Innovatsion menejmentdagi rejalashtirish jarayoni


          1. Innovatsion faoliyatni tashkil qilish

Tashkilotning boshqaruv vazifasi sifatidagi asosiy vazifasi innovatsiyalarni tadbiq etish uchun tashkiliy tuzilmalarni shakllantirish, korxonani rivojlanishi strategiyasini amalga oshirish va tadbirlar rejalarini bajarish maqsadida resurslarning barcha turlari bilan ta’minlashdan iboratdir.


Yangiliklarning yaratishning murakkabligi, noaniqligi, kreativ xarakterliligi ijrochilar ishini tashkil qilish va muvofiqlashtirishni innovatsion menejmentning vazifalaridan biri qiladi. Tashkil qilish jarayoni o’z ichiga menejment tuzilmalarini shakllantirish, moddiy, energetik, axborot va innovatsion oqimlarini ijrochilar o’rtasida taqsimlanishi oladi. Ma’suliyat, xatar va vakolatlarni taqsimlanish boshqaruv jarayonining muhim tarkibiy qismi bo’ladi.
Boshqaruv jarayonini tashkil qilishning vazifasiga boshqaruv jarayonlarini loyihalashtirish, tadbirlar, usullar va yo’llari unifikatsiyalash (bir shaklga keltirish)

turkumlashtirish va standartlashtirish bo’yicha choralarni ishlab chiqish hamda menejment tizimchalari bo’yicha axborotlarni taqsimlash kiradi. Tashkil qilishga ishlab chiqarishni ilmiy-texnik, texnologik va tashkiliy darajasini oshishi kiradi. Menejmentning oldida ishlab chiqarishlar va innovatsion jarayonlarga uzluksizlik uyg’unlik chiqindisizlik izchillik va paralellik kabi xususiyatlarni berish vazifasi turadi3.


Innovatsion tizimlarda ishlab chiqarishning texnik-tashkiliy darajasini oshishi, ilmiy- texnik daraja, tashkil qilish, texnologiyalar va texnika darajasining integralli ko’rsatkichi menejerning haqiqiy muhim vazifasi bo’ladi.
Tashkil qilish jarayoni ishlab chiqarishning tashkiliy darajasi yuqori ko’rsatkichlariga erishish uchun ishlab chiqarish parametrlari va omillarining ratsional birlashuvini taьminlash zarur. Innovatsion korxonaning rivojlanishining strategiyasi sotsiotexnik tizimlar barcha ishlab chiqarishni ko’p ilmni talab qilishini oshishi faqat bu narsa ishlab chiqarishning egiluvchanligi, moslashuvchanligi, ustuvorligi va uyg’unligi bilan bog’langandagina, firmaning yuqori raqobat afzalligi va qabul qilinayotgan qarorlarning iqtisodiy samaradorligini taьminlashini bildiradi. Yangiliklarni ishlab chiqish va tadbiq etishga yuqori harajatlar, agar boshqaruv qarorlari bir vaqtda tashkiliy tuzilmalarni yangilanishi, texnologik jadallikni oshishi va mehnat unumdorligini ko’payishiga qaratilgan bo’lsa, hatto boshlang’ich bosqichda fondni qaytarilishi va ishlab chiqarishning rentabelligini pasaytirmaydi.
Ushbu nuqtai nazardan tashkil qilish jarayoni o’zaro hamkorliklarni silliqlash. Ixtisoslashishni chuqurlashtirish va ishlab chiqarishdagi kooperatsiyalashish tendentsiyalarini kuchaytirish jarayoni sifatida ko’rib chiqildi. Haqiqatdan ham innovatsion tizimlarda menejer ishlab chiqarish tuzilmalarini tashkiliy loyihalashtirish. Ilmiy ishlab chiqarish va marketing bo’linmalariga muvofiq o’zaro aloqasi, maqsadli ihtisoslashtirishni modellashtirish bilan shug’ullanadi. Ihtisoslashishning aniq shakllari (predmetli, detallar bo’yicha yoki texnologik)ni tanlashni innovatsion korxona bo’linmalari va xizmatlarining aniq o’zaro aloqasiz yo’lga qo’yib bo’lmaydi.

          1. Innovatsion menejmentdagi kommunikatsiyalar jarayoni

Kommunikatsiyalar tizimini rivojlanishi xaqida gapira turib, yuqori texnologik telekommunikatsion sohani rivojlanishi biz uchun qanday strategik muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida ta’kidlash zarur. Bugun hayotni kompьyuter texnikasi, axborot texgologiyalari, internet, uyali telefon aloqasiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
Innovatsion faoliyatning xususiyatlari menejmentdagi kommunikatsiyalarning turlari va shakllari oldiga oshirilgan talablarni qo’yadi. Innovatsion islohotlarning harakteri, tadbirkorlikning yuqori hatari, yondashishlarni muqobilligi va qarorlarning ko’p variantligi yangiliklarni yaratish jarayonidagi kommunikatsiyalar shakllarining turli tumanligi va turlarini tabaqalashuvini taqozo qiladi. Kommunikatsiyalar yetarlicha to’liq axborotlarga erishishganda sifatli qarorlarni qabul qilinishini taьminlashga xizmat qiladilar.
  1. Р. А. Фатхуддинов. Иннавационний менежмент. Классификация, стуктура и отличителъние черти иннавационних организаций, экономические закони организации, научние подходи и принципи и др. Учебник для вузов иза, 5-с, испр, доп. Питер 2007


Innovatsion menejmentdagi kommunikatsiyalar amalga oshirish yo’nalishlari foydalanish sohalari, kommunikatsiyalarning usullari va shakllari bo’yicha tasniflanadilar. Innovatsion menejmentdagi kommunikatsiyalar turlarining eng batafsil tasniflanishi P.N.Zevlin, A.K.Kazaniev, L.E.Mindem tahriri oyidagi ma’lumotnomali qo’llanmada berilgan. Demak, kommunikatsiyalardan innovatsion menejmentning amalda barcha vazifalarida foydalaniladi. Kommunikatsiya usullari rasmiy va norasmiy xarakterga egalar. Innovatsion faoliyatning kreativ elementi norasmiy kommunikatsiyalarning samarali turlari (ijodiy uchrashuvlar, anjumanlar, simpoziumlar, xususiy ishga doir suhbatlar)ni talab qiladi. Kommunikatsiyalarning axborotlarning to’liqligi, ishonchliligi va ilmiy tadqiqotlarning sifati bilan bog’liq mazmunli turlari keng tarqalgandir.


Protsessual kommunikatsiyalardan harajatlarni nazorat qilish, rejimlarni tekshirish. Yangiliklarni sinash muddatlarini belgilash va h.k. foydalaniladi va rasmiy usul va qat’iy reglamentatsiya (ma’lum tartib va qoidalarni belgilash)ga intiladi, shuning bilan bir vaqtda mazmunli kommunikatsiyalar o’zaro hamkorlikning norasmiy usulida eng katta samaradorlikka erishadi. Innovatsion menejmentda tashqi muhit (etkazib beruvchilar, sheriklar, buyutmachilar, iste’molchilar, davlat idoralari va tashkilotlari, siyosiy tuzilmalar va jamoa tashkilotlari) bilan kommunikatsiyalar katta ahamiyatga ega. Kommunikatsiyalarning samaradorligi butunlay axborotlarni uzatish jarayonlarini tashkil qilish va ulardan foydalanishning muvofiqligiga bog’liq.
Innovatsion faoliyatning kelajagi kommunikatsion tarmoqlarni tarqalishi va axborot kanallarini muvofiq tashkil qilinishi bilan yaqindan bog’langan.
Innovatsion menejmentdagi kommunikatsiyalarning turlari 4-rasmda berilgan. An’anaviy tashkilotlarda kommunikatsiyaga bir tomonlama, orasi ochiq jarayon sifatida qaraladi. Kommunikatsiyalarning zamonaviy nazariyalari kommunikatsiya tushunchasining dixotomiyasi (yaxlitni ikki qismga izchil bo’linishi, keyin xar bir qismni yana ikkiga bo’linishi va h.k)ga uni harakat sifatida tushunish (masalan, tashkilot rahbarining ijtimoiy kommunikatsiyalari yoki operativ kommunikatsiyalari) va o’zaro hamkorlik sifatida ko’rib chiqishga asoslanadi. Kichik guruhlardagi shaxs ichidagi, shaxslararo kommunikatsiyalarni o’rganishning asosida sotsial psixologiya usullari yotibdi.
SHaxs ichidagi kommunikatsiya shaxs ichidagi jarayonlarni bog’lovchi sifatida vujudga keladi. Bu jarayonlar ijodiyotda alohida ahamiyatga egalar, u yerda ongli va ongsiz qilingan impulьslar (undovchi sabablar) obrazlar, fikrlar, g’oyalarni yaratishda birlashadilar. Tashqi muhit, investorning tuyg’ulari kechikmalari, mulohazalari va xulosalari ta’siri ostida kelib tushgan signallar miya tomonidan qayta ishlanadi va amaliy faoliyatda foydalanish uchun axborotlarga aylantiriladi. Axborotlar oqimi uning yakka elementlarining majmuasi bo’ladi, ular insonning murakkab onglari va ongchalarida vujudga keladilar.
SHaxslararo kommunikatsiya o’zaro hamkorlikning eng keng tarqalgan va samarali turlaridan biri bo’ladi. Bu yerda shaxslar ham ahborotlarning manbalari va ham bir vaqtda uning oluvchilari sifatida harakat qiladilar, shaxslararo kommunikatsiya o’zaro hamkorlikning intensivroq turlaridan biri bo’ladi.
U oqimlarni ko’proq jamlanishi va axborotlarni kamroq sochilib ketishi va yo’qotilishi bilan ajralib turadi. Kommunikatsiyalarning bu turi amaliy tadqiqotlar va ishlamalarda juda muhimdir.
Kichik guruhlardagi kommunikatsiyalar innovatsion faoliyatdagi bog’lovchi jarayonlarning asosini tashkil qiladilar. Ular tajriba-konstruktorlik ishlamalari, yangiliklari tadbiq etish va o’zlashtirish bosqichlarida muhim rolь o’ynaydilar. Kichik guruhlar, qoidaga ko’ra, 7-11 kishidan tashkil topadilar, u yerda turli-tuman axborotlarning ko’pgina kanallari mavjud.
Yakka shaxslar tomonidan qabul qilinadigan va olinadigan axborotlar mantiqiy, fiziologik, psixologik faoliyatli sotsial va boshqa tabiatga ega bo’lishlar mumkin. Har qanday axborot sub’ektivizmning katta ulushiga ega bo’lganligi va xodim tomonidan uning tushunchalari, maslaklari, manfaatlari va oldingi tajribasi asosida baholanishi sababli, bunday axborot ratsional faoliyatda foydalanish uchun tozalanishi va tartibga keltirilishi kerak.
SHunday qilib, axborotlarga tashkilot tashqi muhiti, kichik guruh mikromuhitining omillari, xodimning shaxsiy omillari, uning oldingi tajribasi va idrok etish tizimi, hamda hulqning belgilangan turi, boshqaruv va rahbarlik usulini mo’ljallashi, guruhdagi rasmiy va norasmiy yetakchilikning nisbati ta’sir qiladilar. Bu 5-rasm ma’lumotlari bilan namoyish qilinadi.
Kommunikatsiya nazariyasining ko’pgina qoidalaridan xodimlarni boshqarish va innovatsion firmalar amaliyotida qo’llaniladi.
Muvofiqlashtirish. Muvofiqlashtirish innovatsion menejmentning korxona katta ieraxik tizimi kichik tizimlari va tizimchalari barcha elementlarining o’zaro hamkorligi va muvofiqlashganligini tashkil qilishga qaratilgan markaziy vazifasidir. Katta va murakkab tizimlarda muvofiqlashtirish jarayoni muhim ahamiyatga ega va katta qiyinchilik tug’diradi. Yondoshish noaniqligi, ko’p variantlilik va dastlabki axborotlarning to’liq emasligi sharoitida innovatsion faoliyatni muvofiqlashtirish alohidagi murakkabligi va o’ziga xoslik bilan ta’riflanadi.
Yangiliklarni loyihalashtirish, o’zlashtirish va ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash jarayonlaridagi o’zaro hamkorlikni muvofiqlashtirish bosqichida xarajatlar-sifat nisbati chegaralovchi shart bo’ladi.
Ishlab chiqarish bo’linmalari, asosiy yordamchi va xizmat ko’rsatuvchi jarayonlarni muvofiqlashtirishda foyda va daromadni ko’paytirish muvofiqlikning mezoni bo’la olmaydi. Bu yerda muvofiqlashtirish mahsulotni material va energiya iste’mol qilishini pasaytirish, mehnat mezoni unumdorligini oshirish va asosiy mezon sifatida ishlab chiqarish harajatlarini pasaytirish maqsadiga ega.
Muvofiqlashtirishning yakuniy bosqichi tashkilotning bozorni faol o’zlashtirish, foydani ko’paytirish, tashkilotni intensiv o’sishi va boshqalar kabi asosiy maqsadlarini bajarishga bag’ishlangan. Bunga tashkilotning murakkab vazifaviy tizimchalarini uyg’unlashtirish, boshqaruv vazifalarini muvofiqlashtirish, markazlashtirish va markazlashishni buzish jarayonlari rasmiy va norasmiy tashkilotlar, boshqaruvning ma’muriy va sotsial-psixologik usullari o’rtasida muvofiq
nisbatni o’rgatish bilan erishiladi.

          1. Innovatsion menejmentdagi nazorat

Nazorat – innovatsion menejmentning korxona ishi natijalarini miqdoriy va sifatli baholanishini hisobga olish bilan bog’liq muhim vazifasidir. U teskari aloqaga ega tizimdan iborat bo’ladi, uning maqsadi tashkilot tomonidan qo’yilgan maqsadlarga erishishni ta’minlashdan iborat. Nazorat – bu standartlar va solishtirish bazasini belgilash, tizimga kirishlarni tadqiqot qilish, natijalarni me’yoriy baza bilan solishtirishni tashkil qilish, chetga chiqishlar va ularni yo’l qo’yiladigan darajasini belgilash, hamda natijalarni yakuniy o’lchash bo’yicha turli tuman tadbirlar tizimidir.
Nazorat teskari aloqaga ega jarayon bo’ladi, ya’ni tizimga kirishdagi natijalarning miqdoriy o’lchanishi chiqishdagi parametrlar va tashqi va ichki muhit ta’siri omillarini
baholanishi bilan bog’lanadi. Masalan, yangiliklarni amalga oshirishdan rejalashtirilgancha nisbatan pastroq foyda olinishi quyidagilar bilan izohlanadi.

  1. natijasi sotishlar hajmi bo’lgan bozorni yetarlicha tadqiqot qilinmaganligi va noto’g’ri marketing tadbirlari;



strategik operativ


Nazoratning predmeti


Nazoratning ob’ektlari
Nazoratning ko’lami
Nazoratning usullari

Nazorat shakli


moliyaviy ma’muriy
vazifaviy bo’linmalar texnologik jarayonlar mahsulot

ITTKI


yoppasiga operatsiyalar
bosqichlar bo’yicha tanlov
ko’z orqali
his qilish organlari orqali parametrik

statistik avtomatlashtirilgan

tizimli

tashqi ichki



2.3.– rasm. Innovatsion faoliyatdagi nazoratning ta’riflari va turlari.



  1. yomonroq xom ashyoni kelib tushishi, ishlab tushish tartiblariga rioya qilishdagi xatolar, texnik nazorat bo’lishi ishidagi buzilishlar oqibatida yangiliklar iste’mol xususiyatlarini pasayishi;


  1. ishlab chiqarish xarajatlarini me’yoridan oshib ketishi, bu yangilik tannarxini oshib ketishiga olib keladi va h.k.


Yangilikni ishlab chiqishdagi nazoratni taomillashtirish quyidagi bir qator shartlarni ilgari suradi:


    • Nazoratning tashkiliy tuzilmalarini mavjudligi.


    • Ijroiya idoralari va xizmatlarini shakllantirish.


    • Xodimlarni maxsus tayyorlash;


    • tahlilning usullar va nazorat shakllarini ishlab chiqish;


    • me’yoriy, metodologik va axborot bazasini kengaytirish.


Innovatsion faoliyatdan qo’llaniladigan nazorat turlari nazoratning maqsadlari, ko’lamlari, shakllari, predmetlari, ob’ektlari, usullari bo’yicha bo’linadilar. Innovatsion faoliyatdagi nazorat turlari 2.3 rasmda berilgan.



2.6. Innovatsion menejmentda qarorlar qabul qilinishi

Qarorlar qabul qilinishi innovatsion menejmentda yakuniy tadbir bo’ladi. menejmentning ko’pgina vazifalarini muhim ahamiyatga egallashga qaramasdan, xuddi qarorlar ehtimol bo’lgan ijobiy va salbiy natijalarga olib keladilar. Qarorlar qabul qilish tadbirlari menejmentdan axborotlarni to’liqligi, menejerning ko’proq omilkorligini talab qiladi xatarni va javobgarlikni qabul qilinishi bilan ta’riflanadi.4


Ilmiy va amaliy innovatsion faoliyat ko’proq darajada ijodiy jarayon bo’ladi, uning uchun farosatli qarorlarni qabul qilinishi xosdir. Xorijda ijodiy jarayonda qarorlar qabul qilishga harakatlar ekzistentsial menejment kategoriyalari bilan bayon qilinishi tasodifiy emas. Olim, kashfiyotchi, innovatsion menejerda qarorlarning katta qismi chuqur ongsiz qilingan jarayonlarga asoslangan, ular chetdan stixiyali va mantiqsiz ko’rinadilar. Ammo tadqiqotchilarning borgan sari ko’prog’i “aqliy hujum”, “beixtiyor mulohazalarning yig’indisi”, “mantiqsiz fikrlar va kutilmagan fikrlar to’plami” va boshqalar kabi ilmiy g’oyalarni ishlab chiqish usullariga e’tibor qaratadilar. Vazifaviy fikrlash va qarorlar qabul qilishni kreativ va ekzistentsial menejment haqiqat, ehtiyojlar, boyliklar tabiatga nisbatan chuqur dunyo qarashlar, estetik va ma’naviy – ahloqiy tasavvurlar bilan bog’laydi. Ushbu nuqtai nazardan qarorlar qabul qilinishi ob’ektning individualligi (bir narsani ikkinchisidan ajratuvchi xususiyatlarga egaligi), uni noyobligi va qaytarilmasligini anglashdan iboratdir.
Yangiliklarni ishlab chiqishning keyingi tadbirlari, g’oyalarni vujudga kelishi ratsional xarakterga egaligiga qaramasdan, yangiliklarni individuallik va yaxlitlikning sintezi sifatida tushungan holda, aql yetmaydigan farosatni talab qiladi. Kreativ menejer yangiliklarni bundan keyingi ishlab chiqilishi haqidagi qarorni qabul qilishda e’tiborni keyingi amaliy tadqiqotlardagi sabab – oqibat aloqalari va ratsional – mantiqiy xarakterga jamlashi kerak. Innovatsion menejer uchun ilmiy faoliyat jarayonida takrorlanmaydigan va yagona yangilikning tahlilidan standartli qarorlar qabul qilishning takrorlanadigan tadbirlarni o’rganish va amal qilishga mantiqiy o’tish muammosi vujudga keladi. Bu innovatsion menejmentda qabul qilinadigan qarorlarning farosatli noyobdan to qat’iy ratsionalikkacha bo’lgan keng turli tumanliklari bilan izohlanadi.
Qarorlarning xarakteri va faoliyat turlarini innovatsion menejment darajalari bo’yicha taqsimlanishi 2.1. – jadvalda berilgan.
2.1. – jadval Qarorlarning xarakteri va faoliyat turlarini innovatsion menejment darajalari bo’yicha

taqsimlanishi


Innovatsion korxonadagi menejmentning

darajalari

Qarorlarning xarakteri va faoliyat turlari


strategik


operativ


farmoyishlar


Ijroiya faoliyati


Yuqori:
Innovatsion korxonaning rahbari, uning ITTKI, ishlab chiqarish, sotishlari va h.k.


bo’yicha o’rinbosarlari

+

+

+

+

O’rta:
Innovatsion korxona bo’linmalari va ma’muriy idoralari




-

+

+

+



  1. Ермасов Н.Б., Ермасов С.Б. “Инновацион менежмент”: Учебник. – М.: Высшее образование, 2007.


rahbarlari










Pastki:
Ijodiy guruhlar, quyi laboratoriyalar, ishlab chiqarish uchastkalari rahbarlari




-

-

+

+


Asosiy qarorlar menejerning innovatsion menejmentning vazifalari ichidagi huquqlari, vakolatlari doirasida qabul qilinadi. Masalan, Innovatsion loyihani rejalashtirish vazifasi o’z ichiga yangilikning taklif qilinayotgan loyihasini tahlil qilish va baholash, loyihani mavzuli rejaga kiritish, loyihani amalga oshirish bo’yicha ishning jadvali va tarkibini va tarkibini, loyiha bo’yicha xarajatlar, loyihaning jamoasi va pudratchilar, yetkazib beruvchilarning tarkibini tasdiqlash va h.k, loyihani ta’minlash uchun moliyaviy oqimlarni, sarmoyadorni qidirib topish, loyihani amalga oshirish rejasini qabul qilishni oladi.

Nazorat uchun savollar
  1. Ishlab chiqarish faoliyatining innovatsion yo’naltirilganligi nima bilan izohlanadi?


  2. Innovatsion rivojlanishning o’ziga xos alomatlarini aytib bering.


  3. Nima uchun innovatsion menejmentda kommunikatsiyalar, undovchi sabablar, muvofiqlashtirish va h.k. kabi vazifalarning ahamiyati oshadi?


  4. Xodimlarni innovatsion boshqarish zaruriyati nimadan kelib chiqqan?


  5. Innovatsion faoliyatni boshqarish vazifalari tizimini ta’riflang.


  6. Nima innovatsion jarayondagi rejalashtirish jarayoni deb ataladi?


  7. Rejalashtirish jarayonining bosqichlarini aytib bering.


  8. Innovatsion faoliyatni tashkil qilishning boshqaruv vazifasi sifatidagi vazifasi nimada ko’rasiz?


  9. Boshqaruv jarayonini tashkil qilishning vazifalarini aytib bering.


  10. Innovatsion menejmentdagi kommunikatsiyalar turlarini aytib bering.


  11. Innovatsion tizimlardagi undovchi sabablarni boshqarish nimani bildiradi?


  12. Muvofiqlashtirishning innovatsion menejmentning markaziy vazifasi sifatidagi turlari va rolini ta’riflab bering.


  13. Nazoratning xususiyatlar va uning innovatsion menejmentdagi turlari, vakolatlarni birovga topshirish, menejmentning kommunikatsiyalar, undovchi sabablar kabi protsessual va sotsial – psixologik vazifalarni ta’riflab bering.




        1. Yüklə 0,79 Mb.

          Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin