O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik pedagogika instituti



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə17/68
tarix24.10.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#160196
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   68
Respublikasi oliy va-www.hozir.org

«NIMA UCHUN?» SXEMASI –muammoning dastlabki sababini aniqlash bo’yicha fikrlar zanjiri bo’lib,tizimli, ijodiy, tahliliy mushohada qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi.


«BALIQ SKELETI» CHIZMASI – bir qator muammolarni tasvirlash va uni yechish imkonini beradi. Tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi.
«QANDAY?» IERARXIK DIAGRAMMASI - muammo to’g’risida umumiy tasavvurlarni olishga, uning yechimini topish usul va vositalarini topishga imkon beruvchi mantiqiy savollar zanjiridan iborat.
Tizimli, ijodiy, tahliliy fikrlash ko’nikmalarini rivojlantiradi.

«Qanday?» diagrammasini tuzish bo’yicha o’quv topshirig’iga yo’riqnoma
«Qanday?» diagrammasini tuzishdan avval, siz quyidagilarni bilishingiz kerak: ko’p hollarda Sizga muammolar hal etishda «Nima qilish kerak?» haqida o’ylashga hojat bo’lmaydi. Muammo yechimini topish uchun asosan «Buni qanday qilish kerak?» qabilida bo’ladi. «Qanday?» - muammoni hal etishda asosiy savol hisoblanadi.

  1. Doira chizing va uning ichiga yechilishi lozim bo’lgan muammoni yozing.


  2. Ketma-ket ravishda «Qanday?» savolini qo’ying va shu savolga javob bering. SHu tartibda savollarni ketma-ket berib boravering va javoblarni o’ylab o’tirmasdan, solishtirmasdan, baholamasdan, tez-tez yozishda davom eting.




Maslahat va tavsiyalar:
Yangi g’oyalarni grafik ko’rinishda qayd etishni o’zingiz hal eting: daraxt yoki kaskad ko’rinishida, yuqoridan pastga yoki chapdan o’ngga. Eng muhimi esda tuting: nisbatan ko’p miqdordagi foydali g’oyalar va muammo yechimlarini topishga imkon beradigan usul eng maqbul usul hisoblanadi.


«NILUFAR GULI» CHIZMASI - muammoni hal etish vositasi. O’zida nilufar guli qiyofasini mujassam etgan. Uning asosini 9 ta katta kvadratlar tashkil etib, ularning har biri o’z navbatida to’qqizta kichik kvadratdan iborat.

Tizimli, ijodiy, tahliliy fikrlash qo’nikmalarini shakllantiradi.











C

















F

















Y



















Z









B

Z

C

D

A

F

G

H

Y









H



















B

















D

















G











    1. NAZARIY MATERIALLAR

        1. MАVZU. INNOVATSION MENEJMENTNING ASOSIY TUSHUNCHALARI, MAQSADLARI VA VAZIFALARI


    1. Innovatsion menejmentning asosiy tushunchalari


    2. Innovatsion menejmentning mohiyati va vazifalari


    3. Innovatsion menejmentning maqsadlari




Tayanch so’zlar: Innovatsiya, innovatsion jarayon, innovatsion faoliyat, innovatsion menejment, innovatsion boshqaruv, innovatsion menejer, fundamental (nazariy) tadqiqotlar, amaliy tadqiqotlar, innovatsion menejmentning maqsadlari.
          1. Innovatsion menejmentning asosiy tushunchalari

Innovatsiyalar va innovatsion boshqaruvga nisbatan oshirilgan e’tibor hozirgi jamiyat hayotining o’zi tomonidan talab qilinadi, innovatsion jarayonlarni yangi mahsulotlar va yangi texnikada ro’yobga chiqishi uning sotsial – iqtisodiy rivojlanishining asosi bo’ladi.
Innovatsion jarayon innovatsion o’zgarishlarni tayyorlash va amalga oshirishdan iborat bo’ladi va yagona bir butunni tashkil qiluvchi o’zaro bog’langan pallalardan tashkil topgan. Bu jarayonda amalga oshirilgan o’zgarish natijasida innovatsiya paydo bo’ladi. Innovatsion jarayonni amalga oshirish uchun diffuziya – yangi sharoitlar va qo’llash joylarida bir marta o’zlashtirib va foydalanib bo’lingan innovatsiyalarni o’z vaqtida tarqatish juda katta ahamiyatga ega. Innovatsion jarayon davraviy xarakterga ega, buni iqtisodiyotni tashkil qilish va boshqarishning ixcham tizimlarini ishlab chiqishda hisobga olish zarur.
Jahon iqtisodiy adabiyotlarida “innovatsiya” salohiyatli ilmiy – texnik taraqqiyot (ITT)ni haqiqiy, yangi mahsulotlar va texnologiyalarda ro’yobga chiqishi sifatida talqin qilinadi. Bizning mamlakatimizda yangilik kiritishning muammolari ko’p yillar davomida ilmiy – texnik taraqqiyotning iqtisodiy tadqiqotlari doirasida ishlab chiqilgan.
“Innovatsiya” atamasidan O’zbekistonning o’tish iqtisodiyotida ham mustaqil va ham bir qator o’xshash tushunchalar: “Innovatsion faoliyat”, “innovatsion jarayon”, “innovatsion qaror” va h.k.larni belgilash uchun foydalanilgan.
Iqtisodchi olimlar, ayniqsa xorijy (N. Monchev, I. Perlaki, V.D. Xartman, E. Mensfild,
R. Foster, B. Tviss, Y. SHumpeter, E. Rodjers va boshqalar) bu tushunchani o’zlarining tadqiqotlari ob’ekti va predmetiga ko’ra har xil talqin qiladilar, ammo innovatsiyalarning bu har xil ta’riflarining tahlili shunday xulosaga olib keladiki, o’zgarishlar innovatsiyalarning o’ziga xos mazmunini tashkil qiladi, o’zgarishlarning vazifasi esa innovatsion faoliyatning asosiy vazifasi bo’ladi.
Avstrriyali olim Y. SHumpeter tomonidan beshta tipik o’zgarishlar ajratilgan:

  1. yangi texnika, yangi texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni yangi bozor ta’minotidan foydalanish (oldi - sotdi);


  2. yangi xususiyatlarga ega ma’lumotlarni tadbiq etish;


  3. yangi xom ashyodan foydalanish;


  4. ishlab chiqarish va uning moddiy – texnik ta’minotini tashkil qilishdagi o’zgarishlar;


  5. yangi sotish bozorlarini paydo bo’lishi.


Bu qoidalar Y. SHumpeter tomonidan 1911 yildayoq shakllantirilgan. Keyinroq, 30 – yillarda u innovatsiya tushunchasini, uni iste’mol tovarlarining yangi turlari, yangi ishlab


chiqarish va texnik vositalar, bozorlarning tashkiliy shakllarini sanoatga tadbiq etish va ularda foydalanish maqsadidagi o’zgarish sifatida talqin etgan holda kiritgan. Ba’zida innovatsiyaga jarayonli tizim sifatida qaraladi, shuning bilan yangilik kiritishni vaqtda rivojlanishi va yaqqol aks ettirilgan bosqichliligi tan olinadi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida innovatsiyalarni bayon qilish metodologiyasi xalqaro standartlarga asoslanadi. Fan va innovatsiyalar haqidagi axborotlarni to’plash, ishlab chiqish va tahlil qilish bo’yicha ishlarni muvofiqlashtirish uchun Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OESR) doirasida fan va texnika ko’rsatkichlari bo’yicha milliy ekspertlar guruhi tashkil qilingan, Fraskati qo’llanmasi (“Tadqiqotlar va tajriba ishlamalarini tekshirishlar uchun taklif qilinayotgan standartli amaliyot) ishlab chiqilgan. Ushbu hujjat bunday nomni tavsiyalarning birinchi versiyasi 1963 yilda Italiyning Fraskatida shahrida qabul qilinganligi munosabati bilan olgan.
Innovatsion menejment fani ishlab chiqarishning turlari bilan bog’liq bo’lgan barcha texnik vositalarni o’z ichiga qamrab olgan.

Ta’lim bilan shug’ullanish


Ishlab chiqarish


Qo’llab quvvatlash



1.1 rasm. Innovatsion izlanishlar1
Fraskati qo’llanmasidagi qoidalarga davriy ravishda aniqliklar kiritiladi, bu milliy va xalqaro darajalardagi ilmiy – texnik siyosat strategiyasi, ilmiy tadqiqotlar va ishlamalarni tashkil qilishdagi o’zgarishlar bilan asoslanadi. Fraskati qo’llanmasi (1993 y) ning oxirgi tahririda ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar (ITTKI), ularning tarkibi va chegaralari, hamda tadqiqotlar va ishlamalar bilan band bo’lgan xodimlar sonini o’lchash uslubiyotiga tegishli asosiy tushunchalar mavjud. Texnologik innovatsiyalar haqidagi ma’lumotlarni to’plash uslubiyoti 1992 yilda Oslo shahri (Norvegiya)da qabul qilingan tavsiyalarga asoslanadi. U “Oslo qo’llanmasi” nomini olgan.
Xalqaro standarlarga muvofiq innovatsiya bozorga tadbiq etilgan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot yoki amaliy faoliyatda foydalanilayotgan yangi yoki
1 Borut Likar, co-editors Peter Fatur, Urshka Mrgole ; translation Arslingue K.Jontar, TEFL, TBE. - 1st. ed. - El. knjiga. - Ljubljana INNOVATION management [Elektronski vir] Korona plus - Institute for Innovation and Technology, 2013, page 79
takomillashtirilgan texnologik jarayon yoxud sotsial xizmatlarga yangicha yondashish ko’rinishida ro’yobga chiqqan innovatsion faoliyatning yakuniy natijasi sifatida belgilanadi. Innovatsion boshqaruv g’oyatda murakkabdir. Innovatsion jarayonlarning rivojlanishi qonuniyatlarini tahlil qilish uchun innvoatsion menejerlar bo’lgan mutaxassislar zarur, ular yangilik kiritishlarning har xil tashkiliy – iqtisodiy jihatlari bilan shug’ullanadilar. Ularning innovatsiyalarni boshqarishdagi asosiy vazifasi – innovatsion jarayonni ilgari surish,
ehtimol bo’lgan to’siqlarni bashorat qilish va ularni bartaraf qilish yo’llarini belgilashdir.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash uchun yangilangan mahsulotlardan mansabdor bo’lgan mustaqil firmalarning raqobati, raqobatlashuvchi yangiliklar bozorning mavjudligi xosdir.
Buyuk kompaniyalar muvaffaqiyatlarining ko’p sonli tarixi bundan darak beradi. SHu sababli yangilik kiritishlarning bozorli tanlovi mavjud, unda innovatsion menejerlar ishtirok etadilar.
Innovatsion menejerlar ijodiy jamoalarni tashkil qila turib, yangiliklarni qidirib topish va tarqatish, ilmiy tadqiqotlar va ishlamalarga buyurtmalar portfelini shakllantirish bilan shug’ullangan holda, har xil tashkiliy tuzilmalar (fanlar akademiyasi, OO’Yu, ilmiy jamiyatlar, tadqiqot tashkilotlari, konstruktorlik byurolari, injiniring kompaniyalari va boshqalar)da harakat qilishlari mumkin. Ular ilmiy jamoalarni boshqaradilar, ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiradilar. Bularni barchasi innovatsion boshqaruvchilar malakasi oldiga yuqori talablarni qo’yadi: ular ilmiy texnik va iqtisodiy – psixologik salohiyatga, ham an’anaviy menejer va ham tadqiqotchi olim sifatiga ega bo’lishlari, yangilik kiritishlarning samaradorligini baholash va innovatsiyalarni boshqarishga qodir malakali iqtisodchi bo’lishlari kerak.

          1. Innovatsion menejmentning mohiyati va vazifalari

Innovatsion menejment – bu innovatsion jarayonlar, innovatsion faoliyat, bu faoliyat bilan band bo’lgan tashkiliy tuzilmalar va ularning xodimlarini boshqarish tamoyillari, usullari va shakllarning majmuasidir. Menejmentning har qanday boshqa sohalari uchun kabi, uning uchun ham quyidagilar xos: maqsadni qo’yish va strategiyani tanlash, davraning to’rtta bosqichi:

  1. rejalashtirish;


  2. shartlarni belgilash va tashkli qilish;


  3. ijro etish;


  4. rahbarlik.


Innovatsion menejmentning bosqichlar quyida chizma shaklida berilgan.


Davraning har bir bosqichida belgilangan vazifalar hal qilinadi. Birinchi bosqich – rejalashtirish bosqichida – strategiyani amalga oshirish rejasi tuziladi. Ikkinchisida – shartlar va tashkil qilish belgilanadi, ya’ni innovatsion davrning har xil pallalarini amalga oshirish uchun resurslarni belgilash, xodimlar oldiga vazifalarni qo’yish, ishni tashkil qilish ketadi. Ijro etish bosqichida tekshirishlar va ishlab chiqishlar bajariladi, reja amalga oshiriladi. Rahbarlik bosqichi nazorat va tahlilni harakatlarga tuzatish, kiritish va tajriba to’plashni ko’zda tutadi.

Maqsadni qo’yish va strategiyani tanlash




    1. rasm. Innovatsion menejmentning bosqichlari


Bu yerda innovatsion loyihalar, innovatsion boshqaruv qarorlari, yangiliklarni qo’llashning samaradorligi baholanadi.


Innovatsion jarayon (IJ) davriy xarakterga ega. IJ ni ifodalovchi faoliyat inson mehnatini taqsimlanishi natijasida ajralib chiqqan, bir birlaridan farqlanuvchi alohidagi vazifaviy, tashkiliy birliklarga bo’linadi. IJ ning iqtisodiy va texnologik ta’siri faqat yangi mahsulotlar yoki texnologiyalarda qisman ro’yobga chiqadi.2
U ancha ko’proq yangi texnikani vujudga kelishining shart – sharoiti sifatida iqtisodiy va ilmiy – texnik salohiyati ko’payishida namoyon bo’ladi, ya’ni innovatsion tizim va uning tarkibiy elementlarining texnologik darajasi oshadi, shuning bilan innovatsiyalarga moyillik ham oshadi.
Innovatsion jarayonni umumiy ko’rinishda zanjirga ko’rinishida yozish mumkin: FT – AT – I – L – Q – O’- S ICH – M – Sot,
bu yerda FT va AT – fundamental va amaliy tadqiqotlar; I – ishlama;
L – loyihalashtirish;
Q – qurilish;
O’ – o’zlashtirish;
SICH – sanoat ishlab chiqarish; M – marketing;
Sot – sotish.
Bu zanjirchani tahlil qilish uchun uning har xil elementlari o’rtasidagi teskari aloqa omillaridan abstraklashish (predmetlar va ular o’rtasidagi munosabatlarning bir qator xususiyatlaridan ularning muhim alomatlarini ajratish maqsadida hayolan chalg’imoq), FT – O’ davrasi uzunligini (u 10 yildan ko’proq davom etishi mumkin) va pallalardan har biri (FT – AT; L - Q)ning nisbiy mustaqilligini hisobga olish zarur. Ilmiy faoliyat tushunchasi bilan bog’liq fundamental (nazariy) tadqiqot har qanday innovatsion jarayonning boshlang’ich bosqichi bo’ladi. Albatta, davraning har bir alohida elementi fundamental tadqiqot bilan bog’liq ilmiy faoliyat bilan to’ldirilganyu SHu narsa xarakterliki, FT dan SICH gacha yangi mu’lumotlarning miqdori kamayib boradi. Bunda tadqiqot faoliyati borgan sari ko’nikmalar, tajribalar va standartli usullar bilan almashib boradi.
2 Управление инновациями. Пер. с англ. – М.: Альпина Бизнес Букс, 2008
Agar FT ning yakuniy natijasi haqida gap ketsa, unda faqat savol nazariyasi sohasidagi yangi, ajoyib, isbotlangan ma’lumotlar va axborotlarni olish va qayta ishlashga qaratilgan tadqiqot faoliyatini ajratish kerak. Nazariy tadqiqot bevosita aniq amaliy vazifalarni yechish bilan bog’lanmagan, ammo xuddi uning o’zi innovatsion jarayonning poydevoridir. SHuning bilan birga nazariy tadqiqotlarning zarurligi amaliyotning ehtiyojlari va predmet haqidagi oldingi bilimlarning sintezi bilan asoslanishi mumkin.
Fundamental tadqiqotlar, qoidaga ko’ra, amaliy tadqiqotlarda ro’yobga chiqadilar, ammo bu narsa darhol sodir bo’lmaydi. Faqat ba’zi bir tadqiqotlar AT – I – L va h.k. ro’yobga chiqadilar. Fundamental tadqiqotlar mavzularining taxminan 90 % salbiy natijaga ega bo’lishi mumkin. Ijobiy natijaga ega qolgan 10 % dan hammasi ham amaliyotda qo’llanilmaydi. Axir fundamental tadqiqotning maqsadi – jarayon (masala nazariyasi)ni anglash va rivojlantirishdir.
Amaliy tadqiqotlar (AT) butunlay boshqa maqsadga qaratilganliklarga egalar. Bu “bilimlarni moddiy holat” ga keltirish, ularni ishlab chiqarish jarayonida o’zgartirish, yangi mahsulot, texnologik chizmalar va h.k. topshirishdir.
Ishlamalar natijasida yangi mashinalar (uskunalar)ning konstruktsiyasi yaratiladi va jarayon loyihalashtirish (L), ko’rish, o’zlashtirish (O’) va sanoat ishlab chiqarishi (SICH) pallalariga o’tadi. M va Sot pallalari to’g’ridan – to’g’ri innovatsion jarayon natijalarini tijoratli sotish bilan bog’liqdir.
          1. Innovatsion menejmentning maqsadlari

Korxona innovatsion menejmentning maqsadlari firmaning vazifasi, uning falsafasi, an’analari va tashkilotning hayotiy davrasi bilan bog’liq.


Zamonaviy iqtisod xo’jalik faoliyatining sub’ekti – bu korxona, kompaniya, firma, korporatsiya, ya’ni faoliyatning har xil turlari, sheriklar, mulkni erkin tanlovchi va davlat oldida belgilangan majburiyatlarga ega yuridik shaxsdir.
Firma strategik va operativ mustaqillikka ega, ishlab chiqarish hajmlari, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning turlari texnologik va tashkiliy tuzilmani belgilaydi, bozordagi hulq va joylashish masalalarini hal qiladi.
U maqsadlar tuzimiga ega, ular firma rivojlanishining tashqi muhiti va ichki ehtiyojlarining ta’siri bilan belgilanadi. Firmaning tashqi muhit ta’siridan kelib chiqqan strategik maqsadlari tizimi 1.2. – rasmda namoyish qilinadi.
Korxona innovatsion faoliyatining uning ichki ehtiyojlari nuqtai nazaridan maqsadlari barcha ishlab chiqarish tizimlarini yangilash hisobiga ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, ilmiy, ilmiy – texnik, aqliy va iqtisodiy salohiyatlardan samarali foydalanish asosida korxona raqobat afzalliklarini ko’tarishdan iboratdir.
Sotsial maqsadlar xodimlar ish haqini oshirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash va sotsial himoyalashni oshirishga qaratilgandir.
Innovatsion maqsadlar salohiyatini yangiliklarni ishlab chiqish, patentlashtirish va litsenziyalashtirish bo’yicha ishlarni o’tkazish, nou – xaular, yangi sanoat namunalari, tovar belgilari va h.k. xarid qilish bilan bog’liqdir.
Firmaning yangiliklarini tijoratlashtirish sohasidagi maqsadlari keyinchalik segmentini kengaytirish va yangi bozorlarga bostirib kirish bilan bozorda mustahkam holatni egallash uchun faol marketing tadqiqotlarini o’tkazishni o’z ichiga oladi.
Innovatsion menejmentning ustuvor maqsadlari innovatsion faoliyatni faollashtirish asosida tashkilotni o’sishi va rivojlanishi, yangi tovarlar va yangi texnologiyalarni bozor tomoniga faol harakatlantirish iqtisodiy taraqqiy etish va yangi bozorlarga bostirib kirishni
faol o’sishi uchun ishlab chiqarishni yanada ixtisoslashtirish va har tomonlama rivojlantirish imkoniyatlaridan foydalanishdan iboratdir.

Tashkilotning taktik maqsadlari yangiliklarini ishlab chiqish, tadbiq etish va o’zlashtirish, korxonaga investitsiyalar kiritishni va moliyalashtirish, ixtisosni o’zgartirishga o’qitish, xodimlarni rag’batlantirish va mukofotlash, ITTKI va yangiliklarning ilmiy bazasi, boshqaruvning ususllari va vazifalari, yo’llari va uslublarini takomillashtirishdan iboratdir.


Davlat – siyosiy maqsadlar: ishlab chiqarishni o’sishi, byudjetga soliq, nafaqa va boshqa to’lovlar

Iqtisodiy maqsadlar: Foydalar va sotishlar hajmini ko’paytirish

Sotsial maqsadlar: jamiyat ehtiyojlarini qanoatlantirish

1.3 rasm. Firmaning tashqi muhit ta’siridan kelib chiqqan strategik maqsadlari tizimi

Tashkilotning tarkibiy maqsadlari korxona tizimchalari: ishlab chiqarishlar, ITTKI, xodimlar, moliyalar, marketing va menejmentni muvofiq faoliyat yuritishi bilan bog’liqdir.


Innovatsion menejment maqsadlarini umumiy tasniflash quyidagi asosiy mezonlar bo’yicha o’tkaziladi:

  • darajasi (strategik va taktik);


  • muhit turlari (tashqi va ichki);


  • mazmuni (iqtisodiy, sotsial, siyosiy, ilmiy, texnik, tashkiliy va h.k.);


  • ustuvorligi (ustuvor, doimiy, an’anaviy, bir martali);


  • harakatlanish muddati (uzoq muddatli, o’rtacha muddatli, qisqa muddatli);


  • vazifaviy tuzilmalari (ishlab chiqarish, ITTKI, xodimlar, moliyalar, marketing, menejment);


  • tashkilotning mavjud bo’lish davrasining bosqichlari (vujudga kelish, o’sish, balog’atga yetish, pasayish va mavjud bo’lish davrasini tugallanishi).


Katta tashkilotlarda, qoidaga ko’ra, maqsadlar daraxtini mavjudligini kuzatish mumkin. Bu holda maqsadlarning ierarxiyasi muhimdir, chunki pastda turuvchi bo’g’in maqsadlari yuo’orida turuvchining maqsadlariga bo’ysunadilar.


Nazorat uchun savollar

  1. Innovatsiya nima?


  2. Innovatsion jarayonning mohiyati?


  3. Fraskati qo’llanmasi va uning vazifalari nimadan iborat?


  4. Innovatsion menejerning asosiy vazifasi qanaqa?


  5. “Innovatsion menejment” tushunchasi nima?


  6. Siz innovatsion menejmentning qanday bosqichlarini bilasiz?


  7. Firmaning innovatsion menejmentdagi tashqi maqsadlarini sanab bering.


  8. Siz firmaning innovatsion menejmentdagi qaysi ichki maqsadlarini bilasiz?


  9. Innovatsion menejment maqsadlarining umumiy tasnifini bering.




        1. Yüklə 0,79 Mb.

          Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin